Bolalarda astmani davolash:
Odatda bolalarda astma ikki bosqichda davolalanadi. Birinchisi - astmani keltirib chiqaruvchi faktorlar (allergen, sovuq havo, tashqi muhitdagi yod moddalar, masalan tamaki)ni aniqlab ularni bartaraf etish. Ikkinchisi - kasallikni dori bilan davolash.
Davolashni doimo yoki xuruj paytidagina amalga oshirish mumkin. Ko'pincha gormonal preparatlar, ingalyatsiya va spreylar ishlatiladi. Eng asosiysi kasallikni davolash sxemasini aniq bajarish lozim.
Astma bilan kasal bolalarni jismoniy mashg'ulotlardan xoli qilish kerak.
Ota-ona bilishi lozim bo'lgan narsalar:
1. Bolaning hayotining dastlabki yili davomida ko'p shamollagan, ayniqsa yo'talgan bo'lsa, uni nazorat qilib turing;
2. Astma alomatlari aniqlansa, darhol vrachga murojaat qiling;
3. Vrach bilan davolash sxemasini ishlab chiqing;
4. Astma alomatlari namoyon bo'lish tezligi va sonini kuzating;
5. Bolada astma alomatlari paydo bo'lishiga ta'sir etuvchi faktorlarni aniqlang va ularni bartaraf eting;
6. Vrach tavsiya etgan dorilarni vaqtida to'g'ri miqdorda bolaga ichiring.