Assalomu alaykum!
Bahor keldi. Kunlar isib, yerlarga jon kirdi. Hovlisida o'n qarich yeri bo'lsa ham o'zbek undan foydalanadi, unga biron giyoh ekadi.
Bir giyohning urug' bo'lib yerga qadalib, so'ng undan go'zaldan go'zal gullar, shirindan-shirin mevalar unib chiqishi katta mo'jizadir.
Olloh taoloning qavli: «Sizlar o‘zlaringiz ekayotgan ekiningiz xususida hech o‘ylab ko‘rdingizlarmi? Uni sizlar undirursizlarmi yoki Biz undirurmizmi?! Agar Biz istasak, albatta uni quruq cho‘p qilib qo‘ygan bo‘lur erdik!» («Voqi’a» surasi, 63—65-oyatlar).
Ushbu mavzuda xuddi mana shu xayrli ziroat haqida gaplashamiz. Zero sevikli Payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. aytganlaridek:
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu, uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajru savob ato etilur» — deb marhamat qildilar». (Buxoriy rivoyati)
Ushbu mavzuda siz yozishingiz mumkin bo'lgan xabarlar:
1. Oxirgi marta nima ekdingiz? O'zi domda yashaymiz, nima ham ekardik? - demoqchimisiz? Unda ko'p qavatli uy hovlisida nima ekdingiz? Loaqal, uyda tuvakka nima ekdingiz?
2. Hovlingizda qanday mevali daraxtlar bor?
3. Qaysi daraxt yoki buta, gul, giyohlarning ekilishi, parvarish qilinishi haqida ma'lumot bera olasiz?