
Ayrim o'simliklar haqida savollar bor, bilganlar
nomini yozvorar degan umidda rasmlarini forumga joyladim.
1. Bog'imizda bir gul bor, uyni sotib olishimizdan oldin uy egasi ekkan ekan. Bahorda ochiladi, lekin umri qisqa, ikki haftalarda barglari to'kilib deyarli qolmaydi. Hidi judayam xushbo'y.
Shu gulning nomini bilganlar bormi?
Rasm:


2. Bolaligimizda istirohat bog'iga chiqib, yerga to'kilgan bargsimon mevalarni terib olardik. Orasini yorib shirasini yerdik

Bugun peshin namozidan kelayotib ko'chada shu daraxtni ko'rib qoldimu, bir ikkita mevasidan uzib oldim. Hozir hom, yashil rangda. Pishganda jigarrang bo'lib po'sti qalinlashadi, o'zi yerga to'kiladi. Ichida danakchalari ham bo'ladi. Rasmdagi hom holda.
Rasm (mevasi va bargi):


3. Poytahtimiz dam olish joylarida va yo'l chetlarida shu yong'oq darahti yastanib yotadi.
(Rasm sifati uchun uzr. U yoqdan o'tsam ham bu yoqdan o'tsam ham, chiroq nurida xira chiqaverdi).
