Assalamu alaykum.
Oramizda bog'dorchilikdan habari bor forumdoshlar ko'p shekilli. Bir maslahatlashadigan ish bor....
Hovlimizda atirgul navlari juda ko'p. Oq, sariq, nim pushti, to'p pushti, qizil,olovrang va yana antiqa ranglar bittada yig'ilgan turlari bor. O'tgan yili ekkandik. Zo'r gullagandi. Bu yil negadur juda ko'p gullarimizni g'unchalariga,gulni taglariga rasmdagidek yashil hasharot va oq narsalar yopishib qolgan,qanaqa yo'qotishga hayronmiz
Bechora gullarimiz


Eshitishimcha,bu bahor ko'p yomg'ir yog'gani uchun köp gul,daraxt barglariga shira tushgan emish.

Bu endi to kuzgacha davom etadimi..?
Keyingi yil ham shunaqa bo'larmikan..
Gullarimizga kasal teymasmikan.
Gullarimizga qanaqa yordam bersak bo'larkin,yo dori sepish kerakmi yo ustidan suv quyish kerakmi?
Xullas , nima maslahat berasizlar forumdoshlar. . .
Biza atirgul endi parvarish qilib turibmiz. Bu borada maslahatlardan ayamiysizlar digan umiddaman...
Etgancha, 2-3 ta ko'chatlarda ko'rinmadi bu narsa...