Nafis to'y tabriklari  ( 428375 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Shoxjahon12  08 Avgust 2006, 17:00:09

Assalomu alaykum!
Chiroyli, nafis va mazmundor to'y tabriklari kerak edi...She'rlar bilan....

Qayd etilgan


Mashhura  21 Avgust 2006, 16:50:28

Assalomu alaykum aziz davramiz qatnashchilari! Bugungi davramizning asosiy sababchilari........dir. Ularga doimo baxt hamroh bo'lishini, manaman baxtliman deb yurganlar baxtlariga havas qilishini tilakdoshiman.
Shodlik haqqi, tabassum haqqi,
Sizga tutgum mehrim dastasin.
Yuzingizdan doim nur balqib,
Boshingizdan baxt arimasin.

Qayd etilgan


Qoidabuzar  18 Noyabr 2006, 00:45:36

ikki yoshga baxt tilayman! =)
qisqa va lo'nda

Qayd etilgan


Salsabiyla  12 Mart 2007, 23:09:45

Boqqa kirsam maylimi,
Gullar tersam maylimi,
Kelin bilan kuyovni,
Tabriklasam maylimi?

Qayd etilgan


Salsabiyla  12 Mart 2007, 23:14:54

Avvalambor ushbu to'yxonamizga kelgan mehmonlar hush kelibsizlar! Biz avvalambor kelinimiz va kurovimizga uzoq umr,baht-saodat, faslning 4 go'zalliklari kabi, kuz fasli kabi osuda va tinch, qish fasli kabi musaffoo, bahorda ochilgan gullar singari go'zal, va yoz issiqliklari sizlarni qalbingizga jooo bo'lib har bir insonning qalblariga taratib yurishingizni,kelajakda solih va soliha,mu'mun va mu'mina farzandlarning go'zal mehribon ota onalari bo'lib yurishingizni Allohdan tilab, SO'RAB  va albatta duo qilib qolamiza, yana bir bor to'yingiz muborak bo'lsin, marhamat endi dasturhonimizga yeb ichib bemalol rohatlanib o'tirilaaaarr......................

Qayd etilgan


Asal  15 Mart 2007, 19:44:15

Assalomu alaykum mehmonlar va mezbonlar,hola va ammalar,tog'a va amakilar hammangiz hush kelibsiz.Avvalam bor mana shu to'rda o'tirgan kelin-kuyovlarni chin qalbimdan tabriklayman.Ularga o'zlariga o'xshagan chiroyli mo'min va mo'mimna qizlardan ALLOHning o'zi ato etsin deb davramizga taklif qilamiz.Qani marxamt.................. +)

Qayd etilgan


sabina  07 Dekabr 2007, 00:20:14

istagim sunmasin yongan chirog'ing
porlasin mangu chashming qarog'ing
magar chinor bulsang chinordek yasha
bevaqt  uzilmasin hech bir yaprog'ing

Robbim ikki dunyo bahtu- saodatini bersin

Qayd etilgan


AL_laziz87  07 Dekabr 2007, 13:11:47

Avallom bor Assalomu Alaykum! shu yerga yig'ilgan aziz mexmonlar. Kuyuv bolani ishlariga omad, cho'ntagiga evro daromad tilayman. Ikki yosh ellikka erishib oltmishdan oshib, etmishga etib, saksondan sakrab, to'qsonga to'qsonga to'qnashib, yuz yoshga yuzlashib, Xoji dada, xoji ona bo'lib yurishni Ollox nasib aylashini tilayman.

Qayd etilgan


Amina  15 Dekabr 2007, 09:51:57

Assalomu alaykum aziz yurtdoshim!
Olloh ikkala yoshni taqdirina bir qilgan ekan, ikkalangiz ham baxtli bulishga loyiqsizlar! Siz shunday baxtli bulingki, uzgalarni ham quvonchdan boshi osmonga yetsin, shunday baxtli bulsinki, uzgalarsizga havas bilan boqsin. Olloh sizlarga bitmas-tuganmas shirin hayot in`om etibdimi, biz ham shu qatori sizni chin yurakdan muborakbod etamiz!

Qayd etilgan