Oshxona, taomlar bilan bog'liq so'zlarni O'zbekchalarini topib, ishlataylik:)  ( 23702 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Ansora  10 Mart 2011, 15:12:06

 :as:

Azizlar, O'zbek oshxonasi o'ziga hos, boy. Lekin oshxonada ishlatiladigan so'zlarni har doim ham O'zbekchasini bilavermaymiz.

Kelinglar bu mavzuda bu muammoni hal qilishga harakat qilaylik.

Masalan ozgina oldin Turk tilidagi "Galeta unu" so'zini "quritilib, maydalangan non uvog'i" deb yozdim. Bu aslida qanday bo'ladi?

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2011, 15:17:21

Chustiy so'ragan "salfetka" -qo'l sochig'i bo'ladimi?

Duxovka listi-nima bo'ladi? Duxovkani o'zi nima bo'ladi. Chustiy-tandir degandilar adashmasam bir joyda:)

Qayd etilgan


ree7  10 Mart 2011, 15:33:48

"quritilib, maydalangan non uvog'i" - oddiy talqonmi?

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2011, 15:40:26

"quritilib, maydalangan non uvog'i" - oddiy talqonmi?

Aslida o'hshaydi, lekin yirikroq. Keyin tolqondan farqi duxovkada non qizartirib olinadi. Sababi tezda nam tortmasligi uchun.



shu rasmda ko'rganingizday pishiriqlarda ishlatiladi. Undan tashqari tovuq go'shti ham bulanib, qizartirilsa go'sht kuymaydi va lazzatli bo'ladi.

Qayd etilgan


muxlisa  10 Mart 2011, 15:57:30

 :as:

Duxovkani Chustiyning saytida dimxona deb o'qigan edim. Lekin bir joyga borib dimxona deydigan bo'lsam, manga g'alati qarashmasmikan deb o'ylab qolaman...

Salfetkani - qo'l sochiq deyilsa, unda vlajnie salfetkini nima deyish mumkin??  

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2011, 15:58:21

:as:

Duxovkani Chisytiyning saytida dimxona deb o'qigan edim. Lekin bir joyga borib dimxona deydigan bo'lsam, manga g'alati qarashmasmikan deb o'ylab qolaman...

Salfetkani - qo'l sochiq deyilsa, unda vlajnie salfetkini nima deyish mumkin??  

Nam sochiq-da : )

Dimxona edi- tog'ri aytasiz:) lekin bu hammomni ham eslatarkan:)

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  10 Mart 2011, 15:59:33

Rahmatli Hojiboyni Tojiboyevni bir gapi esimga tushdi:

Direktor-diriktr,

Velosiped-volasapid, bo'lganiday,

oshxonadagi so'zlarni ham sal buzibroq talafuz qilsa menimcha o'zbekchalashsa kerak:)

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2011, 16:01:48

O'zi aslida Ziyouzga atamalar bilan ishlaydigan olimlarni ham taklif qilish kerak. Biz Xalqmiz, bizdan olib bizga qaytarib berishsin : )

Rostdan ham bu jiddiy muammo. Chustiyga saytlarida yordam bermoqchi edim bazi retseptlar bilan juda qiynaldim.

Sababi bazi so'zlarni tom ma'nosida yoza olmadim. Balki bu meni kamchiligimdir. Necha yildan beri faqat Turk tilida retsept o'qiganim uchun O'zbekchasini topib yozishga qiynaldim. O'zbek tilidagi saytlarda ham asosan Rus tilini "qolibi"  bilan yozishadi.

Qayd etilgan


muxlisa  10 Mart 2011, 16:06:32

Yaxshi talab. Lekinular kelguncha o'zimiz ham u-bu deb tarjima qilib turili..

Xo'p, vzbivalkani nima deb tarjima qilish mumkin? Urg'ichmi?  :)

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2011, 16:12:07

Yaxshi talab. Lekinular kelguncha o'zimiz ham u-bu deb tarjima qilib turili..

Xo'p, vzbivalkani nima deb tarjima qilish mumkin? Urg'ichmi?  :)

İlgari bir mavzuda shu so'zni "tuxum ko'pirtirgich" deyishgandi:) chunki asosan tuxumni ko'pirtirganda ishlatiladi. Boshqa tavsiyalar bo'lsa kutamiz o'rtoq yosh olimlar:)

Qayd etilgan