Kechirim xaqida gap ketganda xar doim bitta voqea ko'z oldimga kelaveradi
Studentlik vaqtim, ta'tilga chiqqanimizda bir tanishimga savdo-sotiq masalasida yordamlashyabman
Bir formadagi kishi narsa olmoqchi bo'ldi. O'zini narxidan ancha past tushirib olishni hohlayabdi, u kishi bilan ancha tortishdim, ohiri qattiq jaxlim chiqib aytilgan sumadan bir sum ham kamaytirmayman deb qattiq gapirdim
Birozdan keyin Bozor Uchastka nozirlarini boshlab kelib tanishimni ancha boshini qotiribdi, savdoda bo'lganim uchun buni bilmay qoldim
Hulas yana keldi o'sha organ hodimi, yana past narxda so'radi, yana o'sha javobni oldi,
Ozroq qarab turdida mayli deb aytgan narximga olish uchun pulini sanab berdi, Men esa bergan pularidan ozrog'ini qaytarib berib Rozi bo'lmasangiz menga nasib qilmiydi, bularni olib rozi bo'lib keting dedim
U kishini juda yomon ko'rib ketgandim o'shanda
oradan hech qancha vaqt o'tmay o'sha kishi orqa tarafdan kelib meni chaqirtirdi, oldiga borganimda, Qilgan ishi yaxshi bo'lmaganini aytib mendan kechirim so'radi, Ishonasizmi ko'zimdan yosh chiqib ketay dedi, yoshi katta odam kechirim so'raganiga ko'nglim yumshab ketgandi
Kechirdim, men ham qo'pol gapirgan gaplarim uchun uzr so'radim
Vaqtlar o'tdi, 1-2 oylardan keyin Praktikada yurganimizda o'sha odamni ko'rdim, bu safar endi u Formada emas balki mahbuslik o'rnida edi