Farzandingiz ismini nima deb qo'ymoqchisiz?  ( 152410 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:55:50

Va alaykum assalom!
Iloyim, niyatlarizga erishing!

Bu "muammo" o'zbek oilalarida uchrab turadi. Lekin hammasida ham emas. Albatta bunda kattalarning fikrlarini olish, ular bilan maslahatlashish yaxshi. Lekin kattalar ham yoshlarning fikrlari bilan qiziqishsa yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:56:14

Noza:

Man esa bu fikrda emasman.
Har bir ota-ona o'z farzandiga o'zi hohlaganicha ism qo'yishni hohlaydi. Afsuski o'zbeklarda bu kamdan kam uchridi.
Man ham masalan qaynota yoki qaynonamni o'z farzandlarimga ism qo'yishlariga qarshi bo'lardim.
Chunki farzand maniki.
Agar maslahatlashib birga chiroyli va ma'noli ism qo'ysak undanda yaxshi albatta.

Lekin farzandga aynan buva yoki buvajon ism qo'yishlari SHART degan gapga umuman qarshiman!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:56:34

Gareeb:

Abdulloh, Aburrohman,Zubayr, Bilol

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:57:02

Assalom:

Allohim manga 4 og'il ato etsa ismlarini Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali deb atardim, inshaalloh!

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:57:18

Uztermbek:

lohim, ezgu niyatingiz ijobat bo'lsin!

Men aytadigan bo'lsam, farzandimga bobosining o'zlari nima deb ism qo'ysalar (Olloh nasib qilsa), shunisi bizga ma'qul bo'ladi :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Iyul 2006, 02:57:46

Yaxshi mavzuni boshlabsizlar.
Man bu haqda bir hikoya yozgan edim. Shu hikoyadan iqtibos keltiraman:


Farzand ko’ramiz. Birinchi farzand. Men uning o’g’il bo’lishini tilardim. Qizaloq bo’lsa ham shukrona aytaman. O’g’il bo’lsa ismini Abdulaziz qo’yamiz, qiz bo’lsa Muhsina. Onamning quvonchini ko’rmaysanmi? Hali tug’ilmasdan tikdirib qo’ygan kiyimchalarini senga taqdim etadi. Chaqaloqni qo’liga olarkan, Allohga shukronalar aytadi. Yuz-ko’zidan o’padi, erkalatadi. Beshikto’yga o’z qo’llari bilan kulcha yopadi. Uyimizni to’ldirgan yosh bolalarga kulcha tarqatasan. ...Hali ko’p bolalarimiz bo’ladi, bir-biridan shirin. Ular bag’rida yana yoshlikka qaytamiz.

Abdulaziz menga o’xshaydi! Hech tinch turmaydi. Seni doim qiynayveradi. Lekin sen bundan rohatlanasan. "œOg’ilginam" deb erkalatasan. Asta-sekin tili chiqadi. "œDadadzon" deya boshlaydi. Keyin "œoyijon"ni o’rganadi. Endi uning xizmatidan sen ham bahramand bo’lasan. Saxar uxlab yotganimda uni boshimga qo’yib qo’yasan. U meni uyg’ota boshlaydi:
- Dadadzooon! Turiin! Nomoz o’qiysimiii?
- ...ha, hozir..., - deyman erinibgina.
- Dadadzooon! Dadadzooon!
- Abdulaziiiiz!
- Turiiiiin, dadooooo’.
- Xoooo’p. Mana. Turdim, o’g’lim...

Qayd etilgan


DIMKA  11 Avgust 2006, 17:38:07

Assalomu akaykum!
O'gil bo'lsa, Bobur, qiz bo'lsa, Marjon.

Qayd etilgan


SHahinur  10 May 2007, 22:47:23

Assalomu alaykum.
O'gil bolaga-Ibrohim,Umar,Zubayr,Kamron.
Qiz bolaga-Hadicha,Maknuna,Muslima,Farzona. :)
Insha Alloh

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 May 2007, 13:03:53

O'g'il bolalarga chiroyli bir ismni eshitdim. Juda yoqdi

Safiyulloh, Halilulloh, Habibulloh


Qayd etilgan


Salmoni Forsiy  26 Noyabr 2007, 17:49:12

Assalom alaykum!
 Alloh (swa) o'g'il farzand nasib etsa "Muhammad"  deb ism qo'yish niyatim bor. Qizaloqni ham juda yaxsi ko'raman.Alloh farzand bersin ilohim hammaga!
Nima bo'lganda ham iymonli,sog' salomat,yuzlari nurli va eng asosiysi  Allohdan qo'rqadigan bo'lsin.

Qayd etilgan