9. Ushbu bosqichda biz, menyumiz uchun qolip tayyorlab olamiz. Buning uchun yangi oyna ochamiz, yani Ctrl+N tugmalarini bosamiz,
4X4 pixelga moslab, Backgorund contentsni transparentga o’tkizamiz va OK tugmasini bosamiz. Ctrl++ tugmasini bosish orqali
ushbu oynani 3200% gacha kattalashtiramiz va Asboblar orasidan Pencil (B) asbobini tanlab, quyidagi rasmda ko’rsatilgan joylarni
berilgan rang kodlari bo’yicha bo’yab chiqamiz.
10. Menyudan edit > define pattern buyrug’ini tanlaymiz va nomlab, OK tugmasini bosamiz.
11. Ushbu oynani yopamiz va menyu oynasiga o’tamiz. Layers oynasidan, menyu shakli chizilgan layerni tanlaymiz va menyudan
Select > Load Selection buyrug’ini tanlaymiz yoki ushbu layer ustiga Ctrl+Sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz.
Yangi layer ochamiz buning uchun kalviaturadan Ctrl+Alt+Shift+N tugmalarini bosishimiz mumkin yoki Layer > New> layer
buyrug’ini tanlash mumkin. Asboblar orasidan Paint Bucket (G) asbobini tanlaymiz va boshqaruv panelidan Patternni tanlab,
qoliplar orasidan o’zimiz tuzgan qolipni tanlaymiz va menyu shakli ustiga bir marta sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz.
12. Layers oynasidan Blend Modeni Difference ga o’zgartiramiz
13. Endi menyuga matn yozamiz, ya’ni har bir tugmacha nomini yozib chiqamiz, demak Type Tool (T) asbobini tanlaymiz
va menyumizning pastki qismiga gorizontal shaklda tugmacha nomlarini yozib chiqamiz:
14. Menyudan Layer > Layer style> Drop Shadow:
Color Overlay:
15. Har bir link orasiga gorizontal chiziq chizib chiqamiz, buning uchun asboblar orasidan Line Tool
(U yoki Shift+U tugmalarini tanlaymiz) va radiusni 1 px ga moslab menyumizning yuqori qismidan boshlab pastki
qismiga qadar chiziq chizamiz. Birinchi chiziq qora rangda bo’lishi kerak, ikkinchisi esa oq rangda. Shundan so’ng
Opacity-50% gacha kamaytiramiz va "œBlend mode"ni "œSoft Light"ga o’zgartiramiz va bizda quyidagicha natija chiqishi kerak:
16. Elliptical Marque (M) asbobini tanlaymiz va quyida ko’rsatilganday aylana chizamiz:
17. Yangi Layer ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N).Gradient (G) asbobini tanlaymiz va boshqaruv panelidan
"œLiner Gradient"ga moslab, ranglarni #000000 va #828282 ga moslab, aylanamiz yuqori qismidan pastki
qismiga qarab gradiyent chizamiz.
18. Yana Elliptical Marquee asbobi yordamida aylanamiz ichiga kichikroq o’lchamdagi aylana chizamiz:
19. Ushbu aylanani rang kodi #8e8e8e da bo’yab olamiz, yani Old fon rangi(Foreground color)ga shu
rang kodini yozamiz va Alt+Backspace tugmalarini bosamiz. Tezda yangi layer ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N)
va old fon rangini oqga o’tkizamiz. Gradient (G) asbobini tanlaymiz va Transparent Gradientga moslaymiz,
va boshqaruv panelidan "œRadial Gradient"ni tanlaymiz.