Adobe Photoshop dasturida Lavali tog’ tasvirlash  ( 6394 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nоdirbek  03 Aprel 2011, 09:37:52

Ushbu mashq orqali  Photoshop dasturida lavali tog’ tasvirlashni o’rganib olamiz.

1. Avvalo Photoshop dasturini ishga tushiramiz va o’zimizga kerakli rasm tanlab olamiz

(Rasmda tog’dan tushayotgan sharshara bo’lishikerak) yoki quyidagi rasmni tanlaymiz:


Ctrl+J tugmalarini bosish orqali ushbu qavat(layer)ni nusxalaymiz va Filter > Blur > Gaussian Blur:

Radiusga 0.5 yozamiz va OK.

Layers oynasidan rejimni Overlayga o’zgartiramiz.


2. Manzaraga oy rasmini joylaymiz, buning uchun quyidagi rasmdan foydalanamiz yoki xohlagan rasmni ishlatsak ham bo’laveradi:


Ushbu rasmi manzaraga quyida ko’rsatilganday joylaymiz va Layers oynasidan rejimni Screen ga o’zgartiramiz.



3.  Asboblar orasidan Eraser tool (E) ni tanlaymiz va oyni qoyaga tegib turgan pastki qismini o’chiramiz. Ya’ni qoya orqasidan chiqayotganday ko’rinishga keltiramiz:


Bir oz rang beramiz, buning uchun Image>Adjustments>Hue/Saturation (Ctrl+U:


Natija:


4. Olov rangli osmon rasm tanlaymiz, misol uchun mana bunday:


Ushbu rasmni Manzaramiz ustiga qo’yamiz va Layers oynasidan rejimni Overlayga o’zgartiramiz:


5. Menyudan Layer>Layer Mask>Reveal All buyrug’ini tanlaymiz. Old fon rangi (Foreground color)ni qoraga o’tkazish uchun, klaviaturamizdan D

tugmasini bosamiz va "œBrush" B asbobini tanlaymiz va rasm ustiga sichqonchamiz o’ng tugmasini bosib, mo’yqalamlar orasidan yumshoq radiuslisini

tanlab oy va osmon atrofini qoyagacha bo’yab chiqamiz. Shundan so’ng mana bunday natija chiqishi kerak:


6. Ushbu bosqichda oqayotgan suvni lavaga o’xshatishimiz kerak buning uchun yana olov rangdagi rasm kerak bo’ladi"¦

Rasmni photoshopda ochamiz va Rectangular Marquee (M) yordamida quyida ko’rsatilgan joyni belgilaymiz va

belgilangan joyni nusxalash uchun Ctrl+C tugmalarini bosamiz.


7. Manzaramiz tasvirlangan oynaga o’tamiz va Ctrl+V tugmalarini bosamiz. Menyudan Tool Edit>Transform>Rotate 90 CCW

buyrug’ini tanlab quyidagi holatga keltiramiz:


Layers oynasidan rejimni Overlayga o’zgartiramiz:


5-bosqcihda ko’rsatilganday holatda lavamiz atrofini tozalaymiz va shundan so’ng bizda mana bunday natija chiqishi kerak:


Muallif: 9tuts
Tarjima: Nodirbek

Qayd etilgan