Vodiyda yurib har qarindoshimizning uyida jiyanlarimiz turli hil zamonaviy kompyuter o'yinlarini o'ynab o'tirganlariga ko'zim tushadi. ayrimlari ertayu-kech o'ynab asabga tegishadi. Ota-onalari ish bilan andarmon bo'lgani sababli bolalarini yo televizor qarshisiga o'tqazib yo kompyuterga o'tqazib qo'yisharkan.
Har ko'zim tushganda biri-biridan daxshatli, yovuz ruhli o'yinlarni o'ynab o'tirganlarini ko'raman. Hamma joyi qon, ur-yiqit, qurol-yarog'...
Shularga tushuntirishim befoyda bo'ldi, ota-onalari bolalar yonini olib turgandan keyin qiyin bo'larkan. O'ylab qoldim, shu daxshatli o'yinlardan ko'ra ibratli, ezgulikka chaqiradigan o'yinlarni o'rnatib bersammikan deb.
Kompyuterda ibratli, ezgulikka undaydigan zamonaviy o'yinlar ham bormi? Bo'lsa tas-ixda yuklash uchun linklar ham berib yuboringlar.
O'zim kompyuter o'yinlariga umuman qiziqmaganim bois zamonaviy o'yinlar borasida nolman, internetni titib ko'rdim, hammasi urush, qilichbozlik ekan. ezgulikka undaydigan o'yinlarni topa olmadim.