Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!  ( 39817 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  11 Aprel 2011, 01:31:03

:bsm:
"œ...U (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O‘zi xohlagan kishiga o‘g‘illarni hadya etur..." (Sho'ro surasi, 49-oyat).

Alhamdulillah! O'ziga behisob hamdu sanolar!
Bu kun biz ham bir o'gilga ota bo'ldik.
Farzand berib siylagan Allohga hamdlar bo'lsin!

Boshqa birodarlarimizga ham o'zlari orzulagan farzandlarni nasib aylasin!

Qayd etilgan


BelleQizcha  11 Aprel 2011, 02:25:43

chunmadik? ogilli boldizmi? yo ogili borlarga havasiz kevottimi.

Ishqib hayir bosin..

Agar og'il korgan bo'lsez unda quydagi gaplarni aytay....
Tabrikliyman..SHirin-shakar, quvnoq, diniga yordam beradigan, yurtiga shon-shuhrat qo'shuvchi OLIM BO"LSIN!
advakat bo'sin, kasmanovt bo'sin, domla bo'sin quruvchi bo'sin, svarchik bo'sin.. haa esdan chiqibdi.. DOKTUR bo'sin, o't uruvchi bo'sin..
Kenayimizaniyam siziyam butun oilangizni chin yurakdan tabrikliman. Hudo hohlsa biz bilan qo'shilib kotta bo'sin, ziyouzga o'xshagan forumlarni admini bo'sin!!!!!
Hayir bo'sin


agar og'li borlarga havas qilvotgan bo'sez
Unda OMAD!

Qayd etilgan


Chustiy  11 Aprel 2011, 02:41:38

Alloh muborak qilsin oshna, mavzu ochishga saal kechikibman :D
Iloyim, umrini uzin, riziqini butun va ota onasiga Jannatda toj kiydurguvchi zurriyotlardan bo`lib voyaga yetishishini tilab, so`rab qolaman...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  11 Aprel 2011, 05:54:33

Alloh muborak qilsin, ota-onasining yuzini yorug' qilib ko'p rahmat keltiradigan solih farzandlardan bo'lib yetishsin.
Ajoyib xushxabar bo'ldi, mo'minlar oilasidagi safimiz yana ko'paydi.
Beshigu kiyimchalar muborak bo'lsin, kechki "navbatchi"liklar muborak bo'lsin.
Ismlari nima bo'ldi?

Qayd etilgan


azizbek_mx  11 Aprel 2011, 06:33:05

Tel.da gaplashganimizda aytmadingizkt akaginam! Muborak bo'lsin. Ilmga, ziyoga chanqoq, mehrga boy, adolatli, tafakkurli, qalbi pok bo'lib voyaga yetishlarini so'rab duodamiz. Muborak bo'lsin!..

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 Aprel 2011, 07:51:07

Tabriklaymiz!!! Olloh umri va baxti bilan bergan bo'lsin!

Qayd etilgan


muxlisa  11 Aprel 2011, 09:04:32

 :as:

Subhanalloh!! O'g'il mubore bo'sin! :)

O'zining xayrli, solih bandalaridan qilsin! Aqlli, ilmli, taqvoli, Islomga xizmat qilvuvchi din olimlaridan bo'lsin!!!
Ahli-oilezga ham  Alloh sog'lik-omonlik bersin!

Vapppshe to'palonchi bola bo'sin!  Abdulaziz 2.. :D



 

Qayd etilgan


Hadija  11 Aprel 2011, 09:29:44

Alloh muborak qilsin. Chin qalbdan tabriklaymiz sizni, ayolingizni va oila az'olaringizni ham.
Ikki dunyoda ko'zni quvontiruvchi, Jannatlarda toj kiydiruvchi solihlardan bo'lsin.
Kelajakda ota-onasining uka-singillarining g'amxo'ri bo'lsin.


Qayd etilgan


braupov  11 Aprel 2011, 09:34:32

 :as:
Alloh Umri bilan Rizqi bilan bergan bo'lsin. Kelajakda ota-onasi va vatanini ko'zini quvontiradigan solih farzand bo'lib voyaga etsin.
 
p.s.Barcha forum ahliga Yangi admincha muborak bo'lsin.  :7 :7  

Qayd etilgan


AbdurRohman  11 Aprel 2011, 10:00:47

 :as:

Alloh umri bilan bergan bo'lsin. Islomda sobitqadam qilsin. Solih bandalar qatorida qilsin. Kamolini ko'rishni sizlarga nasib etsin.

PS: kecha telda bir yo'talibam qo'ymadiz og'a. ;)

Qayd etilgan