Xat yozishni bilasizmi?  ( 25917 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


muxlisa  18 Aprel 2011, 17:02:30

Assalamu alaykum.

Ilm-fan taraqqiyotining zamonaviy etaplaridan biri kompyuterlar ixtirosi bo'lgani xech kimga sir emas. O'tgan asrlarda odamlar bir-birlariga qog'ozga xat yozib jo'natgan bo'lsa, hozirgi kunda asosan elektron manzil orqali foydalaniladi.

e-maildan xat yozishish qulay va oson bo'lgani bilan oq qog'ozga siyoh bilan yozilgan xat yoqimli deb o'ylayman. albatta gap bu haqda emas.

Mavzu xat yozishni o'rganish haqida...

Xat yozganda qaysi qoidalarga ahamiyat berish kerak?
Xat yozish odoblari nimalardan iborat?
Xususiy xat yozish haqida maslahatlar berishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Qayd etilgan


azizbek_mx  18 Aprel 2011, 22:46:21

Rahmat Zeynab opa, to`g`risi xat yozishni uncha bilmiman. Balki uddalab yozib ham olarman, lekin pochtadan qanday jo`natish, kimga murojaat qilish... va h.k.lariniyam bilmiman ;D faqat e.mailga o`rganib qoganmiza :D :D :D

Qayd etilgan


Anorushka  19 Aprel 2011, 01:38:48

Men uncha yaxshi tushunmadim? Bu yerda elektron xat yozish qoidalari haqida gap ketayaptimi yoki qog'oz qalam bilan yozilib, pochta orqali jo'natiladigan xat haqidami? Balki umumiy xat yozish haqidadir? : )

Qayd etilgan


Sadulla  19 Aprel 2011, 06:44:10

 :as:

Hozirgi kunda qog'ozda xat yozadigan odamlarni topish qiyin bo'lib qoldi.Faqatgina rasmiy xatlar  pochta orqali keladigan bo'lib qoldi menimcha.Xat yozishda kerak bo'ladigan marka,pochta indeksi haqida bilmaydiganlar ham topiladi.Yoshlar ko'proq inetdan foydalanganligi uchun bu narsalarni bilmasa kerak.(Huddi o'zim qariyadek  ;D )
Qog'ozga xat yozilgan  yozgan odamning dardlari ham ko'rinib turgandek bo'ladi menimcha.Bu xuddi kitobni qo'lga olib o'qiganga o'xshaydi( kompda kitob o'qisham yaxshi,lekin qo'lga olib o'qigan yaxshiro mani fikrimcha).Keyinchalik rasmiy xatlar ham odamlarni telefonlariga keladigan bo'lib qolmasa bo'ldi  ;)

Men uncha yaxshi tushunmadim? Bu yerda elektron xat yozish qoidalari haqida gap ketayaptimi yoki qog'oz qalam bilan yozilib, pochta orqali jo'natiladigan xat haqidami? Balki umumiy xat yozish haqidadir? : )

Mavzu qog'oz qalam bilan  xat yozish haqida.

Qayd etilgan


Nurdinboy  19 Aprel 2011, 07:54:10

Internetdaham, qog'ozdayam yoziwni bilaman. Bugungi kunda eng ommaviysi elektron maktublar.

Qayd etilgan


muxlisa  19 Aprel 2011, 09:13:25

 :as:

Uzr, mavzudan maqsad nima ekanligini tushuntiromadim shekilli...

 Mavzu xat yozish odoblari, qoidalari haqida. Parqi yo nimaga yozsezam, qog'ozga yozasizmi, yoki e-maildan jo'natasizmi...

_________________________________________________________________________________________________________
Xat yozganda qaysi qoidalarga ahamiyat berish kerak?
Xat yozish odoblari nimalardan iborat?
Xususiy xat yozish haqida maslahatlar berishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Hadija  19 Aprel 2011, 10:29:06

:as:

Uzr, mavzudan maqsad nima ekanligini tushuntiromadim shekilli...

 Mavzu xat yozish odoblari, qoidalari haqida. Parqi yo nimaga yozsezam, qog'ozga yozasizmi, yoki e-maildan jo'natasizmi...

_________________________________________________________________________________________________________
Xat yozganda qaysi qoidalarga ahamiyat berish kerak?
Xat yozish odoblari nimalardan iborat?
Xususiy xat yozish haqida maslahatlar berishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.


Bir vaqtlar oilamdan biroz uzoqda yashaganim uchun, tez-tez xat yozishib turganmiz.
Ozroq bo'lsada bor tajribamga suyangan holda eng avvalo
Har bir ishni "Bismillah"dan boshlagan kabi, Allohning zikri bilan boshlab, salom-alik, hol-ahvol so'ralgandan keyin, xat yozilishidan maqsad yoziladi.

Xat yozishda avvalo imloviy qoidalarga rioya qilish kerak deb o'ylayman. Chunki ona-tilidagi har bir imloviy qoidalar gapingiz ma'no mazmunin to'ldirib o'z ko'rinishida yoritib beradi.

Xat yozish odoblariga avvalambor sokinlik bilan, shirin so'zlik bilan xatingizni o'qiyotgan odam yana, yana qayta o'qish ilinjida bo'lish ehtimoli darajasidagi odob bilan yozilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Har bir masalahat berganingizda ham, avvalo o'sha maslahat berayotgan odamingiz holati, ruhiyatiga o'zingizni qo'yib ko'rib, uning boshidan kechirayotganlarini his qila turib maslahat berish darkor hamda, berayotgan maslahatlaringizga to o'zingiz amal qilmaguningizcha maslahatingizga rioya qilishi amri mahol bo'ladi. SHunga e'tibor bering-ki, siz berayotgan maslahatingizga avvalo o'zingiz rioya qilishingiz kerak.

Imkon qadar savollaringizga javob berishga harakat qildim Zeynabhon, kamchiliklar bo'lsa uzur...

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -  - - - -

O'sha vaqtlarda yozilgan xatlarimni hisoblab ko'rsam, 15 donaga yetibdi, har bir kelib ketgan odamdan xat olardim, javob xati yozardim. Ular ham man uchun shirin xotira va o'tkan kunlarimdan ajib bir estalik...

Qayd etilgan


muxlisa  19 Aprel 2011, 14:22:13

Raxmat, Hadijaxonim.

Demak, xat yozganda, xatni ravon, ozoda, o'qimishli yozish kerak bolar ekan. Va haddan tashqari ko'p undov va so'roqlarni qo'yish ham xatning chiroyini buzishi mumkin bo'lar ekan..

Yana shunday xatlar borki, masalan tabrik, taklif gulqog'ozlariga javob yozish shart emas. :) Ammo sizni izzatlab gulqog'oz yuborgan insonga ko'rib qolganingizda minnatdorchilik bildirib qo'ysangiz yaxshi bo'ladi. Yoki telefonini bilsangiz, qo'ng'iroq qilib, raxmat aytib qo'ysangiz, nur ustiga a'lo nur bo'ladi...

:as:
Qog'ozga xat yozilgan  yozgan odamning dardlari ham ko'rinib turgandek bo'ladi menimcha.Bu xuddi kitobni qo'lga olib o'qiganga o'xshaydi( kompda kitob o'qisham yaxshi,lekin qo'lga olib o'qigan yaxshiro mani fikrimcha).
Manam shunaqa deb o'yliman. Lekin hozir deyarli xech kimni vaqti yoqdek, qog'oz olib xat yozib o'tirishga...


Yana, qog'ozga xat yozilganda, siyohli ruchkada binafsha siyoh bilan yozilsa yaxshi.
 

Qayd etilgan


muxlisa  19 Aprel 2011, 17:18:51

ZeroHero kepqoptila-yu-a, bu mavzugayam? : )

Jahl qimadim, o'zbecha qilib chuntirishga harakat qildim.
shunaqa bir gap bor bilasizmi, ZeroHero? Tog' o'rnidan siljibdi deyishsa ishoning, odamning fe'l-atvori o'zgaribdi deyishsa ishonmen degan.. Biza haliyam o'sha-o'shamiza:)...

Mavzu bo'yicha gaplariz bo'sa, marhamat.

Qayd etilgan


muxlisa  20 Aprel 2011, 21:33:39

 :vslm:
Bilmaganlarim haqida ma'lumot keltiribsiz, tashakkur. Sizdan ham Alloh rozi bo'lsin!
Haqiqatan, Tohir Malik aka namunaga misol qilgan maktublarni hozirda uncha-muncha odam yozomasa kerak. Yana Alloh bilguvchi.

Mahmudxo'ja Behbudiyning "Kitobatul atfol" degan kitoblarida xat yozish shartlaridan o'zim tushungan ba'zi qoidalarini keltirmoqchiman: (Agar bu haqda yana ham yaxshiroq ma'lumotga ega bo'lgan insonlar bo'lsa, xato joylarimni to'girlab qo'ysela xursand bo'lardim.)


Maktub yozuvchi yozayotgan maqsadini, muddaosini avval o'zi yaxshilab tushunib olib, so'ng yozishi kerak.

O'zi bilmaydigan lug'atni mumkin qadar yozmagani ma'qul.

Har bir til va lug'at so'zini o'z qoida va imlosi bilan yozish shart.

Xatni olib o'qiydigan odam haqida mulohaza qilib, uning fahm va bilimiga muvofiq yozish lozim.

Xatda yoziladigan so'zlar ichida hamma ham tushuna olmaydigan, bilmaydigan lug'atni yozmasligi, omi va ko'cha iboralarini, ayb sanaladigan so'z-kalima va laqablarni yozmaslik kerak.

Halq orasida unutilib ketgan  eski so'z-kalimalarni  yozib xat o'quvchini qasddan zehnini tashvishga  solmagan (qiynamaslik) yaxshiroqdir.

hozircha shu, davomi bor...

Qayd etilgan