Uzr, mavzudan maqsad nima ekanligini tushuntiromadim shekilli...
Mavzu xat yozish odoblari, qoidalari haqida. Parqi yo nimaga yozsezam, qog'ozga yozasizmi, yoki e-maildan jo'natasizmi...
_________________________________________________________________________________________________________
Xat yozganda qaysi qoidalarga ahamiyat berish kerak?
Xat yozish odoblari nimalardan iborat?
Xususiy xat yozish haqida maslahatlar berishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Bir vaqtlar oilamdan biroz uzoqda yashaganim uchun, tez-tez xat yozishib turganmiz.
Ozroq bo'lsada bor tajribamga suyangan holda eng avvalo
Har bir ishni "Bismillah"dan boshlagan kabi, Allohning zikri bilan boshlab, salom-alik, hol-ahvol so'ralgandan keyin, xat yozilishidan maqsad yoziladi.
Xat yozishda avvalo imloviy qoidalarga rioya qilish kerak deb o'ylayman. Chunki ona-tilidagi har bir imloviy qoidalar gapingiz ma'no mazmunin to'ldirib o'z ko'rinishida yoritib beradi.
Xat yozish odoblariga avvalambor sokinlik bilan, shirin so'zlik bilan xatingizni o'qiyotgan odam yana, yana qayta o'qish ilinjida bo'lish ehtimoli darajasidagi odob bilan yozilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Har bir masalahat berganingizda ham, avvalo o'sha maslahat berayotgan odamingiz holati, ruhiyatiga o'zingizni qo'yib ko'rib, uning boshidan kechirayotganlarini his qila turib maslahat berish darkor hamda, berayotgan maslahatlaringizga to o'zingiz amal qilmaguningizcha maslahatingizga rioya qilishi amri mahol bo'ladi. SHunga e'tibor bering-ki, siz berayotgan maslahatingizga avvalo o'zingiz rioya qilishingiz kerak.
Imkon qadar savollaringizga javob berishga harakat qildim Zeynabhon, kamchiliklar bo'lsa uzur...
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -
O'sha vaqtlarda yozilgan xatlarimni hisoblab ko'rsam, 15 donaga yetibdi, har bir kelib ketgan odamdan xat olardim, javob xati yozardim. Ular ham man uchun shirin xotira va o'tkan kunlarimdan ajib bir estalik...