Duo qiling...  ( 306600 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 57 B


Musannif Adham  11 Iyun 2010, 22:07:50

Qirg'izistondagi birodarlarimiz haqqiga qilaylik. Men shu paytgacha olgan xabarlarga qaraganda O'shda o'zbeklarga qarshi ayovsiz qirg'in bo'lmoqda.

Qayd etilgan


Chustiy  12 Iyun 2010, 00:42:43

Qirg'izistondagi uzbeklar yozgan maktubi:

"Ассалому алайкум.
Сизларни ранжитадиган хабар билан келдим.

Киргизистоннинг Ош шахрида, УЗБЕК КИА ГИЗ ГАЛАВАСИ БОШЛААИБ КЕТДИ. УЗБЕКЛАА  КУА ГАА МАГАЗИА, КАФЕ, СУЛЕА МАА КЕТЛАА ГА КИА ГИЗЛАА  УТ КУЙИБ КЕТИШЯБДИ, УЗБЕК МАХАЛЛАЛАА ДА БТА ларДАА ХАА БИЙЛАА  КУЧАДА ЮА ГААЛАА АИ ОТИБ КЕТИШЯБДИ. КИА ГИЗЛАА  УЗБЕКЛАА ГА КАА АТА УК ОЧИШДИ, УЗБЕКЛАА  МАХАЛЛАЛАА ДА ТОШ ТОЛЛАБ МАХАЛЛАСИАИ ХИМОЯ КИЛИШИБ ТУА ИШИБДИ. КУЧЛАА  ТЕАГ А­МАС. ИЛТИМОС ДУО КИЛИАГЛАА , ОШЛИК УЗБЕКЛАА  КИА ГИЗЛАА АИ УКИ ОСТИДА УЛИБ КЕТМАСИА.
ЕА ДАМ КУТАДИГАА ЕА ИМИЗ ЙУК. АЛЛОХДАА ЕА ДАМ СУА АЙМИЗ, ДУО КИЛИАГЛАА  ИЛТИМОС."



Inna lillahi va inna ilayhi roji'un...
Alloh mazlumlarga sabr, zulm qilguvchilarga insof bersin...

Qayd etilgan


Chustiy  15 Iyun 2010, 22:25:20

Iqtibos: Arbuzchi
Bugun rasmiy tashkilotlardan zvanok oldik.
Qirg'iziston voqiyalaridan qochib kelganlar uchun O'zbekiston huklumati hech kimdan yordam so'ramaydi. Hukumatni bu ishlarga o'z resurslari bor ekan. Hamma narsa bor va shuning uchun halqdan yordam pul olish shartmas deyildi. Bu habarni MCHS va Qizil Yarim Oy tashkiloti mutasaddilari aytishdi.
Lekin forumdoshlar va boshqa yurtdoshlarimiz yordamida yordam yig'ildi va insh bugun Andijon tamon yo'lga chiqiladi. Hudo hohlasa eson omon yetib borar bizning Moviy kemamiz..."

Iqtibos
Boshidanoq qochoqlarga judayam yahshi sharoitlar yaratilib kelinyabdi.

Pokiston, Eronlarda odamlar erda yotganini ko'rardik, Hudoga shukur, raskladushka, krovat' topishibdi. Videolardan ko'rinib turibdi, oziq-ovqat, hamma hammasi etarli. Barchasi yig'lab rahmatlar aytishyabdi.

Uydagilar aytishyabdi - Vodiy bo'yicha barcha davlat organi rahbarlari oyoqqa turgan. Bog'cha mudirasiyu, maktab direktor, hokimiyatni aytmasa bo'ladi - hammasi tunu kun navbatchilikda ekan.
Doktorlar, hamshiralar har qaerdan etib borishyabdi, kk.ligicha kasallar bol'nicalar'ga joylashtirilib davolanyabdi.

Rahmat, Karimovga, hukumatga shu ishlar uchun mingdan ming rahmat.

Odamlarimizga vobshem gap yo'q. Tillo. Bor bo'lishsin.

Boshqa forumdan olindi.... Baraka topishsin...

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  15 Iyun 2010, 23:25:32

 :as:
Bu nohush holatda qolgan barcha mo'min musilmon brodarlarimizga Allohni o'zi tinchlik ato etsin  :amn:

Qayd etilgan


Abdulhafiz  16 Iyun 2010, 00:29:05

Alloh :jl: najot va sabr bersin!
:amn: :amn: :amn:

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  16 Iyun 2010, 03:27:01

Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Ushdagi to'polonlarda jon bergan yaqinlarimizning joylari jannatda  bo'lsin, Ollohim ularning shu kungacha bilib va bilmay qilgan gunohlarini kechirchin, oxiratlari obod bo'lsin, yaqin qarindoshlariga esa sabr bardosh bersin, Ilohim!

Ey, Ollohim! Jamiki o'tgan ajdodlarimizning oxiratlarini obod qilgin, bu dunyodagilarga esa iymon, insof, sabr toqat va salomatlik ato etgin!

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyun 2010, 11:09:52

Assalamu alaykum!

YUNISEF tarqatgan xabarlarga ko'ra, ayni paytda Farg'ona vodiysida 100000 dan ortiq Qirg'izisitonlik qochoqlar joylashtirilgan.

Ular Andijon va Farg'ona viloyatlarining chegaraga yaqin mintaqalaridagi 75 dan ortiq maxsus lager, bolalalar dam olish lagerlari, maktablarga joylashtirilyapti.

Xabarda aytilishicha, qochoqlarning 90 foizi ayollar va yosh bolalardir. Ularning ahvolini yaxshi deb bo'lmaydi. Juda ko'p bolalar jismoniy va ruhiy ta'sirlarga berilishgan. Yordamga muhtojlarga O'zbekiston hukumati tomonidan sharoitlar yaratilmoqda.

Kecha Andijon viloyati teleradiokompaniyasi qochoqlar lagerlaridan reportajlar berdi. O'z vatanidan hech qanday gunohsiz quvg'indi bo'lgan millatdoshlarimiz bir tomondan o'z yaqinlarining o'limi-yu, u yoqda jon berib jon saqlayotgan erkaklarining g'amida ezilishgan bo'lsa, ikkinchi tarafdan o'limdan qochayotgan dilbandlariga boshpana bergan qardosh xaqimizning xizmatlaridan mamnunliklarini ko'z yoshlari bilan izhor qilishyapti.

Vodiy shahar va qishloqlarida qarindoshlari bo'lgan qochqinlarni yaqinlari qabul qilib, ta'minotlarini zimmalariga olishmoqda. Lagerlarda ham 3 mahal doshqozonlarda issiq ovqat tayyorlanib, tarqatilmoqda, kechqurunga issiq boshpana berilmoqda. Yaradorlar va chaqaloqlar, tibbiy yordamga muhtojlar uchun esa viloyatning barcha kasalxonalari bepul xizmat qilmoqdalar.

Qochoq ayollar va bolalarni erkaklar chegaragacha kuzatib qo'yishmoqda. Millatdoshlarini xavfsiz manzilga eltib qo'ygan yigitning ko'z yoshlarini yashirolmay aytishicha:
"Nima qilaylik, ayollarimiz va bolalarimizni shu yerda qoldiramiz. Yaxshiyam O'zbekiston koridor ochib berdi... Yana orqaga qaytamiz. O'z uyimizni, mahallamizni qo'riqlaymiz... Lekin nailoj, qo'limizda tayoqdan boshqa qurolimiz yo'q..."

Qochoqlarni qabul qilib, ularga xizmat qilayotganlardan Alloh rozi bo'lsin.
O'zbek xalqi, hukumati o'z birodarlariga birodarlarcha yordam bermoqda.

Uyoqda qolgan qardoshlarga esa Allohdan sabr, ofiyat va najot tilaymiz...

Qayd etilgan


JaviK  16 Iyun 2010, 11:18:22

 :bs1:Olloh mushkullarini oson qilsin, O`tganlarnni rahmatiga olsin. Qolganlarga sabr bersin, omin

Qayd etilgan


Chustiy  16 Iyun 2010, 11:48:42

Mana o'sha yuqorida AbdulAziz aytgan video lavha

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=w1zZuX2R09w" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=w1zZuX2R09w</a>

Baraka topishsin.... Alloh rozi bo'lsin bosh qosh bo'lgan, g'amho'rlik qilayotgan barcha mutasaddilardanu, issiq sovug'idan habar olayotgan mehribon va oqibatli halqimizdan...
videoda sharoitlar juda yaxshi, ko'rpa-to'shak, kravat', raskladushkalar...

Qayd etilgan


Robiya  16 Iyun 2010, 11:57:55

:as:

Allah barcha ko'mak berayotganlardan rozi bo'lsin!

Mazlumlarga ham O'zi rahm qilsin!

Zulmkorlarni ham O'ziga havola qilamiz...



Qayd etilgan