Duo qiling...  ( 307632 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 ... 57 B


Shokir  15 Avgust 2010, 16:43:39

ALLOH xarqanday dardni davosi bilan bergan bo'lsin,tezroq sog'ayib ketishizni duolarmizda so'rab qolamiz.

Qayd etilgan


Robiya  16 Avgust 2010, 00:11:48

Amiyn inshaAlloh..

Allohim yaqinlaringizga sabru jamiyl berib, o'zingizga komil shifo ato etsin!

Qayd etilgan


Chustiy  16 Avgust 2010, 01:25:40

Muhammad Sohib bilan hozir gaplashdik, bugun kechagiga nisbatan acha yaxshiman dedilar, ammo bemorlik asorati hali ham bor ekan...

Alloh komil shifo bersin, gozal sabr va cheksiz ajr bilan birga...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  16 Avgust 2010, 11:17:02

:amn:
Alloh shifoi komil ato etsin. Dard beruvchi O'zi shifosini ham beradi InshaAlloh...

Qayd etilgan


Chustiy  16 Avgust 2010, 12:52:40


Ali Polosin domla, bir oycha oldin suhbat chogida bemorlashib qolganliklarini, afsuslanib, endi biz tayyorlagan uzb milliy taomlarini oldingidek bemalol iste;temol qila olmasliklarini aytgan edilar...

Ramazondan oldin yozilgan maktubga javob yozmagandilar, shunga biroz havotirlanib hozir telefon qilgandim...

Haliyam davolanayotganliklarini, ayni damda ham shifohonada, tibbiy ko;rikdan o;tayotganliklarini aytdilar...

Iftorlik va duo mahalda shu kishining ham haqlariga holis duolar qilsak, shoyadki duogo;ylarimiz duolarin ijobati ila shifo topib ketsalar...

Qayd etilgan


Hadija  16 Avgust 2010, 14:12:47

 :as:

Allohim Sendan Rahmat va mag’firating sabablarini, har gunohdan omonda bo’lish va har bir yaxshilikdan g’animat olishni, Jannatga erishish va Jahannamdan qutilishni so’ramiz! Ey Rahimlilar Rahimlisi, gunohimizni mag’firat qil! Qayg’ularimizni ketkaz, qarzlarimizni uz, O’zing rozi bo’lgan dunyo va  oxirat ehtiyojlarimizni baroridan keltir! Allohim Sendan Jannatni so’raymiz! Allohim Sendan Jannatni so’raymiz! Allohim Sendan Jannatni va Jannatga olib boradigan so’z va amallarni so’raymiz! Allohim kamoli nuring ila bizni hidoyat qilding, Senga hamdlar bo’lsin! Hilming buyuk bo’lib gunohlarimizni mag’firat qilding, Senga hamdlar bo’lsin! Gunohkor bandalaring uchun qo’lingni uzatding, Senga hamdlar bo’lsin! Senga itoat qilganlardan rozi bo’lding, osiylarni kechirding, muzdarlarning duolarini ijobat qilding, zararlarni ketkazding, gunohlarni pardalaring, tavbalarini qabul qilding, Yuzing eng karamli Yuzdir, Ulug’liging eng buyuk Ulug’likdir, Atolaring eng afzal Atodir! Ey gunoh bilan jazolamaydigan, maxfiy sirlarni ochmaydigan Zot, Sen biz turgan joylarni ko’ryapsan, so’zlarimizni eshityapsan, sir-u oshkora ishlarimizni bilib turibsan. Biz Sendan go’zal ismlaring va oliy sifatlaring bilan bizni, ota-onamizni, oilalarimizni, zurriyodlarimizni va barcha musulmonlarni O’zing tarafingdan ezguliklar berilishi yozilgan kimsalar qatorida qil!
Bizga Jannatdagi oliy maqomlarni qiyinchiliksiz va fitnasiz nasib et! Ey yaxshiliklari bizga tushgan va yomonliklarimiz Unga ko’tarilgan Zot! Ey bizdan behojat biroq ne’matlarini berishni suygan Zot! Biz Sendan qilgan gunohlarimiz sababli uzoqlashdik va Senga muhtojmiz! Senga muhtojmiz, Senga muhtojmiz! Sengina zikr va ibodat qilinishga loyiqsan! Sengina talab qilinishga loyiq, eng buyuk podshohlarning eng mehriboni, so’raluvchilarning saxovat peshasi va ato etuvchilarning qo’li ochig’isan! Sen Allohsan, sen Allohsan, Sen sheriksiz podshoh va tengsiz Tanhosan! Sening marhamatingni qaytaruvchi, hukmingni kechiktiruvchi biron kimsa yo’q! Sen tez hukm qiluvchi va hukm qiluvchilarning eng Hakimisan! Sen yer va osmonlarni tutib turguvchi Zotsan! Sendan nuri bilan yer-u osmonlar porlagan yuzingning nuri va Senga loyiq bo’lgan barcha narsa bilan bizni O’z qudrating bilan Jahannamdan qutqarishingni so’raymiz, Jahannamdan qutqarishingni so’raymiz, Jahannamdan qutqarishingni so’raymiz! O’z Rahmating bilan esa Jannatingdan joy berishingni so’raymiz, Jannatingdan joy berishingni so’raymiz, Jannatingdan joy berishingni so’raymiz! Ey Aziz, ey G’affor, ey Zuljalolu val Ikrom! Allohim diningga yordam berganlarga yordam ber! Vahid bandalaringni yordamsiz tashlab qo’yganlarga yordam berma! Allohim Mo’minlarga yordam berayotganlarga yordam ber, g’ayratlariga g’ayrat qo’sh, qalblarini barqaror qil, sabr ber, oyoqlarini sobit qadam qil va ularni yordamsiz tashlab qo’yganlarga yordam berma!
Allohim vatanimizni amnu-omonda saqla! Din peshvolarimizni hidoyatingdan ayirma! Yetakchiligimizni sendan qo’rqadigan, taqvo qiladigan, Seni rozi qilish uchun g’ayrat ko’rsatadigan, rahbarlarga ber! Allohim Sendan Rabboniy ulamolar, solih rahbarlar, muxlis da’vatchilar, solih yigitlar va soliha qizlar so’raymiz! Ey Olamlar Robbisi, Allohim o’lkamizni va barcha musulmon o’lkalarni osuda va ne’matlarga mo’l qil! Allohim tutgan ro’zalarimiz va o’qigan taroveh namozlarimizni qabul et hamda kamchilik va gunohlarimizni kechir! Allohim bila turib Senga sherik keltirishdan panoh berishingni, bilmagan narsalarimiz uchun kechirishingni so’raymiz! Bizni kamchiliklarimiz sababli jazolami, gunohlarimizni avf et va ozgina amallarimizni dargohingda qabul qil! Sen qanday yaxshi Hoja va qanday yaxshi Yordamchisan!...
Allohim bizni mana shu pok va muborakli makonda jamlaganingdek, "œAdn" jannatida qudratli poshdoh huzurida rozi bo’lingan o’rinda ham jam qil! Allohim yomonliklarimiz sababli huzuringdagi yaxshiliklardan bizlarni mahrum etma! Yo Rahim! Yo Qahhor! Allohim bizga Sen o’zingga loyiq bo’lgan narsalar bilan muomila qil! Biz loyiq bo’lgan narsalar bilan muomila qilma! Holbuki Sen taqvo qilishga loyiq va mag’firat egasisan! Allohim payg’ambarimizga havodagi qushlar sonicha, saharlarda istig’for aytganlarning istig’forlari sonicha, kecha va kunduzning aylanishi sonicha durudu salovatlar yo’lla! Allohim uni ko’rishdan va sunnatlariga ergashishdan bizni mahrum etma! Mahrum etma! Mahrum etma! Allohim bizni uning chaqirig’iga ko’makchi qil, uning havziga olib bor, uning qo’lidan sug’or! Biz u kirgan Jannatga kirmagunimizcha biz bilan uning o’rtasini ayirma! Yo Robbial A’lamin! Allohim bizni Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali va barcha sahobalar ularning izidan ketganlar bilan Jannatingda birga, ularga yaxshiliklari bilan ergashganlar qatorida qil! Allohim Seni mushriklar sifatlayotgan sifatlardan hamding bilan poklayman! Sendan boshqa iloh yo’qdir! Allohim, Sendangina gunohlarimizni kechirishingni so’raymiz va Sengagina tavba qilamiz! Va so’nggi duoyimiz barcha olamlar Robbisi bo’lgan Allohga hamd-u sanolar bo’lsin! Alloh payg’ambarimiz, uning oilasi va barcha sahobalariga salovatu salomlar yo’llasin!

 :amn:
"Xolislik Sari" dan


Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  16 Avgust 2010, 17:20:41

Ассаламу алайкум!
Дуога қсл очган барчаларингизнинг нимаики талаби мақсудингиз бслса Аллоҳ Ҳақ Таоло камчиликсиз берсин. Сиз азиз биродарларимнинг ҳам Ҳақларига дуодаман, иншоАллоҳ.
Бугун ҳам нисбатан схшиман. Кеча Чустий билан гаплашаётган маҳал форумда пост қолдирмоқчи бслдим. Аммо озроқ қийналдим. Шунга бугун ёзспман. Шукр-ки, анча схшиман.
Барчаларингизга ксп ташаккурлар. 

Qayd etilgan


Robiya  17 Avgust 2010, 05:19:18

:as:

Allohim Polosin domlaning dardlariga komil shifosini ato etsin!

Islom dini rivoji yo'lida sobit qilsin! Xayrli amallarini ajr ila mukofotlasin!

Qayd etilgan


Habib  27 Avgust 2010, 16:51:48

Aziz birodarlar, Alloh tutayotgan ro'zamizni o'z dargohida qabul aylasin!
Nafsimiz hohlab turgan narsadan tiyilish bizni hayvondan ajratar ekan azizlar! Allohga hamd, hayvonlar qatorida qilmagani uchun!
Hammamizni Alloh jahannam azobidan asrasin! Qabr azobidan asrasin!
Honadonlarimizga fayzu baraka, xotirjamlik ato etsin!
Alloh o'zining barakotli oyida ixlos va umid bilan tutayotgan ro'zalarimizni dargohida qabul aylasin!

Og'iz ochayotganingizda meni ham duo qilinglar!
Duoingizga doimo ehtiyojim bor!

Qayd etilgan


Zamiraxon  27 Avgust 2010, 19:09:31

Assalomu alaykum.
Forumdoshimiz Samarqandiy Vatanimizga bugun qaytayotgan bölsalar kerak. Duoda bölaylik eson-omon yetib kelsin.

Qayd etilgan