191. Allohni tik turgan, o'tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan,
osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni
bekorga yaratganing yo'q, O'zing poksan, bizni o't azobidan saqlagin.
192. Robbimiz, albatta, sen kimni do'zaxga kiritsang, batahqiq, uni
sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam båruvchilar yo'q.
193. Robbimiz biz nido qiluvchining, Robbingizga iymon keltiring, deb nido
qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni
kechirgin va yomonliklarimizni o'chirgin hamda yaxshilar bilan birga o'ldirgin.
194. Robbimiz, bizga Payg'ambarlaringga va'da qilgan narsalaringni bergin
va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen va'daga xilof
qilmaysan», derlar.
(Ushbu oyati karimalardan ko'rinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda
cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini to'la anglab yetish uchun ibodat va
tafakkur lozim ekan. Biri bo'lib ikkinchisi bo'lmasa ham, ish bitmas ekan.
Allohni tik turgan, o'tirgan va yonboshlagan hollarda eslash darajasi ulug'
daraja bo'lib, inson ibodatga oliy maqomga erishgandagina ushbu darajaga
ko'tariladi. Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof holga keladi va
duo qilsa, ijobat bo'ladigan maqomga yetadi.)( Oli Imron s) Hammamizni shunde darajaga yetkaz!!!