Duo qiling...  ( 306550 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 57 B


Ansora  30 Sentyabr 2009, 18:07:13

* * *

Яксон караминг қошида мудбиру муқбил,
Осон сенинг оллингда жамиъи мушкил.
А лутфу иност онча қилким, кстарай,
А қаҳру ғазабни тоқатим борича қил.

Z.M.Bobur

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 18:08:08

* * *

Юз ҳамд ангаким, ҳамдин анинг аҳли мақол,
Юз йил десалар тугатмаги амри маҳол.
Васфида хирад ожиз срур, нотиқа — лол,
Ае навъ сифат қилай они жалла Жалол.


Z.M.Bobur

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 18:27:28


* * *

А­йки, олам шахлари шоҳи сенсен!
Бевосита манзури илоҳий сенсен!
Сен борсен, кимга слтай, сй шоҳ, паноҳ,
Чун борча жаҳон сли паноҳи сенсен!


Z.M.Bobur

Qayd etilgan


Ansora  30 Sentyabr 2009, 19:01:14


* * *

А уҳум сратиб сдинг латофат бирла,
Қилдинг анга танни ҳамраҳ офат бирла.
А уҳумни чу тан уйига келтурдунг пок,
Мундин бори слтма касофат бирла.


Z.M.Bobur

Qayd etilgan


Chustiy  01 Oktyabr 2009, 17:02:10

Shu kunlarda biroz mahzunlikka tushuradigan holatlar bo'lib turibti, albatta bularning barida hikmat mujassam...
Ojiz va osiy bandaligimiz tufayli, bunday holatlardan hikmat izlash o'rniga ba'zan nadomat ham qilib qolmoqdamiz... :  :3

Iltimos duo mahalda kaminaning ham haqiga duo qilib Allohdan, mustahkam iymon, go'zal sabr bilan birga ajr va holatlar ijobiy tomonga o'zgarishini so'rab duo qilib o'tsangiz O'zining roziligi uchun....

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  01 Oktyabr 2009, 17:19:44

O‘z davrida zulmi bilan mashhur bo‘lgan Hajjoji Zolimdan odamlar qo‘rqib, Allohdan panoh tilar edilar. U o‘zining johilligi bilan qanchadan-qancha oilani barbod qilgandi.

Kunlardan bir kun Hajjoji Zolim juda axloqli insonni jazolamoqchi bo‘ldi va uni ta’qib eta boshladi. O‘ta madaniyatli bu odamni zindonga tashlab, qo‘llarini kishanlab qo‘ydi. Hibsda yotgan u muborak inson qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, duoga ochdi va: "œKuch va quvvat faqat Yaratuvchiga xosdir. Yaratish va amr qilish faqat sendandir", deb duo qildi.

Oqshomda soqchilar hamma eshikni yopishdi. Atrofda unga yordam beradigan hech kim qolmagan edi.

Tong yorishgan vaqt soqchilar qamoqxonaga borishdi. Lekin u yerda bir dona taroqdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Zolimga nima deb javob berishni o‘ylab qo‘rqqan soqchi uning huzuriga kelib qo‘rqa-pisa bo‘lgan voqeani bayon etdi. Hajjoj soqchidan:

— Sen qo‘lini kishanlayotgan vaqt nima degandi? — deb so‘radi.

— Duo qilgan edi, — deb javob berdi soqchi.

— Unday bo‘lsa ayb senda emas. Uni duo qutqargan, — dedi Hajjoji Zolim.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 Oktyabr 2009, 06:34:38

Duo qiling bugun duolar ijobatdir.
Birodarlar duo qiling davlatimiz tinch bo'lsin
Duo qiling xalqimiz to'q bo'lsin.
Duo qiling musulmonlar safi kengaysin
Duo qiling to'kin sochinlik bo'lsin
Duo qiling hat birimiz sog' bo'laylik
Duo qiling har birimiz niyatlarimizga etaylik . . .



Qayd etilgan


Muzayyana  10 Oktyabr 2009, 11:17:30

Erta tongda ishga otlanat ekanman, ko'chada chug'urlashib borayotgan qizchalarda ko'zim tushadi. Yosh bo'lishiga qaramay katta qilib o'ralgan ro'mollari o'zlariga yarashgan...
Ularga qarab turib, maktabdagi mudhish voqealar ko'z oldimdan o'tadi. Ro'molini tortib olaman deyishganda, ro'molini mahkam quchoqlab, "Dod, yeshmayman, ro'molimga teymelar!" deb yig'lagan ko'zlari yoshga to'la jajji muslimalarni eslayman, eslaymanu yuragim uvushib ketadi.
Allohim jajji mo'mina, muslima, soliha singillarimizni O'zing hibzu himoyangga ol!
Ularga O'zing omonlik ber! Johil kimsalarni ular ustidan hokim qilma!
Sinovlaringdan iymon bilan, taqvo bilan o'tib olishlarida madadkor bo'l! Zero, Sen mehribonlarning eng mehriboni, shafqatlilarning eng shafqatlisisan, ya Rabbil A'lamiyn!

Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 18:25:03


Qayd etilgan


Ansora  14 Oktyabr 2009, 18:26:11


Qayd etilgan