Duo qiling...  ( 240653 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 57 B


Ansora  28 Iyun 2011, 13:44:46

Assalomu alaykum. Rabbim butun duotalablarni yor va yordamchisi bo'lsin iloyim.

Azizlar, bir dugonam uchun duo so'rayman. Judayam qattiq kasal, o'zi vodiydan, Turkiyada yashaydi, dardi og'ir...

Ismi Holida, duolaringizni darig' tutmang iltimos...

Qayd etilgan


siddiqa  28 Iyun 2011, 14:14:24

 Allohim bemorlarga shifo,oila quryaptganlarga hayr ,barokat,farzand kutganlaga oq yo'l,qariyalarimizga insof,iymon yoshlarga farosat zakiylik bersin ilohim.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  12 Iyul 2011, 16:43:37

Assalomu aleykum ! Juma kuni juma namozini yangi bir imom o'qidi, juda ham hayron bo'ldim. Jumadan so'ng surushtirib bilsak, jome' masjidimiz imomi avtohalokatga uchrabdilar, oyoqlaridan qattiq jarohat olibdilar. (Hozirda yangi ToshMI shifoxonasida davolanyaptilar) Shifokorlar 2oyda oyoqqa turib ketadi deyishmoqda.
Duolaringiz sabab taroveh namozini o'qib bersalar ham ajab emas. Insholloh.
Aziz forumdoshlar hayrli duolaringizni darig' tutmaysizlar degan umiddaman.
Olloh taolo qalbdan qilgan duolaringizni qabul etsin. Omin.

Qayd etilgan


registan  13 Iyul 2011, 10:06:48

Allohim baxtimizga olimlarimizni salomat, umrlarini uzun, ilmlarini bundanda ziyoda qilgin! Ajrlarini oshig'i bilan bergin ilohim.

Qayd etilgan


Muallim  13 Iyul 2011, 20:22:04

:bsm3:
    Алҳамдулиллоҳ бугун мен ҳам мс'мин ва мс'миналарнинг, Сизларнинг дуоингизга муҳтож бслиб турибман. Бугун мусулмонлар фирқаларга бслиниб, иймон ва сътиқодлар заифлашиб, фитналар кспайиб турган бир вақтда мусулмон жамисти бир-бирининг ҳаққига қсл очиб дуо қилиб туриши снг схши ибодатлардан бири скан десак, муболаға бслмас. Ота-онанинг, диндош биродарларнинг ҳаққингизга дуо қилиб туришлари жуда катта бахт скан...

    Мен ҳам кспчилик қатори сқиш нистида юртимиздаги хориж слчихоналарининг бирига ариза ва хужжатлар топширган сдим. Иншааллоҳ, Шаъбон ойининг 14-куни, муборак Жуму'а намозидан сснг интервью учун слчиҳонага йсл оламан. Бу йслимда Сизларнинг дуоларингиз дастак бслиб турса деган умиддаман, иншааллоҳ, суюнчиси мендан бслади.
  : ))

    Аллоҳ сзининг:
«Айтинг: «Ерда айланиб (Аллоҳ) даставвал қандай қилиб сратганини ксринглар...» (Анкабут сураси, 20-ост)
«Ахир улар туснинг қандай сратилганига, осмоннинг қандай кстариб қсйилганига, тоғларнинг қандай тикланганига ва ернинг қандай ёйиб-текислаб қсйилганига (ибрат назари билан) боқмайдиларми?!» (Ғошис сураси, 17-20 остлар) каби бир-нечта ост ва ҳадислар билан бизларга Ерни айланиб Унинг сратганларидан ибрат олишимизни айтиб стган...
   
    Иншааллоҳ, бизнинг илк илм олиш учун сафаримиз Онамиз нозил бслган жойга бслади. Узоқ-сқиндан бслган Зиёуз форумчилари (ака-ука, опа-сингилларимнинг) ҳаққимга ғойибона дуо қилиб қсйишидан умидворман. Иншааллоҳ, мен ҳам услтирмайман ва тез кунларда схши хабарларни улашаман .

:asl3:

Qayd etilgan


Mirоlim  14 Iyul 2011, 09:33:25

Assalamu Aleykum.

Qadri cheksiz forumdosh, birodarlar bu yil o'qishga kirajak abiturient birodarlarimiz, xususan forumdagi forumdosh abiturientlarni duoingizning bir chetida yodga olgaysizlar.

Qayd etilgan


Safida  16 Iyul 2011, 10:39:51

191. Allohni tik turgan, o'tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan,
osmonlaru yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar: «Robbimiz, buni
bekorga yaratganing yo'q, O'zing poksan, bizni o't azobidan saqlagin.

192. Robbimiz, albatta, sen kimni do'zaxga kiritsang, batahqiq, uni
sharmanda qilibsan. Va zolimlarga yordam båruvchilar yo'q.

193. Robbimiz biz nido qiluvchining, Robbingizga iymon keltiring, deb nido
qilayotganini eshitdik va iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni
kechirgin va yomonliklarimizni o'chirgin hamda yaxshilar bilan birga o'ldirgin.

194. Robbimiz, bizga Payg'ambarlaringga va'da qilgan narsalaringni bergin
va bizni qiyomat kuni sharmanda qilmagin. Albatta, Sen va'daga xilof
qilmaysan», derlar.
(Ushbu oyati karimalardan ko'rinib turibdiki, Allohning biru borligi hamda
cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini to'la anglab yetish uchun ibodat va
tafakkur lozim ekan. Biri bo'lib ikkinchisi bo'lmasa ham, ish bitmas ekan.
Allohni tik turgan, o'tirgan va yonboshlagan hollarda eslash darajasi ulug'
daraja bo'lib, inson ibodatga oliy maqomga erishgandagina ushbu darajaga
ko'tariladi. Shunday darajada tafakkur qilgan odam qalbi sof holga keladi va
duo qilsa, ijobat bo'ladigan maqomga yetadi.)( Oli Imron s) Hammamizni shunde darajaga yetkaz!!!

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  16 Iyul 2011, 10:42:20

Ollohim ! Barchamizni hidoyatga boshla. Qolganlarni ham hidoyatga boshla, ularning hidoyatlariga bizlarni sababchi qil.

Qayd etilgan


Muhammad Yusuf  22 Iyul 2011, 14:50:16

Ollohim ! Gunohlarimiz sababli azoblasang , ojiz gunohkor bandalaringmiz. Mag'firat qilsang, shubxasiz , O'zing Qudrat va Hikmat egasidirsan.

Qayd etilgan


UzMuslim  24 Iyul 2011, 09:30:02

 :asl3:
Qadrdon aka ukalarim,opa singillarim,sizlardan Iltimos Namozlaringizda Bizni eslab duo qilinglar,Qo'l kassaligim borgan sari og'irlashmoqda..Alloh taolo sizlarno doim o'z panohida Asrasin..

Qayd etilgan