Birodarlar, duo qiling, erkimizga, hurligimizga, mustaqilligimizga, baxtimizga ko`z tegmasin deb duo qiling. Dilida ezgu tilaklarni jo qilib, xalqiga xizmat qilayotganlarni duo qiling; shunday jafokash insonlarni dunyoga keltirib, go`zal xulq bilan tarbiyat qilgan ota-onalarni, bobo-momolarni duo qiling; vatanimizni yomon ko`zlardan asrab kelayotgan, ko`z qorachig`iday himoya qilayotgan vatanparvarlarimizni duo qiling; endigina tug`ilib, ota-onasiga ezgu niyatlar, katta umidlar hadya qilib ulg`ayib borayotgan go`daklar haqqiga duo qiling; qalbiga ezgu umidlar bog`lab, ertangi kunidan umidvor bo`lgan, xarom yo`llardan hazar qilib, bir-biriga ilhaq bo`lganlar haqqiga duo qiling; urtimga, xalqimga, vatanimga foyam tegsin deya astoydil ilm izlanish bilan ovvora bo`lganlar haqqiga duo qiling; Shu kunlarni bizlarga nasib etsin deya, o`zlari ko`rolmagan mustaqillikni, erkinlikni bizlarga ilinganlar haqqiga duo qiling... Shular qatorida duoga muhtoj g`aribingizni ham eslab duo qilarsiz degan niyatda, Xayrli tonglar tilab qolaman...