Duo qiling...  ( 306604 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 57 B


Munira xonim  17 Aprel 2007, 18:52:32

Assalamu alaykum,aziz birodarlar va forumdoshlar!!!
Sizlardan duo tilash niyatida bu postni qildim!!!
Bu mavzuda juda ko'p tilga olingan, hozirda bemor holida,Allohning katta sinovini boshidan o'tkazayotgan birodarmiz haqqiga holis duoda bo'lsangizlar.
Sizlardan iltimos, namozni o'qiydigan birodarlarimizdan alohida iltimos qilmoqchiman.
Alloh rizosi uchun ikki rakaat nafl namozini o'qib, bu birodarimiz haqqiga holis duo qilinglar.
Duolaringizni ayamang. U kishiga ALloh taolo sabru bardosh va shifoyi komil ato qilsin!!!
Tez orada bizni safimizga qaytib, bizni ko'zlarimizni yana quvonchga to'ldirishlarini Alloh taolo nasib qilsin!!!
Barcha narsaga Qodir, Rahmon,Rahiym, Salam kabi go'zal sifat va ismlar Sohibi bo'lgan Allohim!!!
Sendan o'tinib duo qilaman, barcha bemor musulmonlarga, shular qatori bizni aziz birodarimizga faqat O'zingni dargohingdan beriladigan shifoyi Komil ato qil!!!
Albatta Sen har bir narsani ko'rguvchi va ehsitguvchisan!!!
Bizdan iltijo, Sendan esa Ijobat!!!
Duolarimizni ijobat qilishingga ishonamiz!!!
Amiyyn.
Aziz forumdoshlar, duolaringizni ayamang!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Aprel 2007, 19:56:50

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!
Allohimdan, Mehribon va Rahmli, duolarni qabul qilguvchi, Buyuk va Aziym Zotdan birodarimizga shifoi komil ato etishini so’rayman.
Allohim, O’zing ularning dardlarini yengil qilgin!
Allohim, yolg’izgina madakorimiz Sensan, Sendan boshqa tayanchimiz yo’q. Allohim, duolarimizni qabul qilgin!
Ozingni va’dang borku:
Bismillahir rohmanir rohiym. Va yashfi suduro qovmin mu’miniyna va yuzhib g‘oyzo qulubihim.
«Alloh mo‘minlar qavmi siynalariga shifo beradi va dillaridagi alamni ketkazadi» (Tavba, 14-15).
Bizning ham munojotlarimizni qabul ayla!

Allohumma Robban-nasi azhibil-ba’sa, ishfi Antash-shafiy la shifa’a illa shifa’uka, shifa’an la yug‘odiru saqoman».
«Allohim, ey insonlarning Rabbi, kasallikni mahv etuvchi! Ortda kasallikni qoldirmaydigan shifo ber. Shifo berguvchi faqat O‘zingsan. Sendan o‘zga shifo berguvchi yo‘qdir»!

Qayd etilgan


Laylo  25 Aprel 2007, 05:00:20

Va alaykum assalom!
Inshaalloh, o'qishga kirib maqsadingizga erishasiz.
Allohim, ezgu niyatlaringizni amalga oshirsin!
Duoda bizni ham yod eting.

Qayd etilgan


Muslima_subh  25 Aprel 2007, 22:56:18

Assalomu alaykum!
Bugun sizlar bilan salomlashid keyin uqishga ketishni niyat qildim.
Sizladan kup narsala urganvomman, buning uchun sizlarga kottakon rahmat etmoqchiman.
Man sizlani duolaringizni olib ketsam Xudo hohlasa uqishga kirishlikka ruxsatnoma olib qaytaman.
Man duo talab singlingizni duo qilsangizla.
Sizladan Olloh rozi bulsin!

Ilohim olguvchi dunyoviy ilmlaringiz islomiy ilmingizga hizmat qilsin! Alloh niyatlaringizga hayrli qilib yetkazsin. Ameen!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 May 2007, 15:57:56

OLLOHGA SHUKUR!!!
Yoz kunlarining biri. Kech soat 2:00 larda hammamiz uyquda yotardik. Bir payt akamning ingrig’idan cho’chib uyg’onib ketdim. Qarasam otam, onam hammasi turgan akam esa qiyin bir holda ingranib yotardi. Nima bo’lganini bilolmay hayron qoldim. Keyin bilsam akamni qara qurt chaqqan va uning zaxri akamni shu holga olib kelgan ekan. O’shanda men shunchalik qo’rqdimki nima qilishimni bilmasdim. Akamning ahvoli borgan sayin og’irlashib otamga ich og’rig’idan nolib otajon qatig’roq bosing ichim yonib ketayapdi deb ingranar oyim esa ollohga iltijo qilib yig’lar edi. Mening ham ko’zlarimdan yosh oqardi. Shunda otam bilan oyim maslahatlashib tog’amni bir mo’lla kishiga jo’natdi. U kelguncha ham akam juda juda qiynaldi. Nihoyat u ham keldi. Va kechiktirmasdan o’qishni boshladi. Soat 4 lardan o’qishni boshlagan bo’lsa 7 largacha davom etdi hech qanday foydasi bo’lmadi. Mo’llani uyiga ham jo’natdik. Akam esa yanada og’irlashardi. Borgan sayin so’ragan gaplarga ham javob bermay sekin sekin ingrar edi. Oyim esa shunday yig’lar ediki boshqalar ham oyimga o’xshagan bir holda edi. Keyin kimdir yana bir shunday zaxarlarni chiqaruvchi va kuchli o’qiydigan kishi borligini aytdi. Otam tezda uni olib kelishga ketdi. Va bir oz o’tgach uni ham olib keldi. Keyin tezda o’qishni boshladi. Shunday o’qidiki borgan sayin akam o’z holiga qyta boshladi. Mo’lla akamdan oyoqlarining uchlarining jimrlayotgannini so’radi akam ha  deb javob berdi. Men esa qo’rqqanimdan amakimlarnikiga ketdim va bir oz o’tirib qaytib keldim. Shunday eshikdan kiraman desam akam oldimga chiqib turibdi. Ko’zlarimga ishonmadim nahot akam turib ketdi hozir yotgan ediku axr hozir yotgan ediku qanday turib ketdi deb lol qoldim. Go’yoki akam hech narsani ko’rmagandek yurardi. Oyim esa shunaqangi xursand ediki hammaga kulib go’yoki dunyoda oyimdan baxtli inson yo’qdek edi.
   Shunda men amin bo’ldimki duolarning naqadar qudratli ekanligini uning kuchi nimalarga qodir ekanligini. Ollohga shukurlar qildim.  Duolar haqiqatdan ham bizni asrashini tushinib etdim.
   Ha azizlar yaxshi va yomon kunlarimizda bir-birimizni duo qilib turishni unutmaylik.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Iyun 2007, 12:46:29

Assalamu alaykum, aziz birodarlar.
Men sizlardan duo tilayman.
Bir birodarim haqqiga duo tilanaman.
Ba'zi bir qizlarimiz bilishadi, meni bir birodarim (Turmush o'rtog'i harbiy) yaqinda hijobga kirdi va qur'oni karimni o'qish uchun birinchi bosqich kitoblarini mutoala qilish bilan band.
Shu birodarimiz hozirda Alloh taoloning sinovini boshidan kechiryapti. Ya'ni eri bunday kiyim kiyishiga va uni o'qishiga qarshi. Dushman desa ham bo'ladi.
Shu birodarmizga bu sinovlardan mustahkam iymon bilan o'tishiga va erini haqqiga duoda bo'linglar.
Zero, birodarni birodarga qilgan duolari ijobat bo'ladi, Inshaalloh.
Alloh sizlardan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyun 2007, 00:55:03

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!
Allohim, Mehribon, duolarni qabul qilguvchi zot.
Opamizga iymoni ilohiy muborak bo'lsin! ushbu iymon oxirta yo'llarini yorlaqasin!
Inshaalloh hali yaxshi kunlarni ko'p ko'radilar.
Allohim, turmush o'rtoqlarining ham ko'ngillariga hidoyat solib, ikkalalarining ham ikki dunyo saodatini ko'rishliklarini nasib etsin!

PS. Yana bir birodarimizni ham duo qilinglar iltimos, ular ham o'z oilalarini hidoyatga boshlashga urinyaptilar...
Birodarim, bizni ham namozingizda duo qiling. Inshaalloh biz ham duodamiz...

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyun 2007, 21:56:10

Assalamu alaykum.
Sizlardan yana bir birodarimiz uchun duo tilanaman.
Shu forum a'zolaridan birini boshiga hozirda Allohning sinovblari tushgan.
Shu birodarimizga sabru jamiyl, mushkulotlariga yengillik va iymonlariga komillik berishni so'rab, har narsaga Qodir Alloh azza va jalladan duo qilishnigizni so'rayman.
Zero, birodarni birodarga qilgan duosi, albatta ijobat bo'ladi, Inshaalloh.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Iyun 2007, 18:49:06

Va alaykum assalam!
Insonning boshiga har qanday musibat tushganda ham "Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun"ni ko'p takrorlashi kerak ekan.
Shunda Alloh taolo uning mushkulini oson qilar ekan.
Albatta biz Allohnikimiz va Unga qaytayajakmiz.
Shuni unutmaylik.

Birodarimizga sabri jamiyl, iymoni mukammal tilab qolamiz. Allohim O'zi oson aylasin!

Qayd etilgan


fazilat  14 Iyun 2007, 19:01:50

B.R.R.

ASSALOMU ALAYKUM HAZRAT JANOBLARI!

ASSALOMU ALAYKUM BIRODARLAR!


Mani ismim Fazilat. Asli Samarqandlikman. Bu erda akamlar bilan turaman. Shu akamlarning qizlari bor. Uning ismi ZILOLA. U yoshligida bir dardga chalinib qulog'i og'ir bo'lib qolgan. Duxtirlar uni yaxshi bo'lib ketadi deyishgan, lekin man Ollohning mujizasini kutaman. Toki birodarning birodar haqqiga qilgan DUOsi ijobat bo'lgay degan hadisni o'qiganimga ishonaman. Iltimos Shu Jiyanim haqqiga duo qiling. Inshaolloh yaxshi bo'lib ketsin. Gapirib, eshitib ketsin ketsin (Uning singlisi esa sog' alhamdulillah.). Har safar unga qaraganimda yuragim eziladi va xuddi o'zimni aybdordek his qilaman... Iltimos beminnat duolaringizni ayamang. Olloh sizlardan rozi bo'lsin, omin... 
Sizlardan o'tinib so'rayman DUO QILING...

Yana bir iiltimos:

*Bir qo'shnim farzandsiz. Shuning haqqiga ham sizlardan duo so'rayman inshaolloh hademay uylariga chaqaloq yig'isi eshitilsin.

*Yana bir qo'shnimiznig oilsasi buzilish arafasida. Uning ikki bolasi bor. Iltimos sizlardan u uchun ham DUO SO'RAYMAN. Oilasi yaxshi bo'lib ketsin.

*Bir holis niyyat qilgan edim, Inshaolloh yaxshilikka. Shu niyyatimga erishishim, Olloh manga nasib etshini so'rab duo eting, iltimos...
 
Olloh barchangizdan rozi bo'lsin, omin...

Mana shu qizcha mani Jiyanim-ZILOLAXON bo'ladi...


Hurmat bilan
Fazilat

Qayd etilgan