Duo qiling...  ( 306512 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 57 B


Muslimа  31 Oktyabr 2007, 07:43:48

Assalomu alaykum wa rahmatullohi wa barakotihu!
Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo’lsin, Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallalohu alayhi vassallamga salovatlar va salomlar yog’ilsin!
O’tgan haftada safimiz yana bir musulmonga ko’paydi. :)
Forumdagi bir opajonimizni koreys millatiga mandub dugonalari o’tgan hafta ISLOMni qabul qilib sahodat kalimasini keltiribdilar.
Iltimos birodarlar duo qilinglar shu yangi muslimani iymoni mustahkam bo’lsin, Alloh ularni hidoyatga boshlagani va Haq yo’lni ko’rsatgani rost bo’lsin!

Yo Robbim! O’zing Ulug’ va Buyuksan! Sendan o’zga so’raguvchimiz va suyanguvchimiz yo’q! Allohim O’zing hohlagan insonlarnigina hidoyatga boshlaysan, Islomni tushunadigan qilib qo’yasan! Robbim, shu yangi Islomga kirgan muslima birodarimizni iymonlari mustahkam bo’lishini, O’zing ko’rsatgan TO’G’RI YO’Ldan adashmasliklarini nasib et! O’zingni TO’G’RI YO’Lingdagi bandalaringni ham O’z hivzu himoyangda saqlagin, barcha sinovlaringdan O’zing bergan sabr ila, iymonimizni yo’qotmagan holda o’tishimizni nasib etgin!
Allohim barchamizdan O’zing rozi bo’lgin!

Qayd etilgan


Süleyman  10 Dekabr 2007, 21:05:34



Translate to Uzbek, please...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2007, 07:12:12



Translate to Uzbek, please...

Bismillahir rohmanir rohiym!

Yo Olloh, Yo Rahmon, Yo Rahiym, Yo Fard, Ya Hayy, Yo Qayyum, Yo Hakim, Yo Adl, Yo Quddus!

Ismi A'zamingining hurmatiga, go'zal ismlaringning hurmatiga, Qur'oni hakim va va suralarining, oyatlarining, sirlarining, nurlarining, kalimalarining va harflarining hurmatiga, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning, ul zotning mo'jizalari, kamoloti, shariati va sunnatining hurmatiga, uning ahli baytlari, sahobalari va yordamchilari va ularning din yo'lidagi jiddu-jahdlari hurmatiga.

Ey zolimlarni shiddat bilan jazolovchi bo'lgan Allohim... Zolimlarning zulmlarini Senga havola etamiz. Yordamchimiz, himoyachimiz, sohibimiz faqat Sensan!

Ey yordamchisi bo'lmaganlarning ko'makchisi! Holimini eng yaxshi Sen bilasan, bizlarni O'zing qutqar!

Ey himoyachisi bo'lmaganlarning eng buyuk himoyachisi! Senga o'zimizni topshirdik, bizlarni muhofaza et!

Ey O'zingdan inoyat so'raganlarga inoyat ato etgan Rabbim! Bizga ham inoyat etki, yiqilgan joyimizdan qalqaylik!

Ey O'zingdan yordam so'raganlarga yordam etuvchi zot! Ismi Jabboring bilan bizlarga haybat va jalol ato et va ushmonalarimizning qo'llarini bizdan chekintir!

Yo Ilohi, bizning umidimiz va sayyidimiz yolg'iz Sensan! Bizni tahqir etmochgi bo'lganlarni O'zing mahv ayla!

Habibi Akram SAV uchun, Sening rizoligingda yig'lagan ko'zlar uchun, mahzun bo'lgan bu yuzlar uchun Islomga zafar ber, Yo Rabbiy...

Omin... Omin... Omin...

Qayd etilgan


Süleyman  11 Dekabr 2007, 14:13:51

Tesekkurler, Abdulazizbey!

Yine biri var:


Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Dekabr 2007, 07:45:47

Tesekkurler, Abdulazizbey!

Yine biri var:




Ey yaxshiliklari so'ngsiz Rabbim!
Men Sening ojiz bir qulingman.
Men xatolari savoblaridan ko'p, lutfing qarshisida nonko'rlikka to'lgan bir baxtsizman.
Sen butun nuqsonlardan uzoqsan!
Sen marhamatlilarning eng marhamatlisisan!
Ey, Rabbim, huzuringga keldim, Sendan hayriyat istayman.
Bilaman, qo'llarim nopok, yuragim kirga to'la. Ne qilsam ham Sening yordaming bilan qilaman.
Umidsiz emasman, ammo qalbim nopok!
Bilamanki Sen qalbi nopoklarga ham barobarsan.
Rabbim, bu qalbni Sendan boshqa isloh qilguvchi yo'qdir!
Qalbimga qayg'u to'ldi. Dilimning Seni so'ylamasligidan, qalbimning Sen bilan to'lmasligidan qo'rqaman.
Sendan qalbimga shifo tilayman. Omin.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Yanvar 2008, 10:29:33

Assalamu alaykum.
Hurmatli forumdoshlar, sizlar bilan bir oyga xayrlashishimga to'g'ri kelyapti.
Boshqa davlatga safar qilamiz,Inshaalloh.
Shuning uchun bizni haqqimizga duo qilishingizni va sizlarni birortangizni qalbingizga ozor bergan bo'lsam rozi bo'lishingizni o'tinib so'rayman.
Alloh nasib qilsa, kelganimdan keyin diydorlashamiz,Inshaalloh.
Bir oy davomida Forumga kirishni ilojini qilolmasam kerak. Yana Alloh bilguvchiroq.
Shuning uchun mendan rozi bo'lishingizni so'rayman.
Sizlarni barchangizni Allohga omonat topshirdim.
Alloh diydorlashtirguncha....Omon bo'linglar...

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Yanvar 2008, 07:44:01

Va alaykum assalom!
Safaringiz bexatar va xayrli bo'lsin!
Amalga oshirmoqchi yumushlaringizni bajarishda Alloh madadkor bo'lsin!

Qayd etilgan


Rukhiya  04 Yanvar 2008, 17:00:18

Va alaykum assalom!
Muniraopa safariz behatar bo'lsin,Alloh sizga madadkor  bo'lsin.
Allohdan sizning shirin suhbatlarizga yetishtirishini,yana suhbatizdan bahramand qilishligini so'rab qolaman.
Nima niyatda ketayotgan bo'lsangiz,niyatiz amalga oshsin.
Biz sizdan ko'rgan narsamiz faqat yaxshiliklar bo'ldi,inshalloh yana davom etadi.
Siz uchun duoga qo'l ochamiz.

Qayd etilgan


Muzayyana  05 Yanvar 2008, 12:12:54

Dou qilamiz:
Ey, Robbim, avvalo o'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin,
Ey, Robbim, ijobat bo'lmas duolardan saqlagin,
Ey, Robbim, o'zing Qiyomatda yorug' yuz bilan suygan bandalaring qatorida turishni nasib aylagin,
Ey, Robbim, o'zing do'stu-dushman oldida sharmanda qilmagin,
Ey, robbim, o'zing jumlayi-mo'minni baxtini bergin, shular qatorida--manikiniyam,
Ey, Robbim, o'zing qo'limi xayru-exsondan, peshonammi sajdadan qo'ymagin,
Ey, Robbim, o'zing do'zax o'tlarini begona qilgin, jannatlaringdan joy ato etgin,
Ey, Robbim, o'zing xar mo'min bandangga ikki dunyo roxat- farog'atini nasib aylagin,
Barchamizni suygan bandalaring qatorida o'z panoxingda asragin.........(amin)

Qayd etilgan


Robiya  31 Yanvar 2008, 11:15:09

Duo
Faxr etib, manmansirab yurmoqdin Olloh saqlagin,
Oqibatli, mehribon, ko’ngli shikasta aylagin.

Zohiri silliq bo’lib, qalbi qora dildordan,
Ikki tillik bevafo, oshnoyu yordan saqlagin.

Lutfi haqdin doimo, qalbimda bor katta umid,
Jannatul ma’voda qilgin, do’zaxingdan saqlagin.

Olimu donolarning suhbatida qil mudom,
Nokasu nodonlarning suhbatidan saqlagin.

Yo ilohim, mustajob ayla hamisha da’vatim,
San o’zing tanho Egamsan har balodan saqlagin.

Ikki dunyoni yaratgan qodir Ollohim manim,
Ne’mating sonsiz biza, kufronalikdan saqlagin.

O’zbekiston ahliga hech bermagin dard alam,
G’ayrilarning o’zbegimga bosh bo’lishdan saqlagin.

"œLa ilaha illa anta" zoti pokdursan o’zing,
Foziliyni ikki dunyo azobu g’amlardan saqlagin.

               Fozil qori Yosin qori o'g'li

Qayd etilgan