120. Bir xotin hz. Oyisha (r.a.)ga kelib "Er xotiniga yaqinlik qilishni ko’ngli tusab qolganda, xotinining jahli chiqib yoki kayfi choh turganidan erining talabini qabul qilmasa, gunohkor bo’ladimi?" - deb so’radi, hz. Oyisha (r.a.): "Albatga gunohkor bo’ladi. hatto shundoqki, agar er egar ustida o’tirgan chog’ida xam xotinidan talab qilib qolsa, u yo’q demasligi kerak", dedilar. U xotin yana hz.Oyishadan: "Xotin xayz ko’rgan bo’lsa, uyida o’zi bilan eriga faqat bitta to’shak yoki bitta ko’rpadan bo’lak yotadigan narsasi bo’lmasa, eri undan talab qilganda xotin nima qilsin?" - deb so’radi. hz. Oyisha: "U vaqtda xotin ostki kiyimni kiyib olib, eri bilan yotaveradi. Ammo eri bo’lsa, uning maxsus eridan bo’lak a'zolaridan istaganicha foydalanish joizdir. Men senga Rasululloh (s.a.v.) bilan qilgan ishimizni ochiq aytib bera qolay. Rasululloh (s.a.v.)ning men bilan bo’ladigan kechalarida qo’l tegirmonida ozgina arpani tortib, undan non yopdim. Rasululloh (s.a.v.) uyga kirdilarda, eshikni qulflab, uydagi namoz o’qiydigan joylariga bordilar. Rasululloh (s.a.v.)ning odatlari uxlash oldidan eshikni qulflash, suv solinadigan meshning og’zini ip bilan bog’lash, taom suziladigan idishlarni yerga to’ntarib, chiroqni o’chirib qo’yish edi. Shularni qilib bo’lgandan keyin yotar edilar.Shunda men Rasululloh (s.a.v.) namozlarini o’qib bo’lsalar, nonlarini oldilariga qo’yaman, deb kutib yotab uxlab qolibman. Rasululloh namozni o’qib bo’lib sovuq qotdilar shekilli yonimga keldilarda, meni uyg’otib: "Meni isitib qo’y", dedilar. Men: "E Rasululloh! Men xayz ko’rib qoldim", degan edim, Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, ikki soningai och", dedilar. Men ikki sonimni ochdim. Rasululloh (s.a.v.)
muborak yuzlari va boshlarini sonlarim ustiga qo’yib yotib ozgina isinib uxladilar, ana shu vaqtda qo’shnimizning uyda boqadigan qo’yi uyimizga kirib, nonni olib ketdi. Uning og’zidan nonni olib qolish uchun qilgan harakatimdan Rasululloh (s.a.v.) uyg’ondilarda: "Mayli, undan qolgani ham kifoya qiladi, qo’yi to’g’risida gapirib qo’shningga ozor bermagin!" - dedilar.