Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610413 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 ... 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:06:29

1197.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar:   Rasululloh (s.a.v.)ning uylariga kirdim, Ul zot to'qilgan bir karavot ustida edilar. Boshlari ostida esa, xurmo po'stlog'i bilan to'ldirilgan yostiq bor edi. Karavot bilan badanlari orasida birgina kuylaklari bor edi xolos. Hz. Umar (r.a.) u yerga kirib yig'ladilar. Rasu-lulloh (s.a.v.): "Nega yig'layapsan, ey Umar?" - deb so'radilar. Umar (r.a.): "Nega yig'lamayin, yo Rasulalloh, Xudo haqi, siz Allohga Qaysaru Kisrolardan hurmatliroq bo'lganingiz holda, ular dunyo huzur-halovotlari ichra yashamoqdalar. Siz esa ko'rib turganim-day hayot kechirmoqtsasiz", dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Umar, sen bu dunyo ularniki, oxirat bizniki bo'lishini istamaysanmi?" - dedilar. Umar (r.a.): "Albatta istayman, ey, Allohning Rasuli" - dedi. Ul zot: "Shuning uchun shunday" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:06:50

1198. Abu Rifoa Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) oldilariga yetib keldim. Ul zot xut-ba o'qiyotgan edilar. Men: "Ey, Allohning Rasuli, di-nini bilmaydigan bir g'arib odam dini haqida savol so'ragani keldi", dedim. Ul zot xutbalarini qo'yib, menga yaqinlashib keldilar. Bir kursi olib keldi-lar, oyoqlari temirdan bo'lsa kerak, deb uyladim. Uning ^stiga o'tirdilar. So'ng Alloh ul zotga bildirgan narsalarni menga o'rgata boshladilar. Keyin xutbalarini oxirigacha yetkazdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:06:58

1199.  Muso ibn Dihqon aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ni kuyov bo'lib so'ri ustida o'tirganlarini ko'rdim, egnilarida qizil libos bor edi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:07:09

1200.  Imron ibn Muslim dedilar: "Anas (r.a.)ning bir kursida o'tirganlarini ko'rdim. Bir oyog'ini eti-gining ustiga qo'yib olgan edi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:09:00

554-bob. Shivirlashib turgan odamlar yoniga yaqinlashmaslmk haqida

1201.  Said Muqbiriy aytdilar: "Ibn Umar (r.a.) va u kipsh bilan gaplashib turgan bir kishining oldiga borib turdim. Ibn Umar (r.a.) ko'ksimga urib: "Ikki kishi o'zyaro gaplashib turganini ko'rsang, to izn so'ramaguncha ular bilan birga turma!" - dedilar. "Alloh ishingazni o'nglasin, yo Abu Abdurrahmstn, ikkovingizdan ham yaxshi-roq (biron gap) eshitishni umid qijandim", dedim.

Demak, oxiratni o'ylagan va unga ezgu amallar bilan borishni istagan odam dunyo lazzatlariga berilmasligi kerak.

1202-hadis 552-bobdagi 1192-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:09:42

555-bob. Ikki kishi uchinchi kishi borida shivirlamasligi haqida

1203. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilin-di: "Rasululloh (s.a.v.): "Agar uch kishi turgan bo'lsa, ikki kishi uchinchi oddida o'zaro shivirlashmasin", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:10:19

556-bob. Agar to'rt kishi bo'lsa...

1204-hadis 1203-hadiashng mazmunan takrori, faqat unda Rasulumoh (s.a.-v.)ning "Bu o'sha uchinchi odamni shubhalantiradi", degan so'zlari qo'shilgan.

1205. Biz Ibn Umar (r.a.)dan: "Agar 4 kishi bo'lsa-chi?" - deb so'radik. Ibn Umar: "(Uqda) zarari yo'q", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:12:14

1206-hadis1203-1204-hadislarning aynan takrori. 1207-hadis ham 1205-hadisning takrori bo'lib qolgan.

557-bob. Turib ketish uchun izn so'rash haqida

1208.  Abu Burda ibn Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Salom (r.a.)yushg oldilariga borib o'tirdim. U kishi: "Sen bizning oldimizga kelib o'tirding-u, biz-ning turadigan vaqgimiz bo'lib qolgan edida", dedilar. Men: "Agar istasangiz (turavering)", dedim. Abdulloh ibn Salom (r.a.) turdilar, eshikkacha kuzatib ko'ydim.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:13:08

558-bob. Oftob tig'ida turmaslik haqida

1209. Qaysning otasi Rasululloh (s.a.v.) xutba o'qiyotganlirida kelib oftob tig'ida turib qoddi. Ul zot unga salqinga o'tib olishini buyurdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:13:20

559-bob. Taqiqlangan kiyim turlari haqida

1210.  Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.) ikki (xil) libosdan va ikki (xil) savdo: mulomasa va munobazadan qaytarganlar. Mulomasa - boshqasining kiyimiga (kunduzi yoki kechasi) qo'li bilan faqat teginishi, kiyimlarning orqa-oldini sinchiklab ko'rmaslik va shu bilan savdoni amalga oshi-rish. Munobaza esa, kishi kiyimini boshqasiga irg'i-tishi va boshqasi ham o'z kiyimini unga irg'itishi va bu irg'itishlarda kiyimga qaramasdan sotib olishdir. Taqiqlangan ikki tur kiyimdan biri "ishtimoli-s-sammo"dir. Bu esa, kishi kiyimi bir yelkasini yopi-shi va ikkinchi yelkasi ochiq qolishidir. Ikkinchi turi esa, "ixtibo"dir. Bunda kishi o'tirganda kiyimi yi-g'ishtirilib, avrati ochilib qolishidir.

Qayd etilgan