Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608694 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 116 B


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:04:32

75-bob. Yetim boqqan kishining ajri

133.  Murratu-l-Faxriy ibn Amr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: Rasululloh (s.a.v.): "Etim bolaning tarbiyasini o’z ustiga olgan kishi jannatda men bilan shunday yaqin bo’ladi", deb o’rta barmoqlari bilan ikkinchi barmoqlari (ibhomlari)ni ko’rsatdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:04:52

134. Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) taom yeydigan vaqtlarida bir yetim bola kelib, u janob bilan birgalikda ovqatlanardi. Kunlarning birida
Abdulloh (r.a.)ga taomlari keltirildi, lekin yetim bola yo’q edi. Uni axtarib topisha olmadi. Noiloj Abdulloh (r.a.) o’zlari taomni yeb bo’lganlaridan keyin bola kelib qoldi. Bolaning taomini olib kelinglar, deb buyurdilar, ammo taom tugab qolgani uchun uzr aytilgandan keyin Abdulloh (r.a.) talqon bilan asalni keltirib, .bola oldiga qo’ydilarda: "Mana buni tanovul qila qol! Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki, sen ziyon qilgan bo’lmading", dedilar". Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Vallohi, Ibn Umar (r.a.) ham ziyon qilmadilar".

Ziyon qilgan bo’lmading - ya'ni taomdan kech qolgan bo’lsang ham, bu talqon bilan asal biz yegan taomdan yaxshiroqdir.Ibn Umar (r.a.) ham ziyon qilmadilar -chunki u kishi yaxshi gap bilan bolaning ko’nglini ko’tarib savobga ega bo’ldilar .

135-hadisda 133-hadis mazmuni takrorlangan, faqat u Sahl ibn Sa'd (r.a.)dan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:08:06

136.  Abu Bakr ibn Hafsning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) biron yetim bola ishtirok etmaguncha dasturxondan taom yemasdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:08:58

76-bob.Yetim asragan xonadonning xayri

137.  Abu Hurayra(r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qilganlar: "Bir yetimni boqib olgan musulmon xonadoni xayrliqdir. Musulmon xonadonining eng yomoni yetimni xor  qilgan xonadondir. Yetim boqqan kishi men bilan mana shu ikki barmogimdek jannatda birga bo’ladi".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:13:09

77-bob. Yetimga otadek marhamatli bo’l

138. Abdurrahmon ibn Abza (r.a.) aytdilar: "Hz. Dovud (a.s.): "Etim bolaga o’z otasidek marhamatlik bo’l! Nima eksang o’shani o’rishingni yaxshi bil! Boylikdan keyin kambagal bo’lib qolish juda yomon. Bundan ham yomonroq narsa to’gri yo’lda bo’lib, keyin egri yo’lga o’tib qolishdir. Suhbatdoshingga bir narsa va'da qilsang, o’shani amalga oshir! Va'da qilgan narsangni amalga oshirmasang, orangizda adovat paydo bo’ladi. Eslagan vaqtingda senga yordami tegmaydigan va unutganingda seni eslamaydigan suhbatdoshdan panoh berishini Alloh taolodan so’rab yur!" - degan edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:14:12

139.  Hamza ibn Nujayx Abu Ammora (r.al.) aytdilar: "Men Hasan Basriydan quyidagi gaplarni eshitdim. Hasan Basriy: "Men ko’p musulmonlarni ko’rgan edim, ulardan bittasi erta bilan turib: "Ey, ahllarim! Yetim bolalaringiz, miskinlaringiz va qo’shnilaringiz xolidan xabardor bo’ling", deb nasihat qilardi. Endi yaxshi kishilaringizning umri tugab, boradigan yerlariga jo’nashdi. Ammo sizlar bo’lsa kundan-kun pastlashib ketayapsiz", deb edilar". Yana Hamza aytdilar: "Hasan Basriy so’zini davom  ettirib: "Endilikda kimniki ko’rsang fosiq bo’lib, o’ttiz minglab aqcha bilan do’zax tagiga sho’ngib borayottanini ko’rasan. U nega shunday qiladi? Axir, u Alloh taolo beradigan nasibani arzimaydigan narsaga sotayaptiku. Yana kimni istasang, u o’z davlati, mol-mulkini o’rinsiz yerga sarf qilayotgan, shayton yo’liga kirmoqchi bo’layotganini ko’rasan. Uning o’zi ham insofga kelmaydi va boshqalar ham unga nasihat qilmaydi (yoki boshqalar nasihatini qabul qilmaydi)", degan edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:14:22

140. Asmo' ibn Ubayd: "Ko’limda bir yetim bola bor", deb Ibn Siringa aytdi. Shuvda Ibn Sirin: "O’z bolangga qanday qaraydigan bo’lsang, qo’lingdagi yetimga ham shunday qaragin. O’z bolangni nima uchun uradigan bo’lsang, u yetim bolani xam shuning uchun ur!" - dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:14:39

78-bob. Umrini yetim bolalariga ba?ishlagan tul xotinning fazilati

141.  Avf ibn Molik (r.a.) Rasulullohdan rivoyat qildilar. "Rasululloh: "Eridan beva qolib,
bolalarini sabr bilan tarbiya qilayotgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi sargayib ketgan xotin bilan jannatda shunday bo’lamiz", deb ikki barmoqlarini bir-biriga jips qilib ko’rsatdilar, dedilar".

Ya'ni shunday xotin jannatga kiradi va darajasi boshqa xotinlarga nisbatan mening darajamdek baland bo’ladi.

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:14:58

79-bob. Yetimga odob o’rgatish haqida

142. Shumaysatu-l-Atakiya aytdi: "Hz. Oyisha Huzurlarida yetim bolaning odobi to’grisida bahs bo’ldi, shunda u zot: "Men yetim bolani keyinchalik xursand bo’lsin, deb uraman", dedilar.

[iYa'ni bola yaxshi odob o’rgansa, katta bo’lganida shu odobi tufayli hurmatga ega bo’ladi, demoqchi bo’lsalar kerak .[/I]

Qayd etilgan


Doniyor  27 Sentyabr 2006, 07:15:15

80-bob. Bolalari o’lgan kishining fazilati haqida

143. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Qaysi bir musulmon kiishning uchta farzandi o’lgan bo’lsa, do’zax o’ti unga tegmaydi, faqat Alloh taolo Qur'onda: "Sizlardan har biringiz unga (jahannamga) tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga binoan) vojib bo’lgan hukmdir" (19:71), degan qasami uchungina u kishi ham bir tushib o’tadi", - dedilar.

Bu oyat tafsirida Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Do’zaxga yaxshi kishilar ham,
yomonlar ham kiradi, lekin u mo’minlar uchun sovuq va salomatlik bo’ladi", deganlar". Ibn Abbos esa:"Do’zax ichiga kirmay, faqat yonidan o’tadilar", dedilar. Ba'zi sahobiylar: "Do’zaxdan murod pulsirotdir", deydilar.  (Zamahshariy, Al-kashshof, 2-jild, 339-sahifa).

Qayd etilgan