Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610279 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 108 109 110 111 112 113 114 115 116 B


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:40:27

1324. Anas bin Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ayollaridan biri bilan birga edilar, yonla-ridan bir kishi o'tdi. Rasuli akram (s.a.v.) uni chaqi-rib: "Ey, Falonchi, bu xotinim falonchi", dedilar. U odam: "Men hammadan shubha qilsam ham sizdan shubha qilmayman", dedi. Ul zot: "Shayton Odam bolasining qon tomirida kezadi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:40:36

1325.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "(Narsa-si) o'g'irlangan odam   gumon qila-qila hatto o'g'ridan ham (gunohi) kattaroq bo'la boshlaydi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:40:44

1326.  Bilol ibn Sa'd Ash'ariydan rivoyat qilin-di: "Muoviya Abu Dardoga xat yozib: "Menga Damashq fosiqlarini yozib yubor", dedi. Abu Dardo: "Me-ning Damashq fosiqlari bilan nima ishim bor, men ularni qaerdan bilaman?" - dedi. O'g'li Bilol shun-da: "Men ularni yozib beraman", deb yozdi. Abu Dar-do: "Sen qaerdan bilasan? Agar sen ularning fo-siqligini bilsang, o'zing ham ulardan birisan, o'zingdan boshla!" - dedi va ularning ismlarini yozib jo'natmadi".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:41:00

624-bob. Joriya xojasining sochini olib quyishi haqida

1327.  Sukayn ibn Abdulaziz otasidan rivoyat qildi. Otasi aytdi: "Men Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzur-lariga kirdim. Joriyalari soch olayotgan ekan, Ibn Umar (r.a.): "Nura terimni yulib oldi", dedilar.

625-bobdagi 1328-1329- Shu-hadislar 607-bobdagi 1293-hadisiing takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:41:14

626-bob. Sadoqat haqida

1331. Abu Tufayl (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Ji'roniyada go'sht taqsim qilayotganlarini ko'rdim. Men u paytlar tuyaning bir a'zosini ko'tarib turgan yosh bola edim. Bir ayol ul zotning oldilariga kelib ridolarini ochdi. Men: "Bu kim?" degandim, "Bu ayol ul zotning sut onalari" deb javob berishdi".

Makka atrofidagi Sa'd ibn Bakr qabilasidan bo'lgan ayol Halima Rasululloh (s.a.v.)ni chaqaloqdikyaarvda emizgan va to'rt yoshlarigacha tarbiyalagan edilar (m.m.).

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:41:31

627-bob. Tanishish haqida

1332.  Basra voliysi Mug'iyra ibn Sho''baning huzuriga bir odam kelib: "Alloh amirni(ng ishlarini) isloh qilsin! Sizning soqchilaringiz tanigan-tanimaganni huzuringizga qo'yaverishar ekan", dedi. U: "Alloh uni kechirsin, tanimagan it quturgan tuya oldida foyda beradi", dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:41:45

628-bob. Bolalarnimg o'yinlari haqida

1333.  Ibrohim aytdilar: "Do'stlarimiz (o'ynayotga-nimizda) bizdan itlardan bo'lak hech narsani qizg'an-masdilar". Abu Abdulloh aytdilar: "Bu go'daklarni muhofaza qilish uchundir".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:41:51

1334. Abu Uqba aytdilar: "Men Ibn Umar (r.a.) bilan bir ko'chada ketayotib, bir to'da habash bolalarning oddi-dan o'tdik. Ibn Umar (r.a.) ularning o'ynayottanlarini ko'rib, yonlaridan 2 dirham chiqarib ularga berdilar".

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:41:58

1335.  Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasulul-loh: "O'rtoqlarim mening oddimga o'ynagani sekin ke-lishardi. (Ular) kichkina qizaloqiar edilar", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  08 Oktyabr 2006, 06:42:07

629-bob. Kaptarni so'yish haqida

1336. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kishini kaptar orqasidan yurganini ko'rib: "Shayton shaytonning ortidan yuribdi", dedilar".

Qayd etilgan