Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608862 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 116 B


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:28:25

144. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Bir xotin kishi Rasululloh huzurlariga kelib: "Yo
Rasululloh, bu bolam haqiga duo qiling, men uchta bolamni ko’mdim", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen zo’r qalqon bilan do’zaxdan to’silib qolibsan", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:28:46

145. Xolid Absi (r.a.) aytdilar: "Mening bir o’glim o’lib qolganda juda qattiq achindim va Abu
Hurayraga borib: "Siz Rasululloh (s.a.v.)dan o’lgan kishilarimiz haqida bizga dalda beradigan biror gap eshitganmisiz?" - deb so’radim. Shunda Abu Hurayra (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yosh bolalaringiz jannatdagi kichik chavaq (baliqcha)lardir", degan hadislarini eshitganman, dedilar".

Kichik baliqchalar suvda istagan joyida suzib yurganidek, musulmon bolalari yoshligida vafot etgan bo’lsa, jannatda xohlagan yerida yuraveradi .

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:29:06

146.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta bolasi vafot etsa, bu
Alloh taoloning irodasi, deb sabr qilib va shu sabri uchun Allohdan savob umid qilsa, u kishi
jannatga kiradi", deganlarida, biz: "Yo Rasululloh Agar uning ikkita bolasi o’lib, shunga sabr etgan bo’lsachi?" - deb so’raganda, Rasululloh: "Ikki bolasi o’lgan bo’lsa ham", deb marhamat qildilar. Roviy Mahmud ibn Lobid dedi: "Jobirga: "Vallohi! Agar siz bitga bolasi o’lgan bo’lsachi, deb so’raganingazda, Rasululloh (s.a.v.) albatta bitga bolasi o’lgan bo’lsa ham, deb javob bergan bo’lur edilar", deganimda, u: "Vallohi! Men ham shunday deb o’ylayman", deb javob berdi".

147-hadis 144-hadisdagi mazmunning aynan takrori.

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:29:26

148. Abu Hurayra (r.a.) shunday rivoyat qildilar: "Bir xotin Rasuli Xudoga huzurlariga kelib: "Yo Rasululloh! Siz sahobiylaringaz bilan majlis qurib o’tirganingizda men so’zlashga jur'at
qilolmayman. Biron kun bizni biron joyga to’plang, (savollarimizga sizdan javob ola bilaylik)",
dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Falon kuni falonchining uyida to’planingiz", deb marhamat qildilar.
Xotinlar aytilgan kuni to’planishdi va Rasululloh (s.a.v.) kelib, ularning savollariga javob berar
ekanlar, orada shu gapni aytdilar: "Orangizda kimning uch bolasi o’lgan bo’lsa-yu, Allohning irodasiga sabr qilib umid tutsa, albatta, u jannatga kiradi". Bir xotin: "Yo Rasululloh! Ikki bolasi o’lgan kishi ham jannatga kiradimi?" - deb so’radi. "Ikki bolasi o’lgan bo’lsa ham", deb javob berdilar.

Mazkur hadisning roviysi Suhayl hadis to’plash va  hadisga suyanib fikr aytishda benihoya zehnli edi, ammo o’sha kuni bu hadisni yozib oluvchi odam topilmadi".

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:29:59

149-hadis mazmuni 148-hadisda o’tdi, faqat bunda Ummu Sulaym (r.a.) dan rivoyat qilingan.

150.  Sa'sa'a ibn Muoviya (r.a.) qaerdadir suv idishini bo’yinlariga osib olgan Abu Zarr Giforiy (r.a.)ga duch keddilar. Shunda u kishi: "Ey, Abu Zarr, nechta bolangiz bor?" - deb so’radilar. Abu Zarr: "Ey , Sa'sa'a, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Qaysi bir musulmon kishining balogatga yetmagan uchta bolasi o’lsa, Alloh taolo bolalariga marhamat qilib, uni albatta jannatga kirgizadi va qaysi bir kishi bir  musulmonni qullikdan ozod qilsa, uning har bir a'zosini ozod qilgan qulining a'zosi badaliga do’zax o’tidan saqlaydi", degan hadislarini eshitgan edim", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:30:18

151.  Anas ibn Molik (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini xabar qildi: "Bir musulmonning uchta bolasi norasida paytida o’lib ketgan bo’lsa. Alloh o’sha norasidalarga bo’lgan rahmatining lutfi bilan u kishini jannatga kiritadi".

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:30:37

81-bob. Chala tug’ilib o’lgan bola haqida

152.  Sahl ibn Hanzaliya (r.a.) hech bola ko’rmagan edilar. U kishi: "Alloh taolo menga Islom dinida chala tugilsa ham birorta farzand bersa-yu, men farzand dogiga sabr etib shunga Allohdan bo’ladigan savobni umid qilsam, bu men uchun butun dunyodan va undagi hamma narsalardan ham yaxshiroq bo’lar edi", degan edilar.

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:30:58

153. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan: "Qaysilaringizga o’z  molidan ko’ra varasalarining moli yaxshiro? ko’rinadi?" - deb so’radi-lar. Sahobiylar: "Yo Rasululloh! Hammamizga ham uz moli merosxo’rlarining molidan yaxshiroqsir", deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Bilib qo’yinglarki, varasalaringizga tegishli mol o’z molingizdan ko’ra yaxshiroq ko’rinadi. O’zingizdan ilgari yuborgan mol- bu sizning molingiz. Ammo o’zingizdan keyin orqangizda qolgan mol esa, bu albatta varasalar molidir", dedilar".

Kishi hayotida molidan yaxshi ishlarga sarf qilsa, uni o’zidan ilgari yuborgan bo’lib, manfaati
o’zigadir, ammo molparastlik tufayli uni yigab, o’zidan keyin qoldirsa, u varasalar moli
hisoblanadi, Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.) u mol kishiga yaxshi ko’rinadi, dedilar. Endi varasalar insofli bo’lib, otadan qolgan molni yaxshi ishlarga sarflasalar, albatga, savobdir, buning ajr-mukofotani Alloh beradi. Ammo ular betafviq bo’lib, ota molini yomon ishlarga sarflaydigan bo’lsalar, ma'azolloh, bu albatga gunohdir.

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:31:25

154. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) sahobiylardan: "Sizlar raqub deb kimni aytasizlar?" - deb so’radilar. Sahobiylar: "Bizlar raqub deb o’zidan bola tug’ilmaydigan kishini aytamiz", - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Bunday emas, raqub o’zidan ilgari birorta bolasini (qabrga) uzatmagan kishidir", - dedilar.

Raqub lugatda ikki ma'noda: biri raqobatdan, ya'ni kuzatish, saqlash va kutib turish, ikkinchisi bolasi tugmavdigan kishi ma'nosida, ya'ni bolalari o’laverib, yangi tug’ilgan bolasini ham avvalgalari qatori o’lib qolishidan  qurqib, kuzatib turadi. Birinchisi bolash yo’qiligidan qayg’urib, Alloh taolodan bola so’rab iltijo qilgani uchun savob kutsa, ikkinchisi o’zidan keyin bolalari qolib, uning haqida qiladigan duolari va xayr-ehsonlarini kutadi.

Qayd etilgan


Laylo  27 Sentyabr 2006, 14:31:53

155. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar pahlavon deb kimni hisoblaysizlar?" - deb sahobiylardan so’radilar. Ular: "Biz kurashda hech kimdan yiqilmaydigan kishini pahlavon deb bilamiz", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Unday emas, balki jahli chiqqan vaqtida ham o’zini tiya oladigan kishini pahlavon deyiladi", dedilar".

Qayd etilgan