Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609902 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 116 B


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:26:42

191. Abu Hurayra (r.a.): "Ishlovchi kishiga o’z ishidan (kelgan hosildan) yordam qilganlar, chunki Alloh uchun ishlayotgan kishi umidsiz qolmasin", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:34:03

98-bob. Qullarga kuchi yetmaydigan ish yuklanmasligi haqida

192.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat qilmishlar: "qulning yemak-ichmagi va libosi xojasining zimmasidadir. Qul esa, kuchi yetmaydigan ishni bajarishga majbur emas".

193- 194-hadislar 192-hadisning aynan takrori, 193-hadis Abu huray-radan, 194-hadis Murur ibn
Suvayddan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:37:15

99-bob.Har kim oilasiga va quliga sarf qilsa, sadaqadir

195.   Miqdom ibn Ma'di Karib Kindiy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdi: "O’zing nima taom yesang sadaadir. Bolalaringga, xotininga va xodimingga nima yedirsang ham sadaqa  hisoblanadi".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:38:20

196. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sadaqaning yaxshirog’i keyinida muhtojlikda  qoldirmaydiganidir va beradigan qo’l oladigan qo’ldan yaxshiroq. Beradigan ehsoningni o’zingga qaram  bo’lganlardan boshla: xotining ro’zg’orimni to’g’rilab ber, bo’lmasa meni taloq qil; quling mening nafaqamni (obi taomimni) ber, bo’lmasa meni sotib yubor; bola-chaqalaring bizga kim qaraydi, tirikchiligimizdan kim xabar oladi, deb yuradigan bo’lib qolmasin", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:38:28

197.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) sadaqa qilishga da'vat qildilar. Shunda bir kishi kelib: "Menda bir dinor bor", dedi. Rasululloh: "O’zingga sarf qil", dedilar. U kishi: "Yana bir dinor bor", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xotininga sarf qil", dedidar. U kishi: "Yana bir dinor bor", dedi. "Xodimingga sarf qil! Shundan keyin uni kimlarga sarflash kerakligini o’zing yaxshiroq bilasan", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:38:39

100-bob. Qul bilan taom yemakni xohlamasa...

198. Abu Zubayr (r.a.) Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.)ning bir kishining xizmatkori bir qancha mashaqqatga, o’tning issiqqa chidab taomini pishirib kelsa, uni taomga taklif qilsin, degan buyruqlari bormi?" - deb so’ralganda, Jobir: "Ha, albatga bor. Agar kimki quli bilan taom yemakni xoxlamasa taomidan uning xissasini bersin!" - deganlar, dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:38:50

101-bob. O’z taomidan quliga  ham bersin

199.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) dedilar: "Rasululloh (s.a.v.) qullarga yaxshilik qilishga harakat qilishni buyurib, shunday marhamat qildilar: "qullarga uzingiz yegan taomdan yediring va o’zingaz kiygan libosdan kiydiring hamda Allohning yaratgan jonlariga ozor bermang".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:41:46

102. Xizmatchini taomga taklif qilish haqida

200. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko’ra Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Qay biringizga xizmatchi taom keltirsa, uning o’zini ham taomga taklif etsin, agar taom yemakka o’tirmasa, o’sha taomdan uni siylasin".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:41:53

201.  Abu Mahzura (r.a.) aytdilar: "Men Hz. Umar (r.a.) huzurlarida o’tirgan edim. Shu vaqtda Safvon ibn Umayya chopon kiygan bir necha kishiga katta bir idishda taom ko’tartirib keltirdida, hazrat Umar (r.a.)  oldilariga qo’ydi. hz. Umar (r.a.) qullarni chaqirib taomni ular bilan birgalikda yedilar. Keyin u zot: "O’zlari bilan qullarining taom yeyishini xohlamagan kishilarga Alloh taoloning la'nati bo’lsin!" - deb duoibad qildilar. Hz. Umarning bu so’zlarini eshitgan Safvon: "Vallohi, biz qullar bilan taom yemakdan tortinmaymiz, lekin o’zimizga va ularga ham yetadigan yaxshi taomni topa olmaganimiz uchun ularni chaqira olmaymiz", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:47:31

103-bob. Qul xo’jasiga yaxshi xizmat qilsa...

202.  Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Qaysi bir qul o’z xo’jasiga xayrixoh bo’lish bilan birga Alloh taologa itoatni yaxshilab bajarsa, ikki barobar ajrga ega bo’ladi", dedilar".

Qayd etilgan