Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608325 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 116 B


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:47:59

203.  Xurosonlik bir kishi Omir Sha'biy (r.a.)ga: "Bizlar o’z oramizda bir kishi o’zining ummu valadini ozod qilib, keyin uni o’ziga xotin qilib olsa, harami sharifga hadya qilib yuborgan tevasini o’zi mingan kishidek bo’ladi, deb gapirib yuramiz", dedi. Shunga javob tariqasida Omir: "Menga Abu Burda (r.a.) o’z otalaridan rivoyat qildilar, inchunun Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Uch toifa kishilar bor, ularga ikki barobardan ajr beriladi: birinchisi, axli kitoblardan bo’lgan kishiki, o’z payg’ambari va Muhammadga ham imon keltirgan bo’lsa, ikkinchisi, birovning ixtiyorida bo’lgan qul, u Alloh taoloning haqini ham, o’z xo’jalarining haqini ham ado qilgan bo’lsa, uchinchisi, o’zi jinsiy aloqa qilib yurgan
cho’risiga odob va ilm o’rgatib yaxshi odoblik, yaxshi ilmlik qilgandan keyin uni ozod qilib, o’ziga xotin qilib olgan kishi", degan edilar, deb xabar qiladi. Shu hadisni rivoyat qilgandan keyin Omir Sha'biy u kishiga qarab: "Mana bu hadisi sharifni biz senga hech narsasiz quruqdan-quruqqa aytib berdik. Bundan kichikroq hadisni bilib olish uchun kishilar Madinagacha biror narsaga minib borardilar", dedilar.

Ummu valad - o’z xujasidan bola orttirgan cho’ri.
Harami sharifga borish uchun niyat qilib ehrom bog’lagandan keyin bir uzr bilan bora olmay qolsa, bir jonliq molni hadya qilib u yerga yuborishi kerak. Lekin uni minib emas, balki haydab, yetaklab olib boriladi.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:48:13

204. Abu Muso (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deb marhamat qilganlarini rivoyat qildilar:
"Rabbiga qulligini go’zal tarzda ado etgan kishiga, o’z xo’ja-sining molini saqlab, unga itoat etgan qulga ikki karra mukofot bordir".

205-hadis 204-hadisning takrori bo’lib, faqat u Abu Burda (r.a.)dan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:50:26

104-bob. Qul xo’jasining molini saqlovchidir

206. Abdulloh ibn Umar (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hammalaringiz o’z qaramog’ingizdagilarni muhofaza qiluvchilarsizlar va qiyomat kuni o’shalar uchun javobgardirsizlar. Masalan, odamlarga posbon bo’lgan amir fuqarolari uchun, har bir kishi o’z xonadoni uchun, qul esa o’z xo’jasining moli uchun javobgardir: ogoh bo’lingizlar, hammangiz muhofazakor va muhofaza lozim bo’lgan narsalarning barchasi uchun javobgardirsizlar", deganlar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:50:51

207. Abu Hurayra (r.a.): "Qaysi bir qul o’z xo’jasiga itoat qilsa, u albatta Alloh paologa itoat qilgan bo’ladi. Unga osiy bo’lsa, Alloh azza va jallaga ham osiy bo’lgan bo’ladi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:51:02

105-bob. Alloh va xo’jasining haqini o’tagan qul

208. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildilar: "Musulmon bir qul Allohning va xojasining haqini halol o’tagan qulga ikki karra mukofot bordir".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:53:08

106-bob. Qulni nima deb chaqirish kerak?

209. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz qulim va cho’rim deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va  hamma ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa durustdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:53:45

107-bob. Qul xujasiga nima deb xitob qilsin?

210. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Raslulloh (s.a.v.): "hech bir kishi  qulim va cho’rim deb aslo aytmasin, qul ham xo’jasini rabbim (tarbiyachim) demasin. Xo’ja ularni yigitim, qizim deyishi va qul esa xo’jam demagi kerak. Chunki haqiqiy tarbiyachi Alloh taoloning o’zidir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:54:00

211. Mutarrif rivoyat qildilar: "Otam shunday dedilar: "Men Bani Omir qabilasining vakillari
bilan Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldim. Shunda hamrohlarim Rasululloh (s.a.v.)ga: "Siz
bandalarning sayyidi, xo’jasisiz", deganlarida, Rasululloh (s.a.v.): "haqiqiy sayyid Alloh taolodir", dedilar. Ular yana: "Siz ortiqlikda hammamizdan afzalroqdirsiz va ehson qilishda ham hammamizning  ulug’rog’imizsiz",deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar menga o’zlaringizning oddiy gapingizni gapiravering. Shayton sizlarni o’z yo’liga yurgazib ketmasin", dedilar".

Rasululloh (s.a.v.) nihoyatda tavozeli bo’lganlari uchun arablarning "Sayyiduna va Mavlono" deydigan va O’rta Osiyo xalqlarining "Taqsir, janoblari" kabi hurmat tariqasida aytadigan gaplarini o’zlariga aytilishini istamas va shunlay muomala qilmaslikni ummatlariga ham o’rgatmoqchi edilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:54:25

108-bob. Er xonadonning muhofazakoridir

212-hadis 206-hadisning aynan takrori, bu hadisni imom Muslim ham naql qigan.

213. Molik ibn Huvayris (r.a.) aytdilar: "Bizlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldikda, yigirma
kecha turib qoldik. hammamiz deyarli tengdosh yigitlar edik. Rasululloh (s.a.v.) bular o’z vatani,
qavm-qarindoshlarini sog’inib qolgan bo’lsa kerak, deb bizdan yurtimizda qolgan
qavm-qarindoshlarimiz haqida so’radilar. Vatanimizda qolgan oilalarimiz haqida Rasululloh
(sa.v.)ga aytib berdik. Rasululloh (s.a.v.) muloyim va marhamatlik kishi edilar. "Endi o’z
qavm-qarindoshlaringiz oldiga borib, ularga bilganlaringizni o’rgating, namozni mendan
ko’rganlaringazdek qilib o’qinglar.Namoz vaqti kelganda, bittangiz azon ayting va yoshda kattaroqlaringizdan biri imom bo’lsin, dedilar".

Yoshi kattaroq bo’lgan kishi ilmda va qiroatda boshqalardan kam bo’lmagan taqdirda joizdir, aks holda yoshining e'tibori yo’q, Rasululloh (s.a.v.)ularning ilmda va qiroatda tengligini bilganlari uchun bu shartlarni zikr qilmadilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:54:50

109-bobdagi 214-hadis ham. mazmunan 206-hadisning takrori, faqatunda xotin kishi xonadonning muhofazakori ekanligi ta'kidlanadi.

110-bob. Yaxshilikka yaxshilik qilish haqida

215.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):"Kim moddiy jihatdan birovga yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytarilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini g’oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o’rnida o’tadi. Ammo u kishining yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo’ladi. Kim o’zida yo’q narsani menda falon narsa bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bilan o’ralgan xisoblanadi", dedilar".

Ya'ni u ikki barobar yolgondir .

Qayd etilgan