Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 517996 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 116 B


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:55:06

215-hadis. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Kim Alloh taoloning panohiga
Sig’inib sizlardan yordam so’rasa, unga yordam qiling. Allohni vosita qilib biror narsa so’rasa,
so’ragan narsasini bering. Birov sizga moddiy yaxshilik qilsa, yaxshiligini qaytaring! Agar uni
qaytarishga qodirbo’lmasangaz, u kishi haqiga duo qiling, toki u odamning qilgan yaxshiligi bekorga ketmaganini bilsin", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:55:20

216.  Ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildi: "Kimki Allohga sigansa,uni muhofaza qiling. Kim Alloh uchun biron nima so’rasa, uni bering. Kim sizlarga yaxshilik qilsa, siz ham o’shandoq yaxshilik bilan qaytaring. Agar yaxshilik qilish uchun biron nima topa bilmasangiz, uni duo qilingki, yaxshiligiga javob qaytargan bo’lasiz".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:58:30

111-bob. Yaxshilik qilganni duo qilish haqida

217. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Muhojirlar: "Yo RasulAlloh! Ansorlar o’z mukofotlarining barini olib ketdilar", deyishdi. Rasululloh (s.a.v.) bu gapga: "Xayr! Ularni duo qilganingiz qadar va Madinada sizlarni quchoq ochganliklari uchun ularni maqtaganingiz uchun ham sizlarga mukofot bor", deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:59:36

112-bob. Odamlarga tashakkur aytmagan Allohga tashakkur aytmas

218. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlarning qilgan yaxshiligi uchun tashakkur aytmaydigan kishi Alloh taologa ham tashakkur aytmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 06:59:57

219. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo nafasga chiq dedi, nafas men chiqishni istamasam ham majburan chiqaman, dedi", deganlar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:00:08

113-bob. Birodarlarga yordam berish haqida

220. Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.)dan: "Amallarning qaysi biri yaxshiroq" — deb so’rabdi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taologa ishonmoq va uning yo’lida jihod qilmoq", dedilar. Yana: "Qanday qulni ozod qilish yaxshi?" - deyildi. Rasululloh (sa.v.): "Narxi qimmatroq va egasiga kerakliroq bo’lganini", dedilar. So’rovchi: "Agar shunga qodir bo’lmasa chi ?" - degan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Unday bo’lsa, kambag’al va yetimlarga yordam berasan va ishini uddasidan chiqa olmaydigan hunarsiz kishilarning ishini qilib berasan", dedilar. U: "Bunga kuchim yetmasachi ?"  dedi. Rasululloh (s.a.v.): "U
vaqtda odamlarga ozor berishdan o’zingni saqlaysan, bu ham o’z joning uchun qilgan bir sadaqang bo’ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:00:25

114-bob. Dunyoda yaxshilik qilganlar oxiratda mukofotga ega bo’ladilar

221. Qo’baysa ibn Burma Asadiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida edim. Rasululloh (s.a.v.): "Bu dunyoda yaxshilik qilgan kishilar oxiratda yaxshilikka erishadilar va shariatda yomonlik deb sanalgan ishlarni qiluvchilar oxiratda yomonlikka duchor bo’ladilar", dedilar".

Bu hadisning ikkinchi ma'nosi: bu dunyoda kishilarga manfaati tekkan odamning u dunyoda ham
manfaati tegadi, chunki dunyoda manfaatga tekkani uchun Alloh taolo unga savob beradi, o’sha savobi tufayli gunohkor kishilarni shafoat qil ishga yo’l ochiladi. Demak, bu dunyoda yaxshilik
qilgani kabi u dunyoda ham yaxshilik qilgan bo’ladi.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:00:32

222. Harmala ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi bir necha otliq hamroqlari bilan o’z
yurtidan chiqib Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga keldilar. Bir oz turganlaridan keyingina Rasululloh  (s.a.v.) u kishini tanidilar. Rasululloh (s.a.v.) u yerdan qo’zg’alganlaridan keyin dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.) yonlariga borib tursam ko’proq ilm o’rganaman", dedim: da, piyoda yurib yonlariga borib tik turdim va: "Yo RasulAlloh, menga nima ish qilishimni buyurasiz?"
- deb so’radim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Harmala, yaxshi deb xisoblanadigan ishni qil va yomon deyilgan ishlardan o’zingni tort!" - dedilar. Men keyin qaytib joyimga bordimda, yana Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib, u zotga yaqinroq turdim va avvalgi savolimni yana qaytardim. Rasululloh (s.a.v.) yana xuddi o’sha javobni qaytardilar-da: "Ey, Harmala! Kishilar oldidan chiqib kelganingda orqangda gapiradigan gaplardan qaysi biri senga ma'qul bo’ladigan bo’lsa, o’shani qil! Ammo ma'qul bo’lmaydigan bo’lsa, undan o’zingni sa?la", dedilar. Shundan keyin men o’z joyimga borib Rasululloh (s.a.v.)ning shu qisqa nasihatlarini o’ylab ko’rsam, u hamma narsani o’z ichiga olgan purma'no so’zlar ekanini bildim", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:01:29

223-224-hadislar mazmuni 222-hadisning mazmunan takrori, ammo bu hadis Salmon Forsiy (r.a.)ning Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)dan qilgan rivoyat qiladilardir.

115-bob. Yaxshi hisoblangan ish sadaqa bo’ladi, degan hadis haqida

225.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) "Yaxshi deb hisoblanadigan har bir ish sadaqa bo’ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  28 Sentyabr 2006, 07:01:42

226.  Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Har bir musulmon kishi sadaqa qilishi kerak", dedilar. Sahobiylar: "Sadaqa qilishga qodir bo’lmasachi?" - deb so’rashdi. "Sadaqa qilishga qodir bo’lmasa ishlaydida, o’ziga ham foyda va undan boshqa faqir miskinlarga ham sadaqa bo’ladi", dedilar. Sahobiylar yana: "Ishlashga ham qurbi yetmasachi?" - deyishdi. "U vaqtda muhtoj va mazlum kishiga qo’li yoki tili bilan yordam qiladi", dedilar. Ular: "Buni ham qila olmasachi?" - deganlarida, "Yaxshilikka buyuradi", dedilar. Ular: "Amri ma'ruf qilishni ham bilmasachi?" - Deyishdi. "Kishilarga yomonlik qilishdan o’zini saqlaydi. Bu ham kishi uchun sadaqa bo’ladi", dedilar".

Qayd etilgan