133-bob. Hazil haqida
266. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) (bir kun) xotinlarning oldiga kirib qoldi-lar. Shunda ularning yonida Ummu Sulaym (r.a.) ham o’tirgan edi. Rasululloh (s.a.v.): "Ey Anjasha, shishalarni sekinroq hayda", dedilar.
Abu Kuloba (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.) "Shishalarni hayda, degan so’zni so’zladilar, agar birortangiz shunday so’zni aytsa, uni albatta ayblagan bo’lardingiz", dedilar".Arablar ayollarni nozik, ko’ngillarining tez o’zgarib turishi va irodalari mustahkam emasligi uchun shishaga o’xshatadilar. Mazkur hadisda Rasululloh (s.a.v.) Anjashaga: Xotinlar oldida tovushingni pastroq qilib so’zla! Ularning ko’ngliga keladi, demoqchi bo’lsalar kerak .