Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608764 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 116 B


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:52:24

137-bob. O’ta ketgan baxillik haqida

284. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh yo’lida qilingan g’azot vaqtida ko’tarilgan chang bilan do’zaxning tutuni hech bir bandaning ichida jam bo’lmaydi va o’taketgan baxillik imon bilan ham bir bandaning ko’nglida jam bo’laolmaydi", deganlar".

Binobarin, dushmanga harshi g’azot paytida ko’tarilgan chang jangchilarga asar qilmagandek, do’zax o’tiga ham doxil bo’lmaydi. Xuddi shuningdek, saxiylik va baxillik bir joyda, bir axloqsa mushtarak bo’laolmaydi.
285-hadis 284-hadisnshg takrori, faqatbu Abu Said Xudriy (r.a.) dan rivoyat  qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:52:34

286. Abdulloh ibn Robi'a aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) oldilarida o’tirgan edik. Shu
vaqtda bir kishi va uning axloqi haqida gap ketdi. Abdulloh (r.a.): "Siz u kishining boshini kessangiz, keyin uni o’z o’rniga qo’ya olasizmi?" - deb so’radilar. Utirganlar: "Yo’q, uni o’z o’rniga qo’yishga qodir emasmiz", deyishdi. Yana Abdulloh (r.a.): "Uning oyog’ini yoki qo’lini kesganingizdan keyin ularni joy-joyi-ga o’zidek qilib o’rnata olasizmi?" - dedilar. Ular: "Yo’q, albatta", deyishdi. Abdulloh (r.a.): "Demak, sizlar uning jismoniy hay’atini o’zgartirishdan ojiz ekansiz, axloqini o’zgartirishga  albatta qodiremassiz. Erkak bilan ayoldan keladigan suv qirq kecha ona bachadonida turadi, keyin u qonga aylanib qotadi va keyin bir chaynam go’shtga aylanadi. Shundan keyin Alloh taolo unga bir farishta yuborib, rizqini va axloqini va o’zi baxtlik yoki baxtsiz bo’lishini ham yozdirib qo’yadi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:53:21

138-bob. Yaxshi xulq samarasi

287.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir musulmonning xulqi yaxshi bo'lsa, butun kecha ibodat qilgan musulmonning darajasiga teng bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:54:09

288.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Islom jihatidan saviyasi balandlaringiz xayrli bo'lganidek, axloq jihatidan esa, eng yaxshilaringiz xayrlidir".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:54:17

289.  Zayd ibn Sobit (r.a.)ning ozod qilgan qullari Sobit ibn Ubayd aytdilar: "Men odamlar bilan suhbatda viqorli, sabotli va mezbon sifatida ochiq yuzlilikda hamda mutoyiba qilishda Zayd ibn Sobitdan ilg'orroq kishini ko'rmadim".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:54:30

290.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)dan: "Dinlarning qaysi biri Allohga sevimliroq?" - deb so'ralganda, Rasululloh (s.a.v.): "To'g'ri yo'ldagi, rost din, Ibrohimning hanif - haqqoniy dinidir" , dedilar".

Qur'oni karimning "An'om" surasidagi 161-oyatga ishora

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:54:52

291. Abdulloh ibn Amr (r.a)dan rivoyat qilindi: u kishi: "Axloqning yaxshi bo'lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to'rt xislatni Alloh taolo senga bergan bo'lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo'lsang ham, zarari yo'qdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:54:59

292. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan: "Do'zaxga tushishga ko'proq sabab bo'ladigan narsa nima?" - deb so'radilar. Ular: "Buni Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biladilar", deb javob berishgandan keyin, "U ikki kovak - avrat va og'izdir", dedilar. Yana: "Jannatga tushishga sabab bo'ladigan narsa nima?" - dedilarda, o'zlari: "U esa Alloh taolodan qo'rqish va yaxshi axloqli bo'lishdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:55:21

293.  Ummu Dardo (r.a.) aytdilar: "Kechalarning birida Abu Dardo namoz o'qish uchun turdilarda, tong otguncha: "Ey, Alloh! Meni chiroylik qilib yaratga-ningdek axloqimni ham chiroylik qil!" - deb yig'lab chiqdilar. Shunda men u zotdan: "Ey, Abu Dardo! Nima uchun tun bo'yi qilgan duoingiz faqat axloqingizni chiroyli qilishi haqida bo'ldi?" - deb so'radim. Abu Dardo: "Bir musulmon banda o'z axloqini yaxshi qilishga harakat qilaversa, oxiri yaxshi axloqi uni jannatga kiritadi. Agar u axloqini yomon qilaversa, shu yomon axloqi uni do'zaxga kiritadi", dedilar. Abu Dardo so'zlarini davom ettirib: "Bir musulmon banda o'zi uxlab yotgan vaqtida gunohi kechiriladi", dedilar. Men: "Bu qanday gap, u uxlab yotsayu, gunohi kechirilsa?" - deb so'raganimda, u kishi: "Bir kishining do'sti kechasi turib tahajjud namozini o'qib, Alloh taolodan o'zining va do'stining ham gunohini kechirmog'ini so'rasa, shu duosi tufayli Alloh o'zining ham, do'stining ham gunoxlarini kechirib yuboradi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:55:38

294.  Usoma ibn Sherik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida bo'lgan vaqtimda uyoq-buyoqdan a'robiylar keldi-da, boshqa kishilar so'zlamay, faqat o'zlari gapirdi. Rasululloh (s.a.v.)ga: "Falon-falon ishlarni qilsak gunoh bo'ladimi?" - deb, unchalik ahamiyatli bo'lmagan narsalar haqida savol berishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo bandalaridagi gunohni (yozdirmay) qo'ygan (ya'ni, ularni gunohkor qilavermaydi). Ammo bir kishi ikkinchi kishini g'iybat qilib zulm qilsa, uni kechirmaydi. U gunohkor bo'ladi va halokatga uchraydi", dedilar. Ular 5ta: "Yo Rasulalloh! Biz dori iste'mol qilsak bo'ladimi?" - deyishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Dori iste'mol qilinglar, chunki Alloh taolo qanday dard bergan bo'lsa, uning davosini ham albatga bergan. Faqat bitga dardning davosi yo'q, u ham bo'lsa keksalikdir", dedilar. Ular: "Yo Rasulalloh! Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi nima?" - deb so'rashdi. Rasululloh (s.a.v.): "Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi axloqtsir", dedilar".

Qayd etilgan