Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608633 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 116 B


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:55:46

295.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) xayr-ehson qilishda hammadan ham saxiyroq edilar. Xususan ramazon oyi kelib, hz. Jabroil (a.s.) bilan uchrashadigan paytlarida juda ham saxiy bo'lib ketar edilar. Hz. Jabroil (a.s.) ramazon oyining hamma kechalarida Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelar, Rasululloh (s.a.v.) Jabpoil (a.s.)ga Qur'oni karimni arz etar edilar. Hz. Jabroil (a.s.) bilan uchrashadigan vaqtlarida Rasululloh (s.a.v.) Alloh taoloning rahmatini olib keluvchi tez esadigan shamoldan ham saxovatliroq bo'lar edilar".

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:56:32

296.  Abu Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan burun o'tgan paygambarlar ummatidan bitgasini hisob-kitob qilinganda undan hech yaxshi ish topilmagan, lekin u o'ziga xo'q kishi bo'lib, xalq bilan aralashib yurar va kambag'al kishilardan oladigan mablag'i bo'lsa: "U kambag'al bechoradan shu mablag'ni kechib yuboringlar!" - deb o'z
kishilariga buyurardi. Shunda Alloh taolo: "Bu banda kambag'alga yaxshilik qilib, undan oladigan mablag'ni kechgan ekan, uning ham gunohlarini men albatta kechmog'im lozim", dedi".

Abu Hurayradan rivoyat qilingan 297-hadis 292-hadisning takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:57:23

298.  Navos ibn Sam'on Ansoriy (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga yaxshilik bilan gunoh haqida savol berdilar. Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshilik axloqning chiroylik bo'lishi, gunoh esa qaysi bir ishni qilishda ko'nglingda g'ashlik paydo bo'lib uni kishilar bilib qolishini xoxlamaydigan bo'lsang, mana shu ishni qilmog'ing gunohdir", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:57:52

139-bob. Qizg'anchnqlik haqida

299.  Jobir (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Salom o'g'illari! Sizlarning rahbarintaz kimdir?" - deb so'radilar. "Jud ibn Qays degan bir qizg'anchiqodam", deb javob berdik. "Qizg'anchiqpiqtsan ham yomonroq xastalik bormikin? Sizlarning ilgari rahbaringaz Amr ibn Jamuh joxiliyat davrida butlarga topinardi. lekin juda jo'mard bir odam edi", dedilar Rasululloh (s.a.v.).

300-hadis 16-hadisning deyarli takrori, ammo bu yerda ta'magirlik, ota-onani norozi qilish, johiliyat zamonidagi kabi qiz balolarni tiriklaysh ko'mib yuborish haqida fikr aytshgan. 301-hadis 282-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Doniyor  29 Sentyabr 2006, 05:59:30

140-bob. Yaxshi kishiga halol mol

302. Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: Rasululloh (sa.v.) kiyim-boshlari va qurollarini olib, tayyorlanib kelsin, deb menga kishi yubordilar. Men buyurganlaridek tayyorlanib, huzurlariga bordim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat qilayotgan ekanlar. Menga tikilib qaradilar-da, keyin: "Ey Amr! Seni askarlarga boshliq qilib yubormoqchiman. Alloh taolo qo'lingga g'animatlar tushirsin. Yana men senga foydalik mollardan ham bo'lishiga talabgorman", dedilar. "Yo Rasulalloh! Men molga qiziqib musulmon bo'lgan emasman. Men siz bilan birga bo'lishga rag'bat qilib musulmon bo'lgan edim", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Ey Amr! Solih, qobil kishida halol molning bo'lishi qanday yaxshi narsa!" - dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 10:59:44

141-bob. Mol va jon amniyati haqida

303.  Ubaydulloh ibn Mihsan Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki o'z oilasi ichida tinch, tani sog' bo'lib tursa va oldida shu kuniga yetarlik taomi bo'lsa, u odamga go'yo bugun dunyo berilgan hisoblanadi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 10:59:59

142-bob. Ko'ngal shodligi haqida

304.  Muoz ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) sahobiylar oldiga chiqdilar. Ko'rinishlarida g'usl qilganlik alomati bor edi. Sahobiylar Rasululloh (s.a.v.) ayollari bilan yaqinlik qilgan bo'lsalar kerak, deb o'yladilarda: "Yo Rasulalloh, biz sizning ko'nglingizni shod ko'rayapmiz", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Ha, alhamdulilloh, ko'nglim shod", dedilar. Shundan keyin sahobiylar boylik to'g'risida gapirishdi. Rasululloh (s.a.v.): "Boylik yomonliklardan saqlanadigan kipshlar uchun  zararsizdir. Mana shunday kishilar uchun tan sog'lik boylikdan ham yaxshiroqdir va ko'ngil shodligi (Allohga tashakkur etish lozim bo'lgan) ne'matlardan biridir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:00:07

305.  Navos ibn Sam'on (r.a.) aytdilar: "Sahobiylardan biri Rasululloh (s.a.v.)dan ezgulik va gunohning mohiyatini so'radi, Rasululloh. (s.a.v.) javob berib dedilar: "Ezgulik go'zal axlokdir, gunoh esa, vijdonni chulg'ab olib, uni odamlardan pinhon qiluvchi narsadir".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:00:15

306.  Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: "Rasululloh (s.a.v.) xilqatda ham, axloqda ham odamlarning eng yaxshisi, eng javonmardi va eng shijoatlisi edilar. Ke-chalarning birida Madinada qo'rqinchlik bir tovush eshitildi. Kishilar o'sha tovush eshitilgan tomonga yo'l oldilar. Rasululloh (s.a.v.) hammadan ilgari yelkala-riga qilich osib, Abu Talha (r.a.)ning egarlanmagan yalang'och otiga minib, o'sha ovoz chiqqan yerdan qaytib kelayotganlarida yo'lda borayotgan kishilarga duch keldilarda: "Qo'rqmanglar, qo'rqmanglar", deb ularga tasalli berdilar va Abu Talhaning otini maqgab: "Bu otni men dengizdek misoli ko'rdim", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:00:21

307.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga qilinadigan har bir yaxshilik sadaqa hisoblanadi, hatgo bir birodaringga ochiq yuz bilan ro'baro' kelishing va chelagingdan uning idishiga (suv) solib berishing ham sadaqa bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan