Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608747 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 116 B


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:00:37

143-bob. Bechoraga yordam berish haqida

308.  Abu Zarr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan shunday rivoyat qildilar: "Sahobiylar Rasululloh (s.a.v.)dan: "Amallarning qay biri xayrli?" - deb so'radilar. "Al-lohga ishonmoq va Alloh yo'lida jihod qilmoq", deb javob berdilar. Ashoblar yana bunday savol berdilar: "Qul va cho'rilardan qay birini ozod qilish xosiyatli hisoblanadi?" "Xojalariga eng sadoqatlilarini", dedilar. Shundaylarini ozod qilolmasamchi?" - so'radi kimdir. "U holda bechora odamga yordam qilasan yoxud birovga yordam berolmagan odamning o'rniga shu ishni sen qilasan", deb marhamat qildilar. "Agar bundan ham ojiz bo'lsamchi? - dedi o'sha sahobiy. "Insonlar-ni yomoshshkdan qaytar! Bu ham o'zing uchun sadaqadir", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:00:48

309.Abu Muso (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sadaqa barcha musulmonlarga vojibdir", deb marhamat qiddilar. "Agar mo'min kishi sadaqa uchun biron narsa topolmasachi?" - deb so'rashdi. "Qo'llari bilan mehnat qilsin; ham o'ziga foyda, ham sadaqa bera oladi", deb marhamat qildilar. "Mehnat qilish-ga kuchi yetmasasi?" - deb so'radilar. "Yaxshilik qilsin", dedilar. "Bu ish ham qo'lidan kelmasachi?" - deb so'radilar. "O'zini yomonlik qilishdan saqlasin, zero, bu ham uning sadayoqasi bo'ladi", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:01:01

144-bob. Alloh taolodan axloqini yaxshi qilishni so'ragan kishi haqida

310.  Abdulloh ibn   Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ko'pincha: "Ey, Rabbim! Men sendan tan sog'ligini, nafsi ammoradan saqlashingni, O'zingga va xalqlaringga ishonchli bo'lishning yaxshi axloqli bo'lish va taqdirga rozi bo'lishga muyassar qilishingni so'rayman", deb duo qilar edilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:01:20

311. Yazid ibn Bobanus aytdilar: Biz hz. Oyisha (r.a.) huzurlariga kirib: "Rasululloh (s.a.v.)ning axloklari qanday edi?" - deb so'radik. Hz. Oyisha (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.)ning axloklari Qur'onda buyurilganning xuddi o'zi edi", dedilarda: "Sizlar "Mu'minun" surasini o'qiysizmi?" - deb so'radilar va menga: "Qani "Qad aflaha-l-mu'minun" (Mo'minlar najot topdilar)dan o'qib ber-chi", deb buyurdilar. Men "Ular namozlarida o'zlarini kamtar tutuvchidirlar. Ular (behuda so'z va
ishlar)dan yuz o'garuvchidirlar. Ular zakotni ado etuvchidirlar. Ular avratlarini (haromdan) saqpyuvchidirlar", degan (23:1-5) oyatlarni o'qidim. Shunda hz. Oyisha (r.a.): "Rasululloh (s.a.v.)ning axloklari xudtsi mana shu oyatlarda buyurilgatsdek edi", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:01:29

145-bob. Mo'min odamlarni la'natlovchi bo'lmaydi

312. Solim ibn Abdullohdan rivoyat qilindi, u kishi: "Men otam Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning kishilargagina emas, hatto boshqa maxluqlarga ham la'nat aytganlarini sira eshitmadim", dedilar va hz. Abdulloh ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning "Mo'min kishi aslo la'nat etuvchi bo'lmasligi lozim", degan muborak hadislarini rivoyat qildilar, dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:01:53

313.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo yomon iboralar bilan so'kuvchi va og'zini shunday so'kishga o'rgatgan kishini yaxshi ko'rmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:02:04

314.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) huzuriga yahudiylar kelib: "Assomu alaykum" (sizga o'lim bo'lsin), dedilar. Shunda men: "O'lim o'zlaringizga bo'lsin va Alloh taoloning la'nati va g'azabi ham sizlarga bo'lsin!" - deb qarg'adim. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Oyisha! Ko'y, unday dema, og'ir bo'l, qat-tiq muomala qilishdan va qarg'ashdan o'zingni sakla", dedilar. Men: "Yo Rasulalloh! Bularning gapini eshitmadingizmi?" - dedim. Rasululloh
(s.a.v.): "Sen ham mening gapimni eshitmadingmi? Men ularga "va alaykum", ya'ni, "Aytgan gaplaringiz o'zlaringazga bo'lsin", Dedim. Alloh taolo mening ularga qilgan duoi badimni qabul qiladi, ammo ularning menga qilgan yomon tilaklarini qabul qilmaydi", dedilar".

315-hadis mazmuni 312-hadisda bor, faqat bu hadis Abdullohdan rivoyat qshshngan.

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:02:22

316. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.): "Ikki yuzlama kishiga hech ishonmaslik kerak", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:02:31

317. Abdulloh ibn Umar (r.a.): "Bir mo'minning razil fe'li uning buzuqligidan dalolatdir", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  29 Sentyabr 2006, 11:02:39

318.  "Birovga la'nat o'qiganlar o'zlari la'natlandilar", dedilar hz. Ali (k.v.). Marvon (r.a.): "Ha, o'sha insonlarga la'nat o'qigan kimsalardir", deb tasdiqladilar.

Qayd etilgan