Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609748 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 116 B


Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 19:56:23

146-bob. La'natlovchi kishilar haqida

319.  Abu Dardo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh: "Kishilarga la'nat etuvchilar qiyomat kuni shohid ham, shafoat qiluvchi ham bo'la olmaydilar", dedilar".

Shohid "guvoh bo'luvchi" ma'nosida bo'lib, qiyomatda boshqa payg'ambarlar o'z vazifalarini ummatlariga yetkazganlari haqida guvoh bo'luvchi yoki ular fosiq bo'lgani uchun boshqa kishilar haqida guvohlik bersalar, guvohliklari shariatda qabul qilinmaydi yoxud qiyomat kuni shohid kishilar qatorida bo'la olmaydilar va shafi' esa, qiyomat kuni qavm-qarindoshlari va do'st-birodarlariga shafoat qila olmaydilar, ma'nosida.

Qayd etilgan


Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 19:58:47

320.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohga chin ko'ngil bilan qattiq ishonuvchi kishi boshqalarga la'nat yog'diruvchi bo'lmasligi kerak", dedilar".

Qayd etilgan


Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 20:01:53

321. Huzayfa ibn Yamon (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi: "Qaysi bir jamoat bir-birlariga la'nat yog'dirsa, la'natlari o'z ustilariga yog'iladi", dedilar.

Qayd etilgan


Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 20:04:43

147-bob. Ko'ngli sof kishi la'nat o'qimas

322. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Otam Abu Bakr Siddiq (r.a.) qullaridan biriga la'nat o'qidilar. Buni Rasululloh (s.a.v.) eshitib: "EyAbu Bakr! Allohga qattiq ishonuvchilar bilanla'nat o'quvchilar haqidagi gaplarim qaerda qoldi? Yo'q, bunday bo'lmasligi kerak", deb ikki yo u uch marotaba takrorladilar. Otam o'sha kuniyoq qulni ozod qilib, Rasululloh (s.a.v.)ga: "Men ikkinchi martaba shunday qilmayman", deb uzr aytdilar".

Qayd etilgan


Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 20:06:37

148-bob. Bir-biringazni duoibad qilmangiz

323.  Samura ibn Jundub (r.a.) aytdilar: "Rasulul-loh (s.a.v.): "Ey, ummatlarim! Bir-biringizni senga Allohning la'nati, g'azabi va do'zaxi bo'lsin, deb duoibad qilmanglar!" - dedilar".


Qayd etilgan


Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 20:21:43

149-bob. Kofirga la'nat o'qish haqida

324.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Yo Rasulalloh! Mushriklar haqida duoibad qiling!" - deyishganda, Rasululloh (s.a.v.): "Men duoibad qiluvchi, la'nat etuvchi emas, balki marhamat qiluvchi bo'lib yuborilganman", dedilar.

Qayd etilgan


Muslima_subh  29 Sentyabr 2006, 20:32:02

150-bob. Gap tashuvchi haqida

325. Hammol ibn Horisdan rivoyat qilindi, u kishi: "Biz Huzayfa ibn Yamon bilan birga edik, shu vaqtda u kishiga odamlar gapini hz. Usmon (r.a.)ga yetkazib turadigan bir kishi haqida shikoyat qilindi. Shunda Huzayfa: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Yashirin ravishda kishilar gapiga quloq solib, uni (yomon niyatda) boshqalarga naql qiluvchi odam jannatga kirmaydi", degan so'zlarini eshitganman, dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:26:34

326.  Asmo' binti Yazid (r.a.) dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) sahobiylarga: "Men sizlarga eng yaxshilaringizni aytib beraymi?" - dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, aytib bering", deyishdi. "Ular shunday kishilarki, qachon ko'rinsalar Alloh taoloni eslatadilar. Eng yomonlaringizni aytsam, ular chaqimchilik bilan yurib do'stlar orasini buzuvchi, begunoh odamlarga buzuqlik, halokat va mashaqqatga mubtalo bo'lishlarini izlovchi kishilardir", dedilar".

Ya'ni ular qachon kishilar orasiga kirsalar, darhol amri ma'ruf va naxyi munkar qiladilarda, beparvo bo'lgan odamlarni ogohlantirib, Rabbi-l-izzat tomonga moyil bo'lishga da'vat qiladilar. Allohni eslatadilar so'zvdan murod, vallohu a'lam, shu bo'lsa kerak .

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:26:58

151-bob. Yomon so'z tarqatuvchi kishi haqida

327.  Hz. Ali (k.v.): "Yomon so'zni aytuvchi bilan uni boshqalarga oshkora qiluvchi - ikkisi gunohkorlikda barobardir" ,  dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  30 Sentyabr 2006, 06:27:44

328.  Shubayl ibn Avf aytdilar: "Eshitgan yomon gapini yoygan odam o'sha yomon gapni to'qib chiqargan kishi kabidir"

Qayd etilgan