Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609971 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:57:33

212-bob. Binolarni baland qilish bilan maqtanish haqida

454. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlar imoratla-rining balandligi bilan bir-birlariga maqtanadigan davr bo'lmaguncha qiyomat qoyim bo'lmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:57:41

455.  Hz. Hasan (r.a.) aytdilar: "Men hz. Usmon ibn Affonning xalifalik zamonida Rasululloh (s.a.v.) yashagan uyga kirsam, uyning shipiga qo'lim bemalol yetdi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:57:47

456.  Dovud ibn Qays Abu Sulaymon Dabbog' (r.a.) aytdilar: "Hz. Rasululloh (s.a.v.) oilalarining hujralari xurmo daraxtining shoxlaridan yasalgan bo'lib, tashqarisidan yung lattalari bilan qoplanganligini ko'rdim. Uylarining eni hujraning eshigigacha olti yoki yetti gaz. Uyning ichi o'n gaz, balandligi esa yetti-sakkiz gazga yaqin, deb taxmin qildim. Hz. Oyishaning eshiklari Mag'rib tomonga qaragan edi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:57:54

457.  Abdulloh Rumiy (r.a.) aytdilar: "Men Ummu Talaq degan ayolning uyiga kirdim-da: "Uyingizning shipi juda past ekan", dedim. Shunda Ummu Talaq: "Ey, o'g'ilcham! Amir al-mo'minin hz. Umar o'zlarining atrofdagi voliylariga binolaringizni baland qilmang, chunki binolarning baland bo'lishi yomon kunlaringizdan biri ekanligining alomatidir, deb xat yuborganlar", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:58:11

213-bob. Rasululloh (s.a.v.) uylarini ta'mirlaganlari haqida

458. Habba ibn Xolid bilan Savo ibn Xolid (r.a.) aka-uka ikkalasi Nabiy muhgaram (s.a.v.)ning huzurlariga kelishgan edi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.) imoratning devorini (boshqa rivoyatda: uyni) tuzatayotgan edilar. Shunda aka-uka Rasululloh (s.a.v.)ga qarashishdi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:58:23

459. Qays ibn Abi Hozimdan rivoyat qilindi. U kishi aytdilar: "Bizlar Xabob ibn Aratning betobligini so'rashga kirdik. U kishi qorinlarini davolash uchun yetti martaba kayy qildirgan edilar. U kishi: "Bizdan ilgari o'tgan birodarlarimiz dunyo maishatiga berilmay, savoblarini to'liq, kamaytirmay olgan edilar. Bizlar esa, shu qadar boyliklarga erishdikki, uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik. Rasululloh (s.a.v.) o'zimizga o'lim tilashni man qilmaganlarida men albatta o'zimga Alloh taolodan o'lim so'ragan bo'lardim", dedilar".

"Kayy" - arablardagi eski tabobatda ba'zi kasalliklarni davolash uchun kuydirilar edi.
Uni tuproqdan bo'lak qo'yadigan joy topmadik -ya'ni hammamiz boy bo'lib, sadaqani qabul qiladigan kishi qolmadi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:58:42

460.  Qays ibn Abi Hozim aytdilar: "Biz ikkinchi marotaba Xabob ibn Aratning huzurlariga keldik. U zot o'zlariga qarashli (yoki uyning) bir devorni tuzatayotgan edilar. Shunda: "Musulmon kishiga tuproqqa ketkazadigan sarfidan bo'lak hamma sarflari uchun albatta ajru savob beriladi", dedilar".

Tuproqdan murod - maqganish uchun hojatdan tashqari qilinadigan imoratlar, masjid, madrasa, maktab, yetimxona va yotoqxona kabi sadaqai joriya niyatida qilinadigan binolar bunga kirmaydi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:58:59

461.  Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Men o'zi-mizning cho'p va qamishdan qilingan uyimizni (bu-zib, qayta) tuzatayotgan vaqtimda Rasululloh (s.a.v.) o'tib qoldilar-da: "Nima qilayotibsiz?" - deb so'radilar. Men: "Yo Rasulalloh, uyimizni isloh qilayo-tibman", degan edim. Rasululloh (s.a.v.): "Ish bun-dan ko'ra tezroqdir", dedilar".

Ishdan murod - o'limdir, ya'ni buzilmay turgan uyingni tuzatgu-ningcha balki o'lim kelib qolar. Buni tuzatishdan ko'ra amalni tu-zat, demoqchi bo'ldilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:59:11

214-bob. Keng uy haqida

462. Nofi' ibn Abdulloh (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)-ning shunday deb marhamat qilganlarini rivoyat qila-di: "Keng uy, yaxshi qo'shni, yaxshi ot (boshqa rivoyatda: itoatkor xotin) musulmon kishining shodligidir".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 05:59:34

215-bob. Namozga yurib borish haqida

463-hadis. Sobit ibn Qaysdan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Men Anas ibn Molik bilan u kishining Zoviyadagi boloxonasida edik. Shu vaqtda azon tovushi eshitilib qoldi. Ikkimiz boloxonadan tushdik. Keyin hz. Anas mayda qadam tashlab yura boshladilarda, so'ng hikoya qildilar: "Men Zayd ibn Sobit bilan birga edim. Shunda u kishi ham xuddi men hozir yurganim-dek yurdilar va Rasululloh ham shunday sekin-sekin yurib, keyin "Ey, Zayd, mening shunday yurishimning sababini bilasanmi?" - deb so'rabdilar, shunda Zayd: "Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biladilar", debdilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Namozga borayotganimizda tashlayotgan qadamimizning soni ko'p bo'lsin, deb shunday mayda qadam tashlab yurayotibman", degan ekanlar".

Zoviya - Madinai munavvaraning chekkasidagi bir joy nomi

Qayd etilgan