Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608727 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 116 B


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:50:07

24-bob. Otani kunya bilan chaqirish haqida

45.  Shahr ibn Havshab (r.a.): "Biz Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan safarga chiqqan edik. Shunda qaysi bir namoz vaqti bo’lganda o’g’illari Solim Abdulloh Ibn Umarga: "Namoz vaqti bo’ldi, ey, Abu Abdurrahmon!" - deb o’z otasini kunyalari bilan chaqirdi, deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Sentyabr 2006, 06:50:27

46.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) o’z otalari Hz. Umr ibn Xattob (r.a.) to’g’rilarida: "Ammo Abu Hafs Umar shunday hukm qilgan edilar", degan edilar.

Abu Abdurrahmon - Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning kunyasi, Abu Hafs - Umar ibn Xattob (r.a.)ning kunyasi .

Qayd etilgan


Laylo  25 Sentyabr 2006, 13:26:01

25-bob. Qarindoshlikni uzmaslik haqida

47.  Kulayb ibn Manfaa bobosi Kulayb Hanafiy (r.a.)dan rivoyat qildi: U kishi Rasulullohdan (s.a.v.): "Yo Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?" - deb so’radilar. Rasululloh (s.a.v.): "Onangga,otangga, opa-singillaringga, aka-ukalaringga va yaqin bo’lgan kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bo’lgan qarindoshlikdir", dedilar.

Ya'ni kim silai rahmni uzgan va kim uzmaganligini ochiq bayon qilish uchun Alloh unga til beradi va bu til kimlarningdir foydasiga yo zarariga da'voni isbot qiladi.
1 Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan keltirgan rivoyatlarida ham shu mazmun bor: bir kiish keksa yoshli hamrohi bilan Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga keldi. Rasululloh: "Ey, falon! Yoningdagi kim?"- deb so’radilar. "Otam", deb javob berdi. "U holda undan oldinda yurma! Undan yuqorida o’tirma, uning ismi bilan chaqirma, uni so’kishlariga yo’l quyma!"  deb nasihat qildilar. Abu Hurayra (r.a.) shoyadki Rasululloh (s.a.v.)ning shu gaplarini eshitgan bo’lsalar, suhbatdoshlariga yuqorida keltirilgan nasihatini qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  25 Sentyabr 2006, 13:26:17

48.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Qur'oni karimda: "Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh azobidan)
ogohlantiring!" (26:214), degan oyat kelgan vaqtida, Rasululloh (s.a.v.) turib: "Ey, Ka'b ibn Luay bolalari, ey, Abdu Manof bolalari, ey, Hoshim bolalari, va ey, Abdulmuttallib bolalari! Sizlar o’zingizni do’zax o’tidan qutqaring! Ey, Muhammadning qizi Fotima! Sen ham o’zingni jahannam o’tidan qutqaz! Menga e'timod qilma, chunki qiyomat kuni tashvishidan men seni qutqazishga qodir emasman. Ammo sizlar bilan albatta qarindoshligim bor, uni men sizlardan uzmayman", deb oshkora nido qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  25 Sentyabr 2006, 13:26:32

26-bob. Silai rahm qilish haqida

49.  Abu Ayyub Ansoriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.)ning safarlaridan birida bir
a'robiy u zotga kelib: "Meni jannatga yaqin va do’zaxdan uzoq qiladigan amallarni menga aytib
bering!" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taoloning Uzigagina ibodat qilasan, unga hech narsani
ibodatda sherik qilmaysan, Alloh buyurgan namozlarni vaqtida ado qilasan, molingdan zakotni
berasan va silai rahm qilasan", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  25 Sentyabr 2006, 13:26:56

50.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo xalqlarni yaratib bo’lganidan keyin rahm turdi.   Alloh undan: "Nega turding?" - deb so’raganida u: "Ey, Rabbim, uzilib qolishdan panoh so’rovchi sifatida huzuringda turibman", dedi. Shunda Alloh taolo: "Ey, rahm, seni uzgan kishilardan marhamatimni uzsam va uzmaganlardan uni uzmasam shunga rozi bo’lasanmi?" - deb so’raganda, rahm: "Ey, Parvardigori olam! Men albatta bunga roziman", - degan edi. Alloh taolo: "Mening va'dam senga shudir", - dedi. Abu Hurayra (r.a.) shu Hadisni rivoyat qilganlaridan keyin:"Istasangiz "Muhammad" surasi 22-oyatni o’qib ko’ring! Bunda Alloh taolo: "Agar (imondan) bosh tortsangiz, aniqki, sizlar yerda buzg’unchilik qilarsizlar va qarindoshlaringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzasiz, albatta", - degan deb aytdilar".

Rahm - qarindoshlik va bir-biriga bog’lanadigan nasab silsilasi .

Qayd etilgan


Laylo  25 Sentyabr 2006, 13:27:43

Rahm - qarindoshlik va bir-biriga bog’lanadigan nasab silsilasi .

 51. Alloh taoloning: "Qarindoshga, miskin va yo’lovchiga (xayr-ehson qilish bilan) haqlarini ado eting"(17:26) - degan oyati haqida. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bu oyatni shunday tafsir qilganlar: "Bunda Alloh taolo haqlarning eng zarurini berishga buyurdi. Mablag’i bo’lsa, amallarning eng afzali bo’lgan qarindoshlarga, miskin va yo’lda qolgan musofirlarga berishga da'vat qildi. Agar mablag’i bo’lmasa, yuqoridagi kishilarga qanday muomala qilish kerakligini o’rgatib, "Agar Siz Rabbingiz (tomoni)dan bo’ladigan marhamatdan umidvor holingizda ulardan (qarindosh, miskin, yo’lovchilardan) yuz o’giradigan (yordam bermaydigan) bo’lsangiz, u holda ularga yumshoq so’z ayting!" (17:28), ya'ni mana. mol kelib qolar, inshoalloh, mol kelishini kutib turibman kabi so’zlar bilan yaxshi va'da qil, deydilar. "Qo’lingni bo’yiningga sirtmoqlab qo’yma", ya'ni hech narsam yo’q deb, berishdan qo’lingni tortma."Qo’lingni juda yozib ham yuborma", ya'ni bor-yo’qingni berib ham yuborma. "U vaqtda malomatga qolasan", chunonchi keyin kelganlarga bera olmaganing uchun seni malomat qiladi. "Toliqib, qiynalib o’tirasan", ya'ni berib qo’ygan kishilaring seni mashaqqatga solib qo’ygan bo’ladi.

Qo’lni bo’iishta sirtmoqlash - baxil bo’lishiga kinoya.

Bu oyatning ikkinchi tafsiri: "Muhammad (a.s.)ning dinidan yuz o’girib, johiliyat zamonidagi kabi buzuqlikka yo’l qo’yish va qavm-qarindoshlar bir-biri bilan urishib, qarindoshlikni batamom uzib yuborganliklari kabi holga qaytmag’ingizni tilaysizmi .

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:36:48

27-bob. Qarindoshlikni uzib yubormaslikning fazilati haqida

52. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir sahobiy kelib: "Yo Rasululloh,
mening qarindoshlarim bor, men ularga silai rahm qilaman, qarindoshlikni uzadilar. Ularga yaxshilik qilaman, ular menga yomonlik qiladilar. Ular jabru jafo qilsalar ham ogirlik va sabr qilaman", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Agar gaping to’gri bo’lsa, ularning ogziga qizdirilgan kulni solgandek bo’libsan. Sen shu. ishingni davom ettiraversang, Alloh taolo sening yordamingda bo’ladi va ularning jabru jafosini daf qiladi", dedilar

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:37:24

54. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) bitta barmoqlarini egib: "Rahm so’zi Alloh taoloning Rahmon nomidan (shu barmogamdek) unib chiqqan bir shoxchadir. Uni birov uzmasa, Alloh taolo  uzmaydi va kim uzib qo’ysa, Alloh ham uni uzib tashlaydi. qiyomat kuni rahmga Alloh taolo fasohatli, o’tkir va ochiq so’zlaydigan til beradi", dedilar.

Kim silai rahmni uzgan-uzmaganligini ochiq bayon qilish uchun Alloh qiyomat kunida unga ozining qudrati bilan til beradi, bu til kimlarningdir foydasiga yo zarariga da'voni isbot qladi.
Hz. Oyisha (r.a.)dan ham shunday hadis vorid bo’lganligini imom Muslim xabar qilgan, binobarin, 55-hadis 54-hadisning takrori bo’lgashshgi sababli tushirib qoldirdik.

Qayd etilgan


Laylo  26 Sentyabr 2006, 12:37:50

55. Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)dan rivoyat qilindi. U kishi Rasululloh (s.a.v.)dan quyidagi hadisni eshitdilarkim, Rasululloh (s.a.v.) aytmishlar: Alloh taolo "Men dunyodagi hamma borliqqa rahm qiluvchi Rahmonman va rahmni yaratib, Rahmon degan nomimning harflaridan tarkib topgan rahm so’zini unga ism qilib qo’ydim. Endi kim rahmni uzmasdan yursa, men undan rahmatimni uzmayman va kim uni uzib qo’ysa, men hm undan rahatimni uzib qo’yaman", degan.

Qayd etilgan