Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609624 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:25:56

216-bob. Imoratlarni naqshlash haqida

464.  Abu Huray (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Odamlar uylarini naqshlar bilan bezaydigan davr kelmaguncha qiyomat bo'dmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:26:43

465. Mug'ira ibn Shu'ba (r.a.)ning kotiblari Varrod aytdilar: "Hz. Muoviya Mug'iraga Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan hadislaringdan menga yozib yubor, deb xat yubordilar. Shunda Mug'ira: Nabiy muhtaram (s.a.v.) har bir farz namozning oxirida yoki undan keyin: "Lo iloha illallohu vahdahu, lo sharika lah, lahul mulku va lahu-l-hamd. Va huva alo kulli shay'in qadir, Allohumma lo mone'a limo a'taytaa va lo mu'tiya limo mana'ta va lo yanfa'u za-l-jaddi minkal-jadd" ka-limalarini aytar edilar, deb yozdilar. Yana u kishi shu xatida Rasululloh (s.a.v.) bo'lar-bo'lmas
gaplarni naqya qilib yurishdan, ko'p savol berishdan, molni noo'rin yerlarga zoe qilishdan, ona va otalarga oq bo'lishdan, qiz bolalarni tiriklayin ko'mishdan va so'ragan kishilarga bermay, olib kelaver, demakdan qaytarganlar, deb yozib yubordilar".

Kalimaning ma'nosi: Allohdan bo'lak xudo yo'q, u yolgaz, sherigi yo'q, chin egalik va hamdlar unga xosdir. Alloh taolo o'zi xohlagan narsani qilishga qodir. Ey, Alloh! Sen nimani bersang, uni hech kim man' qilolmaydi va man' qilganingni boshqalar beraolmaydi. (Dunyoda) boylikka erishgan kishilarga boyligi (oxiratda) foyda ber-maydi (bunga boshqa izohlar ham bor).

Bu hadis mazmuni 16-hadisda va 447-hadisda qisman bor.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:26:55

466. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringizni dunyoda qilgan amallari do'zaxdan qutqazolmaydi", dedilar. Sahobiylar: "Yo Rasulalloh, sizning ham amallaringiz qutqazmaydimi?" - deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo menga rahm qilmasa, amallarim meni ham qutqazmaydi", dedilar. Yana Rasululloh (s.a.v.): "To'g'ri yo'lda bo'linglar. Erta bilan va kechqurun va kechaning bir qismida ibodat bilan mashg'ul bo'ling, imorat qilishda ham o'rtacha holni tuting. Shunda mo'ljalga yetasizlar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:27:54

217-bob. Muloyim bo'lish haqida

467-hadis 414-hadisning aynan takrori.

"Al-adabu-l-mufrad"ning turkcha nashrida (2005 yil) 468-hadis Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qshingan, deb ko'rsatilgan va imom Muslim ham naql qilgan. 469-hadis ayni shu hadislarning takrori va keyinda keladi-gan hadis shu hadislardagi mazmunni ifoda etadi.


470.  Abu Dardo (r.a.)rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimgaki muloyimlikdan nasiba berilgan bo'lsa, unga yaxshilikdan nasiba ato qilingan bo'ladi va   kim undan maxrum qilingan bo'lsa, yaxshilikdan ham mahrum bo'lgan bo'ladi. Kdyomat kuni mo'min bandaning tarozusini og'ir qiladigan narsa yaxshi axloqdir. Alloh taolo yomon so'z va yomon fe'llik kishiga albatta g'azab qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:28:34

471.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Yaxshi sifatlik, salohiyatlik kishilar Qoqilib ketsa, ularni turg'azib qo'yinglar", dedilar".

Shu hadis yuqorida ko'rsatilgan turkcha nashrda "Solih amal sohibi bo'lgan kimsalarnshg kichik xatolarini kechirib yuboring", deyilgan va u ham hz. Oyishadan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:28:55

472. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Kimda axmoqlik va nodonlik bo'lsa, hamisha uyatga qo'yadi. Alloh taolo latif va muloyimlikni sevadi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:30:25

473.  Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) parda ichida o'tirgan qizdan ham uyatchanroq edi-lar. Rasululloh (s.a.v.)ning bir narsadan ko'ngillari olinganini ranglari o'zgarganidan bilar edik".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:30:47

474.  Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshi siyrat, chiroyli hay'at va har bir ishda iqtisodchilik yetmish xislatdan bir bo'lagidir", dedilar".

Yaxshi siyrat - xalq bilan yaxshi muomalalik bo'lish, chiroyli hay'at shaklni, ko'rinishni yaxshi qilib yurish, iqtisod esa, har bir ish va harakatda, hatto ibodatda ham o'rtacha holda bo'lishlik-ni kishi o'ziga lozim tutishidan iboratdir.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:31:09

475.  Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men o'jar, bo'yin bermaydigan tevaga mingan edim, Rasululloh (s.a.v.) uni urganimni ko'rib: "Muloyim bo'l, kimda muloyimlik bo'lsa, husn va kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo'lmasa, u aybli va nuqsonli bo'ladi", dedilar".

Turkcha nashrda hz. Oyisha (r.a.)dan quyidagi hadis rivoyapg qshingan: "Muloyim bo'l; zero muloyishik insonni bezaydi. Kupollik kishini xunuk ko'rsatadi". (Imom Buxoriy. Adabu-l-mufrad. Tarjima, tahrir va ta'-liq etuvchi Rauf Pahlavon, 2005, 191-bet).

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:31:27

476.   Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "O'ta baxillik va mol-mulkka xirs qo'yishdan saklaning, chunki baxillik sizdan ilgari o'tgan kishilarni halok qilgan. Shu baxilliklari tufayli ular bir-birlarining qonini to'kkan va qarindoshlikni uzib qo'yishgan. Birovga zulm qilishlik qiyomat kuni zolimni qorong'ulikka tushiradi", dedilar".

Qayd etilgan