Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608749 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:32:36

218-bob. Saranjomlik haqida

477. Kasir ibn Ubayd aytdilar: "Men ummu-l-mo'minin hz. Oyisha (r.a.) huzurlariga kirdim. Shunda u zot menga: ozgana sabr et, men lungamni yamab olay, dedilar. Men u zotga agar bu voqeani chiqib odamlarga gapirsam, ular sizni albatga baxil, deb hisoblashadi, dedim. Oyisha (r.a.): "Mayli, o'zing bilasan. Eski kiyim kiymaydigan kishida yangi kiyim bo'lmaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:32:49

219-bob. Muloyimlikning avloliga haqida

478. Abdulloh ibn Mug'fil (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh muloyimdir. Yumshoq fe'lli bandasini sevadi. U dag'al bandasiga emas, muloyim fe'lli bandasiga ajr-mukofot beradi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:36:26

220-bob. Cho'chitmaslik haqida

480.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga dindagi og'ir mashaqqatli amallarni emas, yengil va osonlarini buyuring, ularni xotirjam qiling, og'ir amallarni buyurib dindan Qo'rqitib, cho'chitib yubormang", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:36:52

481.  Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi, aytdilar: "Bani Isroil qavmidan bir kishining uyiga mehmon keldi. Ularning hovlisida bir urg'ochi it bo'lib, unga egalari "Mehmonimizga vovullab uning tinchligani buzmagan", deb tayinlashdi.It o'zi vovullamasa ham qornidagi bolalari akillashdi. Shunda ular bu voqeani o'z payg'ambarlariga zikr qilganlarida, payg'am-barlari: "Bu hol sizlardan keyin bo'ladigan bir mshshatning holiga o'xshaydi. Ular orasidagi nodonlari donolari ustidan hukmronlik qiladi", degan ekan".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:37:11

221. Nazokatlilik haqida

Bu bob Shamsuddinxon Boboxonov tarjimasida "Ahmoqlik va johil-lik", deb atalgan, asl matndagi sarlavhani qo'ydik.Hz.  Oyishadan rivoyat qilingan 482-hadis turkchadagi 475-hadis va bizning nashrimizdagi 475-hadisning qisman takrori.

483. Abu Nazra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi shunday hikoya qildilar: "Bizlar(ning qabilamiz)dan bo'lgan Jobir (yoki Juvaybir) degan kishi aytdi: "Men hz. Umarning xalifalik vaqtlarida u kishidan bir hojat talab qilib Madinai munavvaraga keddim. Kelgan vaqtim kechasi bo'lgani uchun huzurlariga erta-si kuni erta bilan kirdim. U zot bilan bo'lgan suhbatimiz orasida men bu foniy dunyo haqida gapirib, Alloh taoloning menga bergan so'zga ustaligi va ziyrakligi bilan bu dunyoni hech arzimaydigan haqir bir narsa, deb isbot etishga harakat qildim. Shu vaqtda hz. Umar yonlarida oq kiyim kiygan oq sochli bir kishi o'tirgan edi. Men gapimni tamom qilganimdan keyin u kishi menga qarab: "Hamma gaplaringiz aqlli, ammo bu dunyoni shu qadar tahqirlashingiz uncha ma'qul emas. Dunyo nimadan iborat, bilasizmi? Oxiratga erishmoq yoki oxirat uchun zod-roxila tayyorlamoq shu dunyoda bo'ladi. Oxirat kuni jazosini ko'radigan yaxshi-yomon ish-larimizni mana shu dunyoda qilamiz", deb dunyoning yaxshi tomonlarini mendan ko'ra yaxshiroq bilishini isbot qildi. Shunda men: "Yo amir al-mo'minin! Bu yoningizdagi kishi kim bo'ladilar?" - deb so'radim. Hz. Umar: "Bu musulmonlarning sayyidi Ubay ibn Ka'b (r.a.)dirlar", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:37:51

484.  Baro ibn Ozib (r.a.u aytdilar: "Rasululloh (s.a.v):Allohtaoloningberganne'matlariuchunrozi va xursand bo'lmaslik va unga shukrona qilmaslik katta gunohdir", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:38:42

222-bob. Molni tejash va ko'paytirish haqida

485. Horis ibn Luqayt Naxa'iy (r.a.) aytdilar: "Qaysi birimizning biyamiz qulunlasa, u, men bu toycha katga bo'lib minishga yarokdi bo'lguncha yasharmidim deb, uni so'yib yuborardik. Shundahz. Umar (r.a.)dan bizga: "Alloh taolo sizga bergan rizqni isloh qiling, tuzatinglar. Chunki qiyomat qoyim bo'lishi hali uzoq va balki ta'xir bo'lar", degan mazmundagi xatlari keldi".

Ya'ni yangi tug'ilgan molni boqib katta qilinglar va ko'paytiringlar

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:40:01

486. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Birortangiz ekish uchun qo'lingizda bir ko'chatni ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bo'lib qolsa-yu, qoim bo'lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko'zingiz yetsa, albatta ekib qo'ying", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:40:12

487-hadis. Dovud ibn Abi Dovud aytdilar: "Menga Abdulloh ibn Salom: "Sen bir ko'chatni ekayotgan vaqtingda, Dajjol chiqib qolibdi, deb eshitsang ham, uni tuzatib ekishga harakat qil, chunki undan keyin Ham odamlar yashaydi", dedilar".

223-bobdagi 488-hadis "Ota-onaning duosi" degan 17-bobdagi 32-hadis-ning aynan takrori.
224-bob. Allohdan rizq so'rash haqida


Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:40:38

489. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi Nabi muhtaram (s.a.v.)ning minbar ustida Yaman tomonga qarab: "Ey, Alloh, bularning ko'ngli-ni bizga moyil qil!" deganlarini, Iroq tomonga va boshqa hamma tomonlarga ham qarab shunday duo qilib, keyin: "Ey, Alloh, yerning boyligidan rizqimizni ber! Bizning madd va so'larimizga barakot ber", deb Allohdan so'ragan-larini eshitdim, dedilar.

Madd - o'lchov miqtsori bo'lib, bir so'ning to'rtdan biriga yoki ikki ratl (bir ratl 449,28 gr)ga teng, so' esa besh va uch chorak ratl (yoki sakkiz ratl)ga tengdir.

Qayd etilgan