Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608864 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:44:33

227-bob. Tunda bemorni ko'rish haqida

504. Xolid ibn Rabi' (r.a.) aytdilar: "Huzayfa ibn Yamon (r.a.)ning betobliklari og'irlashgan vaqtda urug'-aymoqlari va ansorlar eshitib, yarim kechada oldilariga kelishdi. Shunda Huzayfa (r.a.): "Bu qaysi vaqt?" - deb so'radilar. Ular: "Tun yarmi", deb javob berganlarida, Huzayfa (r.a.): "Tongotar vaqtidagi do'zax o'tidan Alloh taolodan panoh so'rayman", dedilar-da, keyin: "Men uchun kafanlik narsa olib keddingizmi?"- deb so'radilar. Ular: "Ha, olib keddik", deganlarida, Huzayfa (r.a.)' "Kafanlikni haddan ortiqcha yoki narxi qimmat narsadan qilmanglar. Agar Alloh taolo huzurida yaxshilik menga nasib bo'lgan bo'lsa, bu kafandan yaxshirog'i beriladi. Yoki ish aksincha bo'lib qolsa, bu kafanni darhol mendan tortib olinadi, ya'ni bu kafan chirib, tuproqqa aylanadi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:44:41

505. Hz. Oyisha (r.a.)danrivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Qaysi bir mo'min banda betob bo'lsa, Alloh taolo uni gunohlaridan temirchining bosqoni temirning ifloslarini tozalaganidek tozalaydi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:45:05

506. Yana hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Bir musulmon kishiga og'riq yoki betoblik oriz bo'lsa, hatto biror yeriga tikon sanchilsa yoki hayotdagi hodisalardan biror hodisaga uchrasa, Alloh taolo shularni u kishining gunohlariga kafforat qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:45:22

507. Sa'd ibn Abi Vaqqos (r.a.)ning qizlari Oyishadan rivoyat qilindi. Oyishaning otasi aytdilar: "Men Makkai Mukarramada qattiq betob bo'ldim. Shunda Rasululloh (s.a.v.) mening holimni so'ragani keldilar. Men: "Yo Rasulalloh, men o'zimdan keyin bir qancha mol Qoldirib ketaman. Ammo orqamda bshtagina qiz qoladi. Shuning uchun molimning uchdan ikki hissasini vasiyat Qilib, bir hissasini qizimga qoldirsam?" - dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, mumkin emas", dedilar. "Bo'lmasa yarmini vasiyat qilaman". Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, bu Ham joiz emas",
dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Mayli, uchdan birini vasiyat qilsangiz bo'ladi. Lekin uchdan biri ham ko'p", dedilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) muborak qo'llarini mening peshonamga qo'yib, yuzimni va qornimni siladilar-da: "Ey, Alloh! Sa'dga shifo ber, u kishining hijratlarini tamomiga yetkazgin", deb duo qildilar. "Mana shu vaqtgacha Rasululloh (s.a.v.)ning qo'llarining jigarimga tekkan sovug'ini sezib turgandek bo'laman", dedilar Sa'd.

Sa'd ibn Abi Vaqqos Makkadan Madinaga hijrat qilgan sahobiylardan biridir. Makka fathida kasallanib, shu kasallik bilan o'lib ketaman, shekilli, deb hijratining chala qolishidan xavfsirab Rasululloh (s.a.v.)dan duo so'ragan edi. Bu hadisi sharif Rasululloh (s.a.v.)ning mu'jizalaridan birini namoyish etgan: Savd ibn Abi Vaqqos Rasululloh (s.a.v.)ningduolari bilan tuzalish bilan birga Iroq va uning atroflarining fathida ham ishtirok etdi, so'ngra Iroqqa voliy etib tayinlatsdi. Bu orada juda ko'p odamlarning hidoyat yo'lini topishlarida vasila ham bo'ldi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:47:03

228-bob. Xasta mo'minning savobi

508.  Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi betob bo'lib qolsa, u sog'lomlik vaqtida qilib kelgan amalidek savob yozilib boraveradi", dedilar".

Ya'ni u kishi sog'lom vaqtida yaxiga amallarni qilgan va niyatida shu amalini davom ettirmoqchi edi, lekin betobligi bu niyatiga mone'lik qilgani uchun afsuslansa, sog'lomlikda qilgan amalining savobidek savobga ega bo'laveradi

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:47:11

509. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh agar bir musulmonning jismiga dard bersa, xastalik muddatida sog'lik paytidagi qilgan ibodatlarining savobi yozilib boraveradi. Agar xastalik paytida uning ruhini qabz etsa, uning barcha gunoxlarini avf etib, jannatga doxil qilur".

510-hadis 509-hadisning takrori bo'lib, Anas ibn Molik bu hadisi sharifga "Shoyad xastaga shifo bersa, uni rohatga muyassar qilur", degan jumlani qo'shganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:49:15

511. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) ga bezgak kasalligi kelib, meni eng yaxshi ko'radigan kishilaringazga yuborsangiz, deb iltimos qildi. Rasu-lulloh (s.a.v.) uni ansorlarga borishga tavsiya qildilar. bezgak ular jismida olti kecha-yu olti kunduz turib qoldi. Bu hol ansorlarga og'ir tushdida, Rasululloh (s.a.v.)ga borib shikoyat qilishdi. Rasululloh (s.a.v.) ularning hovli va uylariga birma-bir kirib, Alloh taolodan shifo berishini so'rab, duo qildilar. Keyin qaytib ketayottanlarida bir xotin ergashib kelib: "Sizni payg'ambar qilib yuborgan Alloh nomi bilan qasam ichib aytaman, men ham, otam ham shu ansorlardanmiz. Ular haqiga duo qilganingizdek, mening haqimga ham duo qilsangiz", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xo'p, agar istasang, men Alloh taolodan shifo berishini so'rab duo qilaman, istasang sabr etasan, Alloh taolo senga jan-nat beradi", dedilar. U xotan: "Unday bo'lsa men sabr etaman va jannatni hech narsaga almashmayman", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:49:23

512. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Menga tegadigan dardlarning eng yaxshisi bezgaqdir, chunki bezgak kelganda mening hamma a'zolarimga kiradi. Alloh taolo savobdan har bir a'zoimga o'z hissasini beradi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:49:29

513. Abu Nuhayla (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishidan: "Bir duo qiling!" - deb so'radtsi. U kishi: "Ey, Alloh! Betoblikni kamaytir, ammo ajru savobini ka-maytirma", deb duo qildilar. Yana: "Duo qiling!" deyilganda, u zot: "Ey, Parvardigorim! Meni o'zingga yaqin kishilardan qilgin, o'z onamni esa, jannatdagi huri aynlardan qilgin!" - deb duo qildilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:49:52

514. Ato ibn Abi Raboh (r.a.)aytdilar: "Mendan Abdulloh ibn Abbos (r.a.): "Senga jannat ahllaridan bo'ladigan bir xotinni ko'rsataymi?" - deb so'radilar.Men: "Ha, ko'rsating", degan edim, u kishi: "O'sha mana bu qora xotin. U Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: "Men
tutqanoq kasalligi bilan og'rib qolaman. Shunda o'zimni bilmay badanim ochilib ketadi. Men uchun bir duo qiling!" - dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Istasang sabr qilasan, senga jannat nasib bo'ladi. Istasang Alloh taolodan bu dardingga shifo berishni so'rayman", dedilar. U xotin: "Sabr etaman, lekin badanim ochilib qolishini qanday qilaman? Duo qiling, badanimning ochilishi yo'q bo'lsin", dedi. Rasululloh (s.a.v.) duo qildilar".

515-hadis mazmuni 506-hadisda bor va bu Ibn Jurayjdan rivoyat qilingan. Abu Hurayradan rivoyat qilingan 516-hadis ham shu hadisning mazmushdandir. Jobir ibn Abdumohdan rivoyat qshingan 517-hadisda ham shu mazmun.

Qayd etilgan