Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 609979 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 ... 116 B


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:50:36

229-bob. "Men xastaman", demak shikoyat hisoblanadimi?

518. Urva ibn Zubayr aytdilar: "Biz Abdulloh ibn Zubayr o'ldirilishlaridan o'n kecha ilgari u kishi bilan onalari Asmo' (r.a.) huzurlariga kirgan edik. Abdulloh: "Ahvolingiz qalay?" - deb so'raganlarida, Asmo': "Betobman, hamma yog'im og'riydi", dedilar. Shunda Abdulloh: "Men ham o'lim oldidaman (ikkinchi rivoyatda: o'limda rohat bor)", degan edilar. Asmo': "Sen mening o'lishimni xohlayotibsan shekilli, shuning uchun o'limni orzu qilayotibsan, bunday qilmagan. Men sening ikki tarafingdan biri menga kelmaguncha yoki o'ldirilsangu, shunga sabr etib savob olmagunimcha yoxud g'alaba qozonganingni ko'rib, ko'zim quvonmaguncha o'lishni istamay-man. Senga bir reja taklif qilinsa, uni qilishdan o'zingni ehtiyot qil! Chunki u senga keyin muvofiq kelmay qolib, o'limdan qo'rqqaningdan qabul qilishga majbur bo'lib qolasan", dedilar".

Asmo' (r.a.)  hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning qizlari. U zot xz Oyisha (r.a.)dan katta edilar. Homilalik holida Madinaga xij-rat qilib ketayotganida, Qubo degan joyda Abdulloh ibn Zu-bay-rni tug'dilar. Asmo' Zubayr ibi Avomning xotini bo'lib, keyin undan taloq bo'lgan edilar. Abdulloh ibn Zubayr Islom paydo bo'lgan-dan keyin musulmonlar orasida birinchi tug'ilgan far-zand bo'ldi-lar va Rasulullohning o'zlari tabarruk og'izlarvda chaynalgai xur-mo bilan uning tanglayini ko'tardilar.Ikki taraf - ikki qo'l va ikki oyoq bo'lib, shu a'zolaring shi-kastlanmaguncha, deyilmoqchi. Asmo' o'g'illari Abdulloxdan oldin vafot etishni xohlamadilar. Chunki Abdulloh shahid bo'lishini yoki g'alaba qozonganini ko'rib, xursand bo'lish umidida edilar. Bu al-batta o'g'lilariga bo'lgan xayrixohliklarining nishonasi edi.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:50:44

519. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi. Bu kishi Rasululloh (s.a.v.) isitmalanib, ustlariga shokilalik kiyimlarini tashlab yotgan vaqtlarida huzurlariga kirib, badanlariga qo'llarini tekkiz-gan edilar, kiyimlari ustidan isitmaning haroratini sezib: "Yo Rasulalloh! Isitmangiz juda qattiq-ku", deganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Ha, shunday. Biz (payg'ambar)larga Alloh taoloning balosi qatgiq bo'ladi va shuning uchun ajru savobimiz ham necha barobar ziyoda qilinadi", dedilar. Abu Said: "Yo Rasulalloh! Odamlarning qaysilariga balo qatgiqroq bo'ladi?" - deb so'radilar. Rasul-ulloh (s.a.v.): "Payg'ambarlar va solih bandalarga (boshqa kipshlarga nisbatan) qatgaqroq bo'ladi. Shulardan qaysilari kambag'allikka mubtalo bo'lib, faqat old tomoni ochiq bitga kiyimdan bo'lak kiyadigan narsasi bo'lmay, shunga o'ralibgina yurgan, ba'zilari bitlab ketishga mubtalo bo'lib, Hatgo u bitlar uni chaqaverib, o'ddirishgacha olib borgan edi. Ularning (payg'ambarlar va solih bandalarning) Alloh taolo tomonidan yuboriladigan baloga shodliklari sizlarning farovonlikka bo'ladigan shodliklaringizdan ham ko'proq bo'ladi", dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:51:17

230-bob. Hushidan ketadigan bemorni ko'rish haqida

520.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan eshitildi, u kishi: "Men bir dard bilan og'ridim. Shunda Rasululloh (s.a.v.) bilan Abu Bakr Siddiq (r.a.) meni ko'rgani piyoda yurib kelishdi. Shu paytda behush bo'lib yotgan edim. Rasululloh (s.a.v.) tahorat qilib, shu tahorat suvlaridan ustimga sochdilar. Shundan keyin men o'zimga kelib bunday qarasam, yonimda o'tirgan Rasululloh (s.a.v.)ga ko'zim tushdida: "Yo Rasulalloh, molim to'g'risida nima qilmog'im kerak?!" - deb so'radim. Rasululloh (s.a.v.) menga javob qaytarmaslaridan avval meros haqidagi oyat nozil bo'ldi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:51:57

231-bob. Betob bolalarni ko'rish haqida

521.  Usoma ibn Zayd (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Fotima (r.a.)ning kichik bir o'g'li betob bo'lib, og'irlashdi. Shunda Fotima: "O'g'ilcham o'lim oldida", deb Rasululloh (s.a.v.)ga kishi yubordilar. Rasululloh (s.a.v.) u kishiga: "Qizimga borib ayt, Alloh taolo nimani bandalariga bersa va nimani ulardan olsa, hammasi o'zining mulkidir. Alloh nazdida hamma narsaning ma'lum vaqti bor, qizim sabr qilsin va sabr qilgani uchun Alloh taolo beradigan ajru savobidan umidvor bo'lsin. Shu gaplarimni qizimga yetkazgan", dedilar. U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning gaplarini qizlariga borib aytdi. Qizlari qasam ichib: "Otam albatta kelsinlar", deb yana odam yubordilar. Shundan keyin Rasululloh (s.a.v.) bir necha sahobiylari, jumladan, Sa'd ibn Abboda (r.a) bilan qizlarinikiga bordilarda, bolani ikki emchaklari o'rtasiga qo'ydilar. Shu paytda bolaning ko'kragidn eski meshdan shaddirab chiqadigan ovozga o'xshash ovoz chiqib turgan edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) ikki ko'zlaridan yosh oqdi. Bu holatlarini ko'rib Sa'd ibn Abboda: "O'zingiz Allohning Rasuli bo'la turib nega yig'laysiz?" - degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Men Allohning taqdiriga norozi bo'lib jaza' qilib emas, balki bu bolaning holiga rahmim kelib yig'layotibman. Alloh taoloning marhamati faqat marhamatli rahmdil bandalarga bo'ladi", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:54:23

232-bob. Xotini xasta bo'lgan kishiga shafqat

522.  Ibrohim ibn Abi Abladan rivoyat qiliqdi, u kishi aytdilar: "Xotinim betob bo'lib qoldi. Shu vaqtda men Ummu Dardo (r.a.) oldilariga borardim. Ummu Dardo mendan: "Ahling (xotining) qalay?" - deb so'radilar. Men: "Xotinim hamon betob", desam, u kishi menga taom keltirib ovqatlantirib yuborardilar. Yana bir borganimda xotinimning holini so'radilar. Men: "Biroz tuzalib qoldi", degan edim, Ummu Dardo: "Xotinim betob deb yurganing uchun senga taom berar edim. Endi u tuzalib qolgan bo'lsa, men senga taom berolmayman", dedilar".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:54:39

233-bob. A'robiylarni ziyorat qilish haqida

523. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) bir a'robiyning betobligini so'rash uchun kirdilarda: "Bu kasallikning senga zarari yo'q. Bu seni, inshoalloh, gunoxlardan poklaydi"dedilar. Shunda a'robiy: "Bu chol kishini qabrga olib borish uchun qaynab toshib turgan isitma-ku",dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Xayr, unday bo'lsa, sening aytganing bo'lsin!" - dedilar", deb naql qiddilar.

Imom Tabaroniy rivoyatlariga qo'ra a'robiy ertasi kechquruts vafot etgan .

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:54:55

234-bob. Bemorni ziyorat qilish fazilati

524. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Bir kuni Rasululloh (s.a.v.): "Kim bugun erta bilan ro'zador bo'lib turdi?" - deb sahobiylarqdan so'ragan-larida, Abu Bakr Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan qaysi biringiz bugun bir bemor-ni borib ko'rdi?" - dedilar. Abu Bakr Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Qaysi biringiz biror kishiga janoza o'qishda hozir bo'ldingiz?", deb so'raganlarida ham Abu Bakr Siddiq: "Men", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) yana: "Bugun qaysi biringiz birorta miskinga taom berdi?" - deganlarida ham Abu Bakr Siddiq: "Men", deb javob berdilar", deb hikoya qila-dilar. Bu hadis roviylaridan Marvon degan kishi Rasululloh (s.a.v.)ning: "Mana shu xislatlar kimda jam bo'lgan bo'lsa, albatga jannatga kiradi", degan gapla-rini men ham eshitganman, dedilar.

Boshqa bir rivoyatga ko'ra Abu Bakr Siddiq (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shu va'dalarini eshitib: "Yo Rasulalloh, shunday inii ikki dunyoda ham hasrat va zoelikni ko'rmagan bo'ladi, albatta", degan edilar, Rasululloh (s.a.v.): "Siz ham shunday kishilardan-siz, deb umid qilaman", dedilar

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:55:04

525.  Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a,v.) xastalikning zo'ridan butun vujudi titrayotgan Ummu Soibning ziyoratiga bordilar. "Senga nima bo'ldi? - deb ahvol so'radilar xotindan. "Isitma vujudimni kuydiryapti, yo Rasulalloh! Alloh uni daf' etsin", dedi xotin. "Jim, xastalik haqida yomon so'z qilma. Bosqonning dami temirning zangini ketkazgandek, xastalik ham mo'minning xatolarini o'chiradi", dedilar Rasululloh (s.a.v.).

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:55:17

526. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Alloh taolo qiyomat kuni bir bandaga men sendan taom so'raganimda ber-magan eding", dedi. U banda: "Ey, Parvardigori olam! Sen mendan qanday qilib taom so'rabsan? O'zing butun jahonning rizqlantiruvchisisanku axir", dedi. Alloh taolo: "Sen bilmadingmi? Falonchi bandam sendan taom so'raganda bermagan eding. Agar o'shanga taom bergan bo'lganingda, uni albatta mening oldimda topar eding", dedi. Yana Alloh taolo: "Ey, odam bolasi! Men sendan suv so'raganimda suv bermagan eding", dedi. U kishi: "Ey, Rabbim! O'zing rabbil olamiynsan, men senga qanday suv beraman?" - dedi. Alloh taolo: "Bilmadingmi? Falon bandam sendan suv so'raganda bermagan eding, unga suv berganingda, albatta uni mening oldimda topgan bo'lar eding", dedi. Alloh taolo yana: "Ey, Odam farzandi! Betob bo'ldim, sen meni kelib ko'rmading", dedi. U kishi: "Ey, Alloh! Sen betob bo'lmaysan, o'zing rabbil olamiynsan, men Sening betobligingni qanday so'rayman", dedi. Alloh: "Sen bilmadingmi? Falonchi bandam betob bo'lganda borib so'ramading. Agar borib so'ragan bo'lganingda, albatta, uni mening oldimda topar eding", dedi".

Qayd etilgan


Doniyor  01 Oktyabr 2006, 06:55:25

527. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Bemor kishini borib ko'ringlar, janozalar orqasidan qabristongacha yoki masjidgacha boringlar. Chunki bu ish sizga oxirat kunini eslatadi", dedilar".

Qayd etilgan