535. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Madinai munavvaraga kelgan vaqtlarida Abu Bakr Siddiq bilan Bilol (Habashiy)ni isitma-bezgakushladi. Men ikkalalarining ham huzurlariga kirib: "Otajon! O'zingizni qanday his qilayotabsiz? Yo Bilol! Siz ham o'zingizni qanday sezayotabsiz?" - deb ahvollarini so'radim. Otam Abu Bakrni bezgak tutgan paytda: "O'lim erta bilan O'z ahyai ayoli orasida o'tirgan kishiga ham kelaveradi. O'lim kishiga o'z oyoq kiyimlarini bog'laydigan itstsan ham yaqinroqdir", degan she'rni o'qidilar. Ammo hz. Bilol bezgaklari pasaygan vaqtda ovozlarini chiqarib: "Koshki biror kecha Makkada bo'lib, atrofimda izxiru jalil degan o't-o'lanlarni ko'rish, Majna suvlariga tushish, Shoma va Tufayl tog'larini ko'rish menga muyassar bo'lganini bil-sam edi", mazmunidagi ikki bayt she'rni o'qirdilar. Men bu holatlarini ko'rib, Rasululloh (s.a.v.)ga kelib aytgan edim, Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Alloh! Bizlarga Madina-ning Makka kabi yoki undan ham ko'proq muhabbatini ko'nglimizga sol, undagi kasallarni tuzat, uning so' va maddlariga bizlar uchun barakot ber va uning bezgagini Juhfaga yubor", deb duo qildilar".
Vodiy deb Makka shahri iroda qilindi. Izxir - xushbo'y o'simlik, jalil ham hovlilarda tikka o'sadigan nozik o'simlik. Majna - ilga-ri bozor joy bo'lgan, u Makkadan bir necha mil maso-fada joylash-gan. Shoma va Tufayl Makka yaqinidagi ikki tog' yoki buloq nomi. Juhfa - Misr, Shom va mag'riblnklar hajga kelganda ehrom bog'laydigan joylarning nomi. Juhfada Rasululloh (s.a.v.) da'vatlari-ning rivojiga qarshi kishilar bo'lgan bo'lsa kerak. Shuning uchun: "Ma-dina bezgagini juhfaliklarga yubor", deb duo qildilar