251-bob. Takabburlik haqida
558. Abdulloh ibn Amr aytdilar: "Bizlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o'tirgan edik. Shu paytda sahroda yashaydiganlardan ipakli kiyim kiygan bir kishi kelib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida tik turgan holda bizlarga qarab: "Sizlarning birodaringiz (ya'ni Muhammad (a.s.) ot ustida yurishni yaxshi biladigan, aqlli va tajribakor kishilarning darajasini pastga tushirdi (ikkinchi rivoyatda: tushirmoqchi) va har bir podachining obro'sini ko'tarmoqchi bo'ldi", dedi. Shun-da Rasululloh (s.a.v.) uning kiyimlaridan ushlab turib: "Ustingda aqlsiz bir kishining kiyimini ko'rayo-tibman", dedilarda: "Alloh taoloning payg'ambari hz. Nuh (a.s.) o'lish vaqtlarida o'g'lilariga xitob qilib: "Men senga vasiyat qilaman, ikki narsaga buyurib, ikki narsadan qaytaraman. Birinchi - "Lo iloha il-lalloh" kalimasini aytib yurishingga buyuraman, chunki butun yetti qavat osmon va yetti qavat yerlarni torozining bir pallasiga va "Lo iloha illalloh" kalimasini ikkinchi pallasiga qo'yilsa, bu kalima qo'yilgan palla albatta og'ir keladi. Agar yetti qavat osmon va yetti qavat yerlar hammasi zich bir halqa bo'lsa, "Lo iloha illalloh" kalimasi ularning hammasini mayda-mayda qilib yuboradi. Ikkinchidan, "Subhonallohu va bihamdihi" kalimasini aytib yurishingga buyura-man, chunki bu kalima hamma maxluqotning aytadigan virdidir va shu kalimani aytishlari tufayli Alloh taolo hammalarining rizqini yetkazadi", dedilar. Yana hz Nuh (a.s.): "Seni ikki narsadan, ya'ni Alloh taologa shirk keltirishdan va kibrlanishdan qaytaraman", dedilar. Shunda men aytdim: "Yo Rasulalloh! Bu shirk keltirish nimaligani biz bilganmiz, ammo kibr nimadir? Bir kishida ichki-tashqi kiyimi bo'lib, ularni kiyib yursa, kibr bo'ladimi?" - deb so'raganda, Rasululloh (s.a.v.): "Io'q", dedilar. "Bo'lmasa bir kishida chiroyli tasmalik bir juft kovushi bo'lib, uni g'irchillatib kiyib yursa, kibr bo'ladimi?" Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q", dedilar. "Ot, xachir, teva kabi ulovi bo'lib, uni minib yursa kibr bo'ladimi?" Rasu-lulloh (s.a.v.) yana: "Yo'q", dedilar. "Bir kishining yaxshi suhbatdosh do'stlari bo'lib, ular bilan suhbatlashib o'tirsa, bu kibr bo'ladimi?" Rasululloh (s.a.v.): "Yo'q, bularning hech biri kibrga qo'shilmaydi", dedilar. "Yo Rasulalloh! Endi bo'lmasa kibr nimadan iboratdir?" Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatni, to'g'ri so'zni tan olmaslik va boshqa kishilarni o'zidan past hisob-lashlik kibr bo'ladi", dedilar".