61. Hz. Usmon ibn Affon (r.a.)goshg ozod qilgan qullaridan Abu Ayyub Sulaymon (r.a.) aytdilar: "Abu Hurayra (r.a.) payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bizga keldilarda, o’z qarindoshlariga yaqindan yondashmagan kishilar bizning oldimizdan albatta turib ketsinlar, dedilar. Lekin hech kim turmadi. Abu Hurayra (r.a.) bu so’zni uch martaba qaytarganlaridan keyin bir yigit turib ketdi. U ikki yildan buyon aloqani uzib yurgan ammasining uyiga borib unga salom berdi. Ammasi taajjublanib: "Seni bizga qanday shamol uchirib keldi, qancha vaqtlardan buyon kelmay yurib, endi kelib qolishingning sababi nima bo’ldi?" - deb so’radi. U: "Men Abu Hurayradan shunday gaplarni eshitganim uchun keldim",dedi. Ammasi: "Abu Hurayra oldiga qaytib borib, nima uchun u shunday deganining sababini so’ragin",dedi. Yigit Abu Hurayra (r.a.) oldiga borib so’raganda, Abu Hurayra (r.a.): "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: Har payshanbadan jum'aga o’tar kechasi bandalarning qilgan amallari Alloh taologa ayon bo’ladi. Shu vaqtda o’z qarindoshlariga yondashmagan kishilarning amallarini Alloh taolo qabul qilmaydi", degan
so’zlarini eshitdim", deb aytdilar".