Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608701 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 ... 116 B


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:02:34

598. Abu Said Xudriy (r.a.)dan rivoyat kdlindi: "Rasululloh (s.a.v.) Ashaj Abdulqaysga: "Hakdqatda ham senda Alloh sevadigan ikkita xislat bor: bular vazminlik va ishlarda shoshilmaslikdir", dedilar".

599-hadis 598-hadisning takrori, faqat u Abdulloh ibn Abbosdan ri-voyat qilingan, 600-hadis 597-hadisning takrori, u Mas'ud Abdiydan ri-voyat qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:02:51

268-bob. Zulm va haddan oshmoqlikning jazosi haqida

601. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Farazan bir tog' ikkinchi toqqa zulm qilsa, bu zulm qiluvchi tog' albatta mayda-mayda qilib yubo-riladi", dedilar.

Ya'ni zulm shutsday yomon xulqki, u aslo kechirilmaydi. Bu insonlar va hayvonlar uchunpsha emas, hatto tog' kabi jamodot (noorganik jis-, m)lar ham bir-biriga ta'addi qilsa, o'chi olib beriladi
602-hadis 565-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:03:23

603.  Fuadul ibn Ubayd (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Uch toifa kishklar so'roqsiz jahannamga otiladi: 1. Islom jamiyatidan ajrab, Yaratuvchisiga isyon qilgan osiy. 2. O'z xo'jasidan qochib ketgan cho'ri yoki qul. 3. Eri tirikchilik asboblarini batamom to'g'rilab, safarga chiqib kettanidan keyin, o'zi-ni bejab, begonalarga aralashib, o'z iffatini saqlamay yurgan xotin. Yana uch toifa kishilar haqida ham so'ralmaydi. Birinchi: Alloh rabbil olaminning o'ziga xos bo'lgan katgalik va izzat kiyimini men kiyaman, deb nizo qilgan kishi, ikkinchi: Alloh azza va jallaning ishiga shak va shubha bilan qarovchi kishi, uchinchi: Alloh taoloning rahmatidan umid uzguvchi kishi", dedilar.

Kattalik va izzat kiyimidan murod - men hammadan kattaman, quvvatliman, deb da'vo qilgan kishi.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:03:32

604.  Bakkor ibn Abdulazizning bobolari Abdulloh ibn Abu Bakr (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi ayt-dilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taolo har bir gunohning jazosini istasa, qiyomat kuniga qoldiradi, ammo zulm qilish, ota-onaga oqq bo'lish va qarindoshlikni uzish gunohining jazosini o'lishdan ilgari shu dunyoning o'zidayoq ko'rsatadi", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:03:58

605.  Yazid ibn Asammudan rivoyat qilindi, u kishi dbu Hurayraning: "Sizlardan bittangiz o'z biroda-rining ko'ziga tushgan chang-to'zonlarni ko'radiyu, ammo o'zining ko'ziga tushgan cho'p yoki daraxt novdasini ko'rmaydi", degan gaplarini eshitdilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:04:18

606.  Muoviya ibn Kurra (r.a.) aytdilar: "Men Ma'kil Mazaniy (r.a.) bilan birga edim. U kishi (odamlarga) ozor beradigan bir narsani olib, chetga qo'ydilar. Shunda men ham bir narsani ko'rdimda, u kshpidan oldinroq borib, uni olib tashladim. Ma'kil: "Nima uchun bunday qilding?" - deb so'radilar. Men: "Siz qijaningazni ko'rganimdan keyin men ham shunday qiddim", dedim. U kishi: "Yaxshi qilding, men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Kim musulmonlar yuradigan yo'ldan ularga ozor beradigan narsani olib tashlasa, unga hasana (bir yaxshilik) yoziladi. Uning hasanasi qabul qilinsa, jannatga kiradi", degan so'zlarini o'z og'izlaridan eshshtanman", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:04:33

269-bob. Hadyani qabul qilish haqida

607. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, bu kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: "Bir-birlaringizga hadyalar beringlar, shunda oralaringizda muhabbat paydo bo'ladi", degan so'zlarini rivoyat qildilar.

608-hadis 607-hadisning takrori, faqat u Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:04:58

270-bob. Xafa bo'lib, hadyani qabul qilmaslik haqida

609. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Bani Fizoza qabilasidan bir kishi Rasululloh (s.a.v.)ga bir ona teva hadya kdldi. Rasululloh (s.a.v.) ham unga shu tevasiga barobar keladig'an hadya berdilar. Lekin u kishi bundan g'azablandi. Shunda Rasululloh minbarga chiqib: "Sizlardan biringiz men-ga hadya beradi, men ham unga qudratimga yarasha hadya bersam mendan xafa bo'ladi, menga achchiq qiladi. Endi shu yildan keyin men qurayshiy, saqifa yoki dusiy qabilalaridan bo'lmagan boshqa arablarning hech biridan hadyasini qabul qilmayman",
deb qasam ichganlarini men eshitdim".Chunki bular hadya berganda hech narsa ta'ma qilmay, xolisanilloh beradi. Ammo boshqa qabila kishilari esa Rasululloh (s.a.v.)ga bir narsa berib, berganidan ko'proq narsa olshini umid qilardi. Rasululloh (s.a.v.)ning odatlaridan biri, u zotga bir narsa hadya qilinsa, uni olib hazm qilib ketaverish emas, balki qo'llarida bo'lsa, undan ko'ra ko'proq qilib qaytarish edi.

Ammo bu safarda shu hadya bergan kishiga shuqday qila olmaganliklari uchun u xafa bo'ldi.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:06:17

271-bob. Hayo, uyatchanlik haqida

610.  Abu Mas'ud Aqaba ibn Amr Ansoriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sen xudodan va bandalardan uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver, deyilgan so'z o'tmish payg'ambarlardan meros bo'lib kelgan va keyin kishilar ham uni o'zlariga dasturu-l-amal qilib olgan bir nasihatdir", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:06:23

611. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasuli xudo: "Imon oltmish necha (ikkinchi rivoyatda yetmish necha) shu'balardan iborat bo'lib, ularning eng afzali "Lo iloha illalloh" kalimasi bo'lsa, eng aqllisi odamlarga ozor beradigan narsalarni yo'ldan chetga chiqarib tashlashdir. Hayo ham imon shoxchalaridan biridir", dedilar".

Qayd etilgan