Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608723 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 ... 116 B


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:06:31

612. Abu Said Hudriy (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Rasululloh (s.a.v.) qadimgi arablar odaticha uyda yolg'iz tarbiyalangan qiz boladan ham (Ibn Hajar Asqaloniy ta'birlari bo'yicha: go'shanga ichida o'targan kelinchaqdan ham) uyatchanroq edilar. Bizlar uni muborak yuzlarida hosil bo'lgan o'zgarishdan bilib olar edik", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:06:51

614-hadis. Usmon ibn Affon (r.a.) bilan hz. Oyisha (r.a.) Said ibn Ossga aytdilar: "Rasuli akram (s.a.v.) hz Oyishaning ustlariga tashlab yuradigan kiyimlariga o'ralib, u zotning to'shaklarida yonboshlab yotgan vaqtlarida Abu Bakr (r.a.) kelib kirishga ruxsat so'radilar. Rasululloh (s.a.v.) shu yotgan holatlarini hech o'zgartirmay u kishini qabul qildilar. Abu Bakr Siddiq (r.a.) kirib maqsadlarini aytib bo'lib chiqib ketdilar. Shundan keyin hz. Umar (r.a.) ham kelib ruxsat so'raganlarida hz. Abu Bakr Siddiq (r.a.) kirganlarida qanday o'tirgan bo'lsalar, shunday o'tiraverdilar. U kishi ham hojatlarini bitirib chiqib ketdilar.Hz. Usmon (r.a.) aytdilar: "Hz. Umardan keyin men kelib ruxsat so'raganimda Rasululloh (s.a.v.) yonboshlarini buzib o'tirdilarda, Oyisha (r.a.)ga qarab: "Kiyimlaringai yig'ishtirib qo'y", dedilar. Shunda men ham kirib hojatlarimni bitirib chiqib ketdim. Men ketganimdan keyin hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ga: "Yo Rasulalloh! Siz nima uchun otam Abu Bakr Siddiq bilan Umar ibn Xatgobga qilmagan harakat va muomalani hz. Usmonga kdldingaz?" - deb so'raganlarida Rasululloh (s.a.v.): "Usmon uyatchan odam, sening kiyimingga o'ralib yonboshlab yotgan holimda unga ruxsat berganimda maqsadlarini gapira olmay, uyalib qaytib chiqib ketardi, deb qo'rqib shunday qildim", dedilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:06:59

615.  Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinganiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Hayo qaerda bo'lmasin kishini bezaydi, chirkin so'z har qaerda kishini jirkanch ko'rsatadi", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:07:39

616.  Salim otasidan rivoyat qildi: "Otam shunday degan edilar: "Rasululloh (s.a.v.) birodariga hayo haqida do'q bilan nasihat qilib turgan odamning oldida to'xtab: "Qo'y uni! Hayo imondandir", dedilar.

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan 617-hadis 616-hadisnjg ay-nan takrori.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:07:47

618-hadis hz. Oyishadan rivoyat qilingan, ammo u 614-hadisning takro-ri, faqat Rasululloh oxirgi "Usmon uyatchan odam..." degan jumla o'rnida "Farishtalar ham hayo qiladigan odamdan men ham hayo qilaman", dedshar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:08:17

272-bob. Tongdaga duo

619.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har tong: "Allohga hamd bo'lsinki, tong ottirdik, koinot ham Alloh uchun tong ottirdi. Barcha maqtovu hamdlar Allohga xosdir. Uning sherigi yo'qtsir. Allohdan boshqa iloh yo'q, qaytishimiz yana Uning huzurigadir", der edilar. Shuningdek, har kuni kechqurun: "Barcha hamdu sano Allohgaki, kechqurunga yetishdik. Mulk ham Alloh uchun kechqurunga yetishdi. Allohdan boshqa iloh yo'q, U yagonadir, Uning hech bir sherigi yo'q va yana Uzining huzuriga qaytajakmiz", der edilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:08:41

273-bob. Kishi o'zgani duo bilan eslashi haqida

620.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatda o'zi ham olijanob, uning otasi ham, otasining otasi va uning otasi ham olijanob kishilar bo'lgan Yusuf ibn   Ya'qub ibn Ishoq ibn Ibrohim halilu-r-rahmondir", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Agar men Yusuf (a.s.) turganchalik hibsda turganimda, (qamoqtsan chiqarish uchun) oldimga kelgan chaqiruvchining da'vatini ijobat qilgan bo'lardim. Yusuf (a.s.)ning oldiga kelgan elchi kelganda unga: "Hojang huzuriga qaytib borginda, undan qo'llarini kesib olgan ayollar ishi nima bo'lganini so'ra!" (12:50) - deydi (xotirjamlik bilan). Lut (a.s.)ni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. U "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki kuchli bir suyanchiqqa suyana olsam..." (11:80), degan so'zi bilan kuchli bir suyanchiqqa (ya'ni izzat va ustunlik egasi - Allohga) sig'inishni istagandi. Alloh taolo yuborgan barcha pay-g'ambarlar o'z qavmining boylari edilar".

Da'vatini ijobat qilgan bo'lardim - ya'ni chaqirig'iga javob berib, darhol qamoqtsan chiqqan bo'lardim.Muhammad (hadis roviylaridan biri) aytishicha, hadis matnidagi "Sarvat" davlat va kuch-qudrat demakdir.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:09:04

274-bob. Ixlos bilan qilingan duo

621. Rabi' juma kunlari Alqamaning oldiga kelar edi. Agar men u yerda bo'lmasam, menga odam jo'na-tar edilar. Bir marta u men yo'qligimda kelibdi. Alqama meni uchratib qolib dedi: Rabi' keltirgan (aytgan) narsani ko'rmaysanmi? Kishilarning ko'p duo qilishlariniyu ijobati kam bo'layotganini ko'rmayapsanmi? Chunonchi, Alloh taolo faqatgina ixlos bilan qilingan duolarni ijobat qiladi. Men: "Bu gapni Abdulloh ibn Mas'ud aytmaganmidi?" dedim. U: "Abdulloh nima degandi?" - deb so'radi. Abdulloh: "Alloh taolo sum'achi va riyokorning duosini eshitmaydi", faqat qalbidan sabot bilan duo qilganning duosini qabul qiladi", degan. Eshituvchi: "Alqama (ham buni) zikr qildimi?" - deb so'radi. U: "Ha", deb javob berdi.Sum'achi deb birovlar eshitsin uchun amal qiladigan odamni aytiladi .

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:09:16

275-bob. Duoda qat'iyatli bo'lish kerakligi haqida

622 Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biror kishi duo qilsa, qat'iylik bilan qilsin, Allohim, xohlasang ber-gin", demasin! Zero, Alloh buning uchun uni yomon ko'rmaydi", dedilar".

623-hadis Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan bo'lib, 622-hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:09:37

276-bob. Duoda qo'lni ko'tarish haqida

624. Abu Na'im: "Men Ibn Umar va Ibn Zubayrlar duo qilayotib, kaftlarini yuzlari barobarida ko'tarayotganlarini ko'rdim", dedilar".Bu hadisni Imom Termiziy ham Rasululloh (s.a.v.)dan natsl qilib, ul zotning "Allohga iltijo qshayotganda qo'llaringizni baland ko'taring, behafsalalik bilan duo tsilmang, duo qilib bo'lgach, kaftlaringizsh yuzin-gizga surting", deganlarini aytgan.

Qayd etilgan