Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 608783 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 ... 116 B


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:09:51

625.  Ikrima (r.a.) janobi Payg'ambar (s.a.v.) qo'llarini ko'tarib: "Albatta men bir insonman, meni azobga duchor qilmagin, biror mo'minga ozor yetkazgan yoki uni so'kkan bo'lsam, buning uchun menga azob bermagin", deya Allohga duo qilayotganlarini Oyisha onamiz rivoyat qiladilar, dedi.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:10:14

626.  Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Davs qabilasidan bo'lgan Tufayl ibn Amr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) oldilariga kelib: "Ey, Allohning Rasuli! Davs qavmi osiylik va takabburlik qildilar, ularni duoibad qiling", dedi. Rasululloh (s.a.v.) qiblaga yuzlanib, qo'llarini ko'tardilar. Odamlar ul zot hozir Davs qavmini duoibad qiladilar, deb o'ylashgandi. Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Davs qavmini hidoyatga olgin va (haq uzra) keltirgin", deya duo qildilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:11:56

627. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Bir yili qahatchilik kelib, yomg'ir yog'may qo'ydi. Bir guruh mu-sulmonlar bir juma kuni Nabiy muhtaram (s.a.v.) huzur-lariga kelib: "Yo, Rasulalloh, yomg'ir yog'may qo'ydi, hayvonlar qirilib ketmoqtsa", dedilar. Shunda Rasululloh (s.a.v.) qo'llarini yuqoriga ko'tardilar. Osmonda bir bulut ko'rinmas edi. Ul zot qo'llarini shutsday ko'tardilarki, qo'ltiqlarining oqi ko'rindi, Allohdan yomg'ir so'rab duo qiddilar. Juma namozini o'qib bo'lishimiz bilanoq sharros yomg'ir quydi, shu yaqin atrofda yashaydigan yigit uyiga shoshildi. Kelgusi juma o'sha yigit Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga: "Ey, Allohning Rasuli, uylar (yomg'irdan) vayron bo'layapti, karvonlar to'xtab qoldi", dedi. Ul zot odam bolasining sabrsizligiga tabassum qildilar, qo'llarini ko'tarib: "Allohim, yomg'irni bizning ustimizga emas, atrofimizga yog'dirgin", dedilar. Darhol Madinada yomg'ir tindi.

628-hadis 625-hadisning aynan takrori.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:12:10

629. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: Tufayl ibn Amr Payg'ambarimiz (s.a.v.)dan: "Sizni Davs qavminiki kabi qo'shin va biror bir mustahkam qal'aga ehtiyojingiz bormi?" - deb so'radi. Jobir dedilar: "Rasululloh (s.a.v.) Alloh ansorlarni quvvatlagach, ul zot undan voz kechdilar.Tufayl va u bilan birga qavmidan bir kishi hijrat Qilishdi. Tufaylning sherigi kasal bo'lib bezovtalana boshladi. Qaran degan yergacha sudralib keldida, qo'l tomirlarini kesib tashlab o'ldi. Tufayl uni tushida ko'rdi va: "Senga qanday muomala qilindi?" - deb so'radi. U kishi: "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga qijan hijratim sababidan gunohim kechirildi", dedi. Tufayl: "Qulishta nima bo'ldi?" - deb so'radi. U: "O'zing zarar yetkazgan qo'lingni Biz tuzatmaymiz", deyildi", dedi. Tufayl buni Payg'ambarimiz (s.a.v.)ga aytib bergan edi, Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, uni ikki qo'li bilan birga mag'firat qil", deya qo'llarini ko'tarib duo qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:12:22

630.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, dangasalikdan, qo'rqoqlikdan, keksalikdagi ojizliqdan va baxillikdan sendan panoh so'rayman", deya duo qilardilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:12:37

631.  Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Alloh azza va jalla: "Men bandamning o'ylagan o'yidaman   va Menga duo qilib, Meni chorlasa, Men u bilan birgaman", degan", deb marhamat qiddilar".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:12:51

277-bob. "Sayyidu-l-istig'for" haqida

632.  Shaddod ibn Avs (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Istig'for Allohdan mag'firat tilashdir. Duolarning eng ulug'i ushbudir: "Ey, Al-lohim, (e'tirof etamanki), Sen mening Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo'q, Va (e'tirof etamanki), Sen meni yaratding, yo'qdan bor qilding. Men Sening quling va mahluqingman. Shuningdek, imkonim va toqatim ko'targanicha ("qolu balo"da bergan) so'z va ahdimni amalga oshirishga tirishaman. Va Sendan qil-gan ishlarimning yomonligidan panoh so'rayman. Menga bergan (turfa) ne'matlaringni e'tirof etaman va qilgan gunohlarimni ham bilaman va tan olaman. Shunday ekan, (ey, Allohim), mendan sodir bo'lgan xato va gunohlarni kechir, zero O'zingdan o'zga gunohlarni kecha oluvchi hech kim yo'qdir". Kimki bu duoni kechasi o'qib yotsa va vafot etsa, jannatga kiradi yoki u jannat ahlidandir. Agar kimda-kim ertalab bu duoni o'qisa va shu kuni dunyodan o'tsa, u ham jannatiydir".

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:12:58

633.  Abdulloh ibn Umar(r.a.): "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida yig'ilib qolsak, "Parvardigoro, meni yorlaqagan, gunoqlarimni kechirgan. Shubhasiz, Sen tavbalarni qabul etuvchi Zotsan", deya yuz marta takrorlardik", dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:13:21

634. Hz. Oyisha (r.a.)dan rivoyat qilindi, ul zot aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) peshin namozini o'qidilar. So'ng yuz martacha "Parvardigorim, gunohlarimni mag'firat qil, albatta Sen tavbalarni qabul etuvchi Zotsan", deya takrorladilar".

Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilingan 635-hadis 632-hadisning aynan takroridir.

Qayd etilgan


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:14:27

636.  Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning "Allohga tavba qilinglar, men har kuni yuz marta tavba qilaman", deganlarini eshitdim".

Qayd etilgan