645. Shaqiq Balxiy (r.al.) aytdilar: Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) ushbu duoni ko'p takrorlardilar: "Parvardigoro, oralarimizni isloh qilgin, bizlarni islom yo'liga yo'llagin, bizlarni (zalolatning) zulmatidan (hidoyatning) oydinligiga yetaklagin, oshkora va maxfiy fahsh-buzukliklardan bizni nari qilgin, quloqlarimizni, ko'zlarimizni, qalblarimizni, axliayol va avlodu zurriyodlarimizyi barokotli qilgin. Parvardigoro, bizlarni bergan ne'matlaringga shukr qiluvchi, uni e'tirof etuvchi va bu ne'matlar barobarida o'zingga hamdu sano aytuvchi qilgin hamda bizlarga beradigan ne'matlaringni mukammal qilib bergin".