Imom al-Buxoriy. Al-adab al-mufrad  ( 610231 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 116 B


Laylo  01 Oktyabr 2006, 09:18:47

658.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning "Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh taolo unga 10 ta rahmat yuboradi va 10 xatosini o'chiradi", deganlarini eshitdim".

Qayd etilgan


soliha_siddiq  01 Oktyabr 2006, 19:58:33

281-bob. Rasululloh nomlari zikr etilganda salavot aytmagan kishi haqida

659. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) minbarga chiqayotib, uning birinchi pog'onasiga chiqqanlarida "Omin", dedilar. Keyin ikkinchi pog'onaga chiqdilar va yana "Omin", dedilar. So'ng uchinchi pog'onasiga chiqib yana "Omin",   dedilar. Jobir: "Ey, Allohning Rasuli, nima uchun uch marta "Omir" dedingiz?" - deb so'radi. Ul zot javob berdilar: Minbarning birinchi pog'onasiga chiqqanimda Jabroil (a.s.) kelib: "Bir banda Ramazon oyiga yetishsa, Ram-azon o'tib ketgunicha gunohlaridan poklanib ololmasa, u xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin",
dyodim. So'ngra: "Ota-onasining yoki ulardan birining keksalik davrida roziligini olib jannatga erisholmagan banda xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin", dedim. Keyin Jabroil (a.s.): "Sizning ismingiz aytilganda, sizga salovat aytmagan banda ham xor bo'lsin!" - dedi. Men ham "Omin", dedim".

Abu Hurayradan rivoyat qilingan 660-hadisda 658-hadisning mazmuni aynan takrorlangan. Abu Hurayra rivoyat qilgan 661-hadis Jobir ibn Abdulloh rivoyat qilgan 659-hadisning aynan takroridir.

Qayd etilgan


soliha_siddiq  01 Oktyabr 2006, 20:09:01

662. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Payg'ambarimiz (s.a.v.) Juvayriya binti Horis ibn Abi Zirorning oddidan chikdilar. U ayolning ismi Barra edi. Payg'ambarimiz (s.a.v.) uning ismini o'zgartirib, Juvayriya deb atay boshladilar. U ayol oldidan chiqqan Rasululloh (s.a.v.) uning ismi hanuz Barraligida yana uning oldiga kirishni ma'qul ko'rmadilar. Keyin kun tikkaga kelganda uning oldiga qaytdilar. U ayol (xotinlar bilan birga) tuplanib, majlis qurib turgan edi. Ul zot: "Hali ham majlisda o'tiribsanmi? Men sevdan keyin turtga kalimani uch marta aytdim, agar sening talaffuzingda qofiyalansa, uni qofiyali qilib aytgin: "Subhanallohu va bihamdihi adada xalqihi va rizoa nafsihi va zinata 'arshihi va midadaav madad ka-limatihi", dedilar.

Duoning ma'nosi: Alloh maxluqotlarinint sonicha, O'zi rozi bo'lguniga qadar va Arshshshng og'irligi hamda kalyamalariniig uzunligi midoricha nuqsonlardan poklab yod etib, Unga haled aytamiz

Qayd etilgan


soliha_siddiq  01 Oktyabr 2006, 20:11:14

663. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) Juvayriyaning oldidan chiqdilar. (Uni faqat bir martagina Juvayriya deganlar).

Qayd etilgan


soliha_siddiq  01 Oktyabr 2006, 20:14:33

664-hadis. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Jahannamdan, qabr azobidan, Masihi Dajjolning fitnasidan, hayot va o'limning fitnalaridan Alloh taolodan panoh so'rang", dedilar".


Qayd etilgan


soliha_siddiq  01 Oktyabr 2006, 20:17:16

282-bob. Zolimni duoibad qilish haqida

665. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Allohim, mening qulog'u ko'zimni salohiyatli qilgin va ularni menga voris qil. Menga zulm qilganlarning ustidan meni g'olib qil va ulardan qasosimni olib bergin", deya duo qilar edilar".

Menga voris qil - ya'ni butun umrim davomida quloq va ko'zlarimga shikast yetmasin .

Abu Huraydan rivoyat qshshngan 666-hadis Jobir ibn Abdumoh rivoyat qilgan 665-hadisning takroridir.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:17:11

667. Sa'd ibn Toriq Ashja'iydan rivoyat qilindi: "Otam aytdilar: "Biz Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga ertalab borgandik, bir erkak va bir ayol ham ul zot huzurlariga keldi va: "Ey, Allohning Rasuli, namoz o'qigandan keyin nima deyish kerak?" - deb so'rashdi. "Allohim, mening gunohlarimni avf et, menga rahm qil, meni haq yo'lga boshla va menga o'z Dargo-hingdan rizq ber, deb ayting, shunda dunyo va oxiratingiz jam bo'ladi", deb javob berdilar ul zot".

668-hadis mazmuni yuqoridagi hadisda o'tdi va buni Abu Malik rivoyat qilgan, faqat unda "Namoz o'qigandan keyin", degan jumla yo'q.

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:17:37

283-bob. Uzoq umr so'rab duo qilish haqida

669. Ummu Qays (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) unga (Ummu Qaysga) umri uzun bo'lgan ayol aytgan narsani aytdilar. Biz u ayolchalik ko'p umr ko'rgan ayolni bilmaymiz.

Ummu Qays yo Qays ibn Aboya yoki Qays ibn Sa'dning onasi bo'lmog'i kerak. Mazmuvdan anglashshshcha. Ummu Qays umriga barakot Haqida duo so'ragan, Rasululloh (s.a.v.) uni duo qilib, uzoqumr ko'rgan bir ayol tarixini aytib bergan bo'lsalar kerak. Vallohu a'lam

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:17:46

670.  Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bizning - ahli baytning oldimizga kirib turardilar. Kunlardan bir kuni yana kirdilarda, biz-ni duo qildilar. Ummu Sulaym (r.a.): "Kichkina xodimingizni ham duo qilmaysizmi?" - dedi. Ul zot: "Allohim, uning moli davlatiga va zurriyodiga baraka bergin, umrini uzun qilgin va gunohlarini kechirgin", deb duo qilganlar. Rasululloh (s.a.v.) mening haqqimga uch borada duo qildilar. 103 nafar farzandimni ko'mdim. Daraxtlarim yilda ikki bora meva beradi hamda umrim shunchalik uzun bo'ldiki, odamlardan uyaladigan bo'lib qoldim, Allohning   mag'firatidan umidvorman".

Qayd etilgan


Doniyor  02 Oktyabr 2006, 06:18:26

284-bob. Batsdaning ajali yetmaguncha duoning qabul bo'lishi haqida

671. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringizning shoshilmay qilgan duosi qabul bo'ladi. (Vaholanki) u duo qildimu, lekin ijobat bo'lmadi", deydi", deya marhamat qildilar.

Qayd etilgan