697. Abdulloh ibn Abu Avfo (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, iflos libos kirdan tozalangani kabi meni ham muz, do'l va sovuq suv bilan poklagin!. Ey, Allohim, ey, Parvardigorim, ko'klarni va yerni to'ldirib, bundan boshqa Sen istagan barcha nar-salarni to'ldiradigan hamdu sano faqat o'zingga xosdir", der edilar.
Xofiz Ibn Taymiyadan: "Gunohlardan sovuq suv bilan qanday qilib poklaniladi?" deb so'ralganida shunday javob berdi: "Gunohlar qalbga tug'yon, nopoklik va zaiflik olib keladi. Zero, bular go'yo o'tin bo'lib yonadi; gunohlar ko'paygani sari qalb o'ti alangalanaveradi va qalbni zaiflashtiraveradi. Suv esa, nopoklikni ketkazadi va olovni o'chiradi. Agar suv muzdek bo'lsa, jismning salobatini, qat'iyatini kuchaytiradi va uni yanada mustahamligi oshadi hamda gunoharning asoratini ketkazadi".